Ijtimoiy talablar
Axloqiylikning
biologic asoslari
Sharq
mutafakkirlarining
axloqiy tarbiyasi
Axloqiy tarbiya
mazmuni
Milliy qadriyatlar
Umuminsoniy
qadriyatlar
Xalq pedagogikasi
Axloqiy tarbiya
mazmuni
318
6.3. KASB VA SHAXS PSIXOLOGIYASI. TA’LIM JARAYONINI
BOSHQARISH NAZARIYALARI
6.3.1. Kasb va shaxs
Jahon psixologiyasi fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi
qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari muayyan yondashuvlar negizida
tadqiq etilgan. Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nsibatan turlicha
ta’rif berilagan va uning tuzilishini oʻziga xos tarzda tasavvur qilishgan.
Bizningcha (E.Gʻ), muayyan jamoa a’zosi, jismoniy, jinsiy, ijtimoiy
kamolotga erishgan, biologik va ijtimoiy shartlangan hislatlar egasi, oʻz
imkoniyatlarini roʻyobga chiqaruvchi, bilishga intiluvchi, faoliyat, xulq,
muomala sub’yekti shaxs deyiladi.
Quyida ayrim psixologlar talqiniga toʻxtalib oʻtamiz.
A.G.Kovalyovning fikricha, shaxs bu ijtimoiy munosabatlarning ham
ob’yekti, ham sub’yektidir.
Yirik rus psixologi A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq
yondashib, unga shunday ta’rif beradi: shaxs – bu faoliyat sub’yektidir.
K.K.Platonovning talqiniga binoan, jamiyatda oʻz rolini anglovchi, ishga
layoqatli, yaroqli a’zosi, shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq
ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta’rificha, shaxs – bu tashqi ta’sirlar
yoʻnalishini oʻzgartiruvchi ichki shart – sharoitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir – biriga yaqin, lekin aynan bir boʻlmagan
tushunchalar qoʻllanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik.
Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik
tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
1. Odam. Sut emizuvchilar sinfiga daxldorlik, biologik jonzot ekanligi
odamning oʻziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qoʻllarining mehnat
faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut
emizuvchilar tasnifiga kirishi uning oʻziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy
jonzot sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish
qobiliyatidan tashqari oʻz qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni
oʻzgartirish imkoniyatiga ham egadir.
319
2. Shaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda
rivojlanuvchi, til yordami bilan boshqa kishilar bilan muloqot (muomala)ga
kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi
hisoblanadi.
3. Individuallik. Har qaysi inson betakror oʻziga xos xususiyatlarga ega.
SHaxsning oʻziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga
keltiradi. Individual hislatlar shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy
sohalarida namoyon boʻladi.
S.L.Rbubinshteyn nazariyasi boʻyicha shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yoʻnalganlik – ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va
xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarida ifodalanadi.
2. Bilimlar – hayot va faoliyatda koʻnikmalar, malakalar jarayonida
egallanadi.
3. Individual – temperament, tipologik xususiyatlar, xarakter, qobiliyatlar
aks etadi.
K.K.Platonov ta’limotiga koʻra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega:
1) Yoʻnalganlik ong osti tuzilishi – shaxsning axloqiy qiyofasi va
munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik,
koʻlam (hajm) darajalarini farqlash lozim.
2) Ijtimoiy tajriba ong osti tuzilishi – ta’lim vositasida, shaxsiy tajribada
egallangan bilimlar, malakalar, koʻnikmalar va odatlarni qamrab oladi.
3) Psixologik aks ettirish shakllari ong osti tuzilishi – ijtimoiy turmush
jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
4) Biologik shartlangan ong osti tuzilishi – miya morfologik va
fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bogʻliq boʻlgan patologik
oʻzgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik
xosiyatlarini birlashtiradi.
A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega:
1. Yoʻnalganlik – voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga
oʻzaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli gʻoyaviy va amaliy ustanovkalar,
qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yoʻnalganlik shaxsning barcha psixik
faoliyatini belgilaydi.
320
2. Imkoniyatlar – faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini
ta’minlovchi tizim. Oʻzaro ta’sir etuvchi va oʻzaro bogʻliq boʻlgan turlicha
qobiliyatlar.
3. Xarakter – ijtimoiy muhitda shaxsning xulq – atvor uslubini aniqlaydi.
Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon boʻladi. Xarakter
tizimidagi irodaviy va ma’naviy sifatlar.
4. Malakalar tizimi – hayot va faoliyat, sifatlar xulq – atvorini tuzatish
(korreksiyalash), oʻzini oʻzi boshqarishni ta’minlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |