6.3.5. Boʻlgʻusi oʻqituvchining oʻquv faoliyatini boshqarish
Oliy maktab psixologiyasida oʻz – oʻzini boshqarish “ oʻqituvchi –
talaba” modeli tarzida namoyon boʻladi. Oʻqituvchi bu oʻrinda “axborotchi”,
talaba esa “qabul qiluvchi” rolida maydonga chiqadi. Keyinchalik talaba tashqi
qabul qilishdan oʻz faoliyatini mustaqil boshqarishga oʻtadi. Unda boshqarish
uquvi ma’lum tizimdagi usullarni egallagandan soʻng vujudga keladi.
Biz oʻz tadqiqotimizda oʻquv faoliyatining motivatsion,operatsional va
nazorat tarkibiy qismlardan tuzilganligidan kelib chiqqan holda oʻquv
faoliyatining motivatsion, operatsional va nzorat tarkibiy qismlardan
tuzilganligidan kelib chiqqan holda oʻquv faoliyatini boshqarish tizimini ishlab
chiqdik. Boshqarish tizimi oʻz ichiga shaxsiy qiziqishni idora qilish oʻquv
faoliyati rejalashtirish, oʻz oʻzini nazorat qilish, oʻz diqqatini rejalashtirish, oʻz
oʻzini nazorat qilish, oʻz diqqatini oʻzi uyushtirish kabilarni qamrab oladi.
343
Shu boisdan oʻquv faoliyatini boshqarish deganda, maqsadga
yoʻnaltirilgan, rejalashtiriladigan, nazorat qilinadigan, sistemalashtiriladigan,
tashkil qilinadigan, mustaqil bilim olishga imkon yaratadigan faoliyat
tushuniladi. Oʻquv faoliyatini rejalashtirish usullariga ish vaqtini, topshiriq
hajmini, murakkabligini, oʻziga jalb etish darajasini va qiziqarliligini hisobga
olgan holda oqilona taqsimlash, aqliy mehnatni kun tartibiga binoan oqilona
taqsimlash, aqliy mehnatni kun tartibiga binoan oqilona tashkil qilish kiradi.
Oʻz – oʻzini nazorat qilish boʻlgʻusi oʻqituvchida koʻnikma va
malakalarning shakllanishida, unng oʻz uquv faoliyatidagi xatolarni anglab
olishda, bu xatolarni oqilona yoʻl bilan tuzatish juda qoʻl keladi.
Koʻp yillar davomida oʻtkazilgan tajribalarda diqqatni boshqarishda koʻz
yugurtirish, illyustratsiyani chuqur tahlil qilish, mantiqiy xatoni tekstdan topish,
mantiqiy urgʻuga e’tibor berish, tektdagi xatolarni aniqlash usullaridan
foydalanildi. Mazkur usullarni egallab olish va amaliyotda foydalanish
predmetlani oʻzlashtirishni osonlashtiradi, diqqatni ongli ravishda boshqarish
imkonini yaratadi. Nafaqat, boʻlgʻusi oʻqituvchi yoqtiradigan, u qiziqadign
oʻquv materiallarinigina emas, balki murakkab, hatto zerikarli boʻlgan ilmiy
bilimlarni egallash uchun ham butun zehnini qaratish kerakligi unga
oydinlashadi
Boʻlgʻusi oʻqituvchining ta’lim jarayonida faqat qiziqarli boʻlgan
mashgʻulotlar bilangina emas, balki yetarli darajada qiziq boʻlmagan, murakkab
va muammoli narsalar bilan shugʻullanish zaruriyatini sezish hissini
shakllantirish maqsadga muvofiq. Toki talabada qiyinchiliklarni enga olish
uquvi, oʻz – oʻzini qoʻlga olish fazilati, oʻz – oʻziga buyruq berish va oʻz –
oʻzini uyushtirish sifati tarkib topsin.
Oʻquv faoliyatini boshqarish (uni rejalashtirish, nazorat qilish, diqqatni
idora qilish, qiziqishni maqsadga muvofiq yoʻnaltirish, aqliy faoliyat usullarini
yangi sharoitga koʻchirish) usullarini kompleks, koʻpqirrali tarzda ayni bir
shaxsda, muayyan sharoitda, ma’lum bir davrda shakllantiish ob’yektiv
ma’lumotlar va materiallar toʻplashga keng koʻlamda imkoniyatlar ochib beradi.
Mazkur holatda oʻquv faoliyatining motivatsion – orientirlash, operatsional,
nazorat qilish, baholash, tekshirish, tahlil qilish tarkibiy qismlarini bir davrning
344
oʻzida tadqiq qilish boshqarishning psixologik mexanizmlari doirasini yanada
kengaytiradi, murakkab ichki holatlar toʻgʻrisida yangi qonuniyatlar ochilishini
ta’minlaydi.
Talabalarda oʻquv faoliyatini boshqarishning barqarorligi, mustahkamligi,
puxtaligi boʻlgʻusi mutaxassislarning irodaviy zoʻr berishi, ma’naviy extiyoji,
shaxsiy e’tiqodi, dunyoqarashi, pozitsiyasi, anglashilgan oʻquv motivlariga,
ularning aqliy va axloqiy kamolot darajasiga bevosita aloqadordir.
Boshqarishning oliy ta’lim tizimida amalga oshirilish va samaradorligi boʻlgʻusi
oʻqituvchining maqsadiga, kun tartibiga, ish rejasiga, sanitariya – gigiena
qoidalariga rioya qilishga bogʻliq. Shuning bilan birga boʻlgʻusi oʻqituvchida
individual ishlash uslubining namoyon boʻlishi talabning yosh davrlari
xususiyati bilan emas, balki uning individual – tipologik xususiyatlari bilan
belgilanishi qayd qilinadi. Oʻquv faoliyatini boshqarish muammosini tlabalarda
tadqiqot qilish natijasida uning yoʻllari, hozirgi kundagi holati, oʻquv dasturida
va darsliklarda undan foydalanishning ahvoli, diagnostik metodlarning
ishonchlilik darajasi aniqlanadi. Shuning uchun psixologik ilmiy adabiyotlarni
tahlil qilish, ijodiy faoliyat mahsulini miqdor va sifat jihatdan oʻrganish,
talabalarni kuzatish, ular bilan suhbat qurish, anketa savollariga javob olish
singari tadqiqot metodlari qoʻllanildi. Olingan natijalarning ilmiy ishonchlilik
darajasi Styudent kriteriyasi yordamida ishlab chiqildi va bu narsalar keng
koʻlamda tatbiq qilishga joriy qilindi.
345
Do'stlaringiz bilan baham: |