O‗zbеkistоn rеspublikasi оliy vа o‗rtа mахsus tа‘lim vаzirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot univеrsitеti


 Restoranni joylashtirish mo‗ljallanayotgan joyni va bozorini o‗rganish



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/158
Sana03.04.2022
Hajmi3,53 Mb.
#526810
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   158
Bog'liq
Turizm&Servis Kaf 04 RESTORAN SERVISINI TASHKIL ETISH 10ta

3.3. Restoranni joylashtirish mo‗ljallanayotgan joyni va bozorini o‗rganish 
Konsepsiyani 
o‗rganishdan 
tashqari, 
restoranni 
joylashtirish 
mo„ljallanayotgan joyni o„rganish 
ham talab etiladi. Bunda uning infratuzilmasini 


63 
tahlil qilish va gavjumligini o‗rganish zarur. Umumiy ovqatlanish korxonasi uchun 
eng qulay joy – bu, eng avvalo, mazkur joyning odamlar va avtomobillar nuqtai 
nazaridan gavjumligi. Restoranni joylashtirish mo‗ljallanayotgan joy yaqinidan 
o‗tuvchi odamlar va mashinalarning o‗rtacha sonini erinmasdan hisoblab chiqish 
lozim. Restoran o‗z eshigini ochganida nimaga mo‗ljal qilish mumkinligini oldindan 
bilgan ma‘qul.
Agar restoranni joylashtirish mo‗ljallanayotgan joy yaqinidan o‗tgan yo‗l 
serqatnov bo‗lsa-yu, restoranga bevosita kirish yo‗li bo‗lmasa, bunday joy uncha 
qulay emas. Shu sababli restoranni qurishda bu variantni ham e‘tiborga olish lozim. 
Imkoniyat bo‗lsa, to‗ppa-to‗g‗ri restoran eshigiga olib keladigan alohida yo‗l qurish 
haqida o‗ylab ko‗rgan ma‘qul. 
Bo‗lg‗usi muassasa egasi va xodimlari uni rejalashtirish va ochish ishiga 
berilib, odatda, restoranning joylashuv eri va uning o‗rtacha iste‘molchi uchun 
qulayligining ba‘zi bir jihatlarni nazardan qochiradilar. Vaholanki, iste‘molchi – 
restoran egasi ham, uning xodimlari ham emas, u sizning muassasangizga tashrif 
buyurish uchun o‗nqir-cho‗nqirliklardan oshib o‗tirmaydi. Yo‗ldagi ortiqcha 
qiyinchiliklar iste‘molchilarni siz ularga tayyorlayotgan mazali taomlar va qiziqarli 
tadbirlardan faqat uzoqlashtiradi.
Umumiy ovqatlanish korxonasi ochishni rejalashtirish 
restoranlar bozorini 
o„rganishga 
doir umumiy tadqiqot o‗tkazishni ham nazarda tutadi. Bu ish 
konsepsiyani ta‘riflash bilan bir vaqtda amalga oshirilgani ma‘qul, shunda siz unga 
kerakli tuzatishlarni o‗z vaqtida kiritishingiz mumkin.
Restoranlar bozorini o‗rganish – bu uning tarkibiy tuzilishini: ishtirokchilar, 
iste‘molchilarning asosiy guruhlari, Yetkazib beruvchilarni o‗rganish. Sizning 
faoliyatingiz quyidagi omillarga bog‗liq bo‗ladi: 

iste‘molchilarga (ularning munosabati, imkoniyatlari va mayllariga); 

raqiblarga (ularning siz amalga oshirayotgan marketing tadbirlariga 
bo‗lgan munosabatiga); 

Yetkazib beruvchilarga (ularning madadi, ular bilan ishlashning 
ishonchlilik darajasi, taklif qilinayotgan tovarlar va xizmatlar sifatiga). 


64 
Iste‘molchilar va raqiblarni tahlil qilish metodlariga biz yuqorida to‗xtalib 
o‗tdik. Yetkazib beruvchilarga kelsak, bu yerda ularning 
portretini 
tuzish talab 
etiladi. Bu ish quyidagicha bajariladi. Eng mashhur Yetkazib beruvchini tanlaysiz, 
uning takliflarini o‗rganasiz va uning portretini tuzasiz. Masalan, necha yildan beri 
mavjud, faoliyat yo‗nalishi, mavjud mijozlari. Bularning barchasini jadvalga solasiz 
(shu qulayroq), unda bir ustunda namunaviy ko‗rsatkichlarni (nomi, faoliyat turi va 
sh.k.), ikkinchi ustunda – konkret Yetkazib beruvchi haqidagi ma‘lumotlarni aks 
ettirasiz (blanka 9-ilova keltirilgan).
Eng samarali va obro‗li Yetkazib beruvchining portretini olish jadvalning 
boshqa Yetkazib beruvchilarga oid kataklarini to‗ldirishni osonlashtiradi. Har bir 
Yetkazib 
beruvchining 
tahliliga 
bag‗ishlangan 
jadval 
oxirida 
o‗z fikr-
mulohazalaringizni qayd etish uchun bo‗sh maydonni nazarda tuting. Unda siz, 
aytaylik, mazkur tashkilot bilan amalga oshirish mo‗ljallanayotgan hamkorlik 
yo‗nalishlarini belgilashingiz mumkin. Bunday tahlil sizga kerakli Yetkazib 
beruvchilarni to‗g‗ri tanlashga yordam beradi.

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish