Integratsiyalangan logistika nuqtai nazaridan to’liq logistika zanjirlari
tushunchasini ajratib ko’rsatish mumkin.
To’liq logistika zanjiri
– moddiy resurslar ta’minotchisidan tayyor mahsulot
yakuniy iste’molchisigacha logistika tizimi bo’g’inlari
chiziqli tartibga solingan
yig’indisi. Tabiiyki, real bozor sharoitlarida bunday zanjirlar amalda mavjud
bo’lmaydi. Bu logistika vositachilarining ko’p sonli ekanligi, moddiy resurslar
ko’p
assortimentli ekanligi, taqsimot kanallari tarqoq ekanligi bilan asoslanadi.
SHu sababli amaliyotda odatda «logistika kanali» tushunchasi ko’rib chiqiladi.
Logistika kanali
– moddiy oqimlarni muayyan mahsulot turi (mahsulot
assortimenti) ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy resurslar
ta’minotchilaridan yakuniy iste’molchilargacha o’tkazadigan barcha logistika
zanjirlari va ularning qismlarini o’z ichiga oladigan logistika tizimi bo’g’inlari
tartibga solingan to’plami.
Logistika operatsiyalarini rejalashtirish va logistika tizimi elementlari
darajalarini tahlil qilish zarurati uni makrologistika va mikrologistikaga ajratishni
belgilab berdi.
Tovarlar va xizmatlar
bozorining globallashuvi, shuningdek, axborot
texnologiyalaridagi inqilobiy o'zgarishlar, jismoniy ta'minot oqimlarining biznes
jarayonlarining majburiy davomiyligi uchun zarur shart sifatida ta'minlashini talab
qiladi.
Logistika operatsiyalari bozorda o'zgarishlar va raqobat sharoitlari tufayli
tashqi muhit doimiy ravishda o'zgarib turadi.
Ushbu o'zgarishlarga o'z vaqtida va munosib
javob qaytarish uchun har
qanday kompaniya logistika tizimini muntazam ravishda rejalashtirish,
loyihalashtirish va qayta qurish uchun uslubiyatni talab qiladi, bu vaziyatni
hisobga olish va uning rivojlanishining ehtimoliy alternativlarini baholash
imkonini beradi. Loyiha doirasida global formatdagi
logistika sohasida yangi
yo'nalish - ta'minot zanjiri loyihasi faol rivojlanmoqda.
Bu logistik tizimlarni yangi turi bo’lib, bunda umumiy xarajatlarni
minimallashtirish,
daromadni
oshirish,
mijozlarga
xizmat
ko'rsatishni
takomillashtirish va noaniqlikning tizimga ta'sirini kamaytirish nuqtai nazaridan
yangi turdagi logistik tizimdir, bu ta'minot zanjiri boshqaruvi deyiladi.
Yetkazib berish zanjirini samarali boshqaruvini amalga oshirish uchun uning
kontseptsyasini balki klassifikatsiyasini yaxshi anglashi zarur
11
.
Xozirgi kunda respublikamiz mutaxasislari yetkazib berish zanjirini
boshkarishni rejalashtirish va modellashtirishda bir kator kiyinchiliklarga duch
kelmokdalar
Birinchidan,
kompleks, multifaktoriyaviy, statsionar bo'lmagan jarayonlar
(materiallar, axborot, moliyaviy va hokazo) ularning tavsiflari va boshqaruv
qarorlarini optimallashtirish, etarli axborot manbalarini, kuchli analitik vositalar va
zamonaviy kompyuter texnologiyalarini jalb qilishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: