Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Talabalarning   tafakkurining    xususiyatlari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
5.2.2. Talabalarning   tafakkurining    xususiyatlari 
Talabalik  yillarida yoshlar biologik jihatdan barkamollik, ijtimoiy nuqtai 
nazardan  yetuklik,  jismoniy  baquvvatlik  bosqichiga  koʻtariladi.  Ammo  ilk 
oʻspirinlik  (16  –  17  yoshli)  ning  ayrim  bolalarga  xos  hulq  –  atvorning  tashqi 
ifodalari,  romantikasi  ma’lum  davrgacha  oʻz  ta’sirini  oʻtkazib  turadi.  Oliy 
maktabdagi  dastlabki  sinov  (birinchi  sessiya)  davridayoq  talaba  turmush  faqat 
romantikadan  iborat  emasligiga,  balki  izlanish,  irodaviy  zoʻr  berish,  aqliy 
mehnat  zahmati  orqali  ezgu  niyatga  yetishish  mumkinligiga  iqror    boʻladi. 
Favquloddagi  taasurotlardan,    ijtimoiy  sinovdan  keyin  oʻqishga,  turmushga, 
insonlarga nisbatan munosabati jiddiy ravishda oʻzgaradi, narsa va hodisalarga, 
ijtimoiy holatlarga voyaga  yetgan katta kishilardek muomala qilish, voqelikni 
toʻgʻri, oqilona (adekvat) aks ettirishga, tushunib yetishga harakat qiladi.  
Yuqori  sinf  oʻquvchisi  davrida  vujudga  kela  boshlagan  tafakkurning 
mustaqillik,  teranli,  ixchamlik,  tashabbuskorlik,  tanqidiy  sifatlari  kun  sayin 
takomillashib, yangi – yangi belgi va alomatlar bilan boyib boradi. Talabalarda 
oʻz – oʻzini   nazorat  qilish,  oʻz –  oʻzini baholash,  oʻz – oʻzini anglash, oʻz – 
oʻzini boshqarish kabi aql  – zakovatning  muhim jihatlari taraqqiyotning yangi 
yuksak  bosqichiga  koʻtariladi.  Talabalarda  tafakkurning  rivojlanishida,  ilmiy 
dunyoqarashning  umumta’limiy  va  ijtimoiy  fanlar,  jumladan,  tarix,  falsafa, 
mantiq,    iqtisodiy  nazariya  asoslari,  madaniyatshunoslik,  adabiyot,  etika, 
estetika,  psixologiya,  pedagogika  kabi  oʻquv  predmetlari  muhim  rol  oʻynaydi. 
Talabalar tafakkuri, asosan,  oʻqish, amaliy  mashgʻulot  va  mustaqil bilim  olish 
faoliyatlarida  jadal  va  uzluksiz  ravishda  rivojlanadi.  Goho  ma’ruza  jarayoni 
ulardan reproduktiv (oʻzlashtirilgan bilimlarga asoslanuvchi) tafakkurni taqozo 
etsa  ham,  lekin  seminar  mashgʻulotlari,  mustaqil  topshiriqlar,  laboratoriya 
praktikumi  produktiv  (ijodiy)  fikr  yuritish  faoliyatini  talab  qiladi.  Har  ikkala 
ta’lim  shakli  ham  talabalar  aqliy  mehnati,  maqsadga  yoʻnaltirilgan  va 
muvofiqlashtirilgan diqqati yordami bilan amalga oshadi. 


281 
 
Oliy  maktabda  mustaqil  ishlarning  barchasi:  konspekt  tuzish,  referat, 
annotasiya,  tezis,  seminarga  hozirlik,  kurs  va  diplom  ishlari  talabadan 
mustaqillikni,  ijodiy  yondashishni,  (kreativlikni)  muammoli  holatni,  murakkab 
pedagogik  holatni,  murakkab  pedagogik  vaziyatni  hal  qilishni  taqozo  qiladi. 
Davlat  oʻquv  rejasida  koʻrsatilgan,  dasturda  koʻzda  tutilgan  materiallar  ilmiy 
ma’lumotlarni  oʻzlashtirish    bilim  –  saviyani  kengaytirish  bilan  qanoat  hosil 
qilmasdan, balki ularni tushunish, anglab yetishni talab qiladi, bu esa bevosita 
tafakkurning  funksiyasidir.  Xotira bisotidagi bilimlarni  izchil  ravishda  tartibga 
keltirish,  esga  tushirish,  ular  ichidan  eng  muhim  jihatlarni  ajtatish,  oʻzaro 
taqqoslash, turkumlarga kiritish, umumlashtirish bilish jarayonining aqliy yoʻli 
bilan, ya’ni tafakkur yordamida amalga oshiriladi. 
Ijtimoiy – falsafiy kurslarni oʻrganish davomida moddiy borliqdagi narsa 
va  hodisalar  oʻrtasidagi  murakkab  ichki  bogʻlanishlar,  aloqalar  va  ijtimoiy 
turmush  qonuniyatlari  yuzasidan  chuqur  nazariy  metodologik,  ilmiy  –  uslubiy 
xususiyatdagi bilimlar oʻzlashtiriladi. Ayniqsa ushbu davrda diskursiv (ijodiyot 
va  haqiqat  mezoni  uchun  bahsda  yuzaga  keluvchi)  tafakkur  turi  talaba  uchun 
omilkor aql – zakovat quroli vazifasini bajaradi. 
Ta’lim  jarayonida  fikr  yuritish  operasiyalaridan  unumli  foydalanish 
evaziga    har  qanday  murakkab  bilimlarni  egallash  imkoniyati  vujudga  keladi. 
Talabalar tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa chiqarish) ning funksional 
va  operatsional  jihatlari  bilan  yaqindan  tanishadilar,  shuningdek  ulardan 
mustaqil foydalanish uchun barcha intellektual rezervlarini ( aqliy zahiralarini) 
ishga solishga harakat qiladilar. Hukm chiqarishning barcha ( yakka, umumiy, 
ziddiyatli,  faraziy,  inkor)  koʻrinishlardan  oʻquv  va  mustaqil  bilim  olish 
faoliyatlarda  foydalanish  shart  –  sharoitlari  tugʻiladi.  Xulosa  chiqarishning 
induktiv  (xususiydan  umumiyga  fikrning  yoʻnalganligi)  va  deduktiv 
(umumiydan  hususiy  hollarga  fikrning  qaratilganligi)  yoʻllaridan  muayyan 
tarzda  bilish  faoliyatida  qoʻllashga  intiladilar.  Tushunchalar  (yakka,  umumiy, 
xususiy, yaqqol, mavhum, toʻplanma) mohiyatini anglagan holda ma’lumotlarni 
egallash  bilimlarni  barqarorligini  ta’minlaydi.  Bu  narsalarning  barchasi 
tafakkurni rivojlantirishga oʻz ta’sirini oʻtkazadi.  


282 
 
Oliy ta’lim uzluksiz ravishda ijodiy tafakkurni talab qiladigan, muammoli 
xususiyatdagi  topshiriq  va  masalalar  tizimidan    iboratdir.  Har  bir  ma’ruza, 
seminar  mashgʻuloti,  mustaqil  topshiriqlar,  hatto  laboratoriya  ishlari    ham 
muammoli  vaziyat,  holatning  tarkibiy  qismlaridan  tuzilgan  boʻladi.  Ularni  hal 
qilish (yechish, bajarish) ijodiy izlanishni vujudga keltiradi. Chunki, muammoli 
holatgacha davr, muammoli vaziyatdan keyingi aqliy jarayonlar ham talabadan 
ijodiy  qidiruv,  tadqiqot  faoliyatini  taqozo  etadi.  Topshiriqni  mustaqil  bajarish 
talabalardan  tafakkur  operatsiyalari  (analiz,  sintez,  taqqoslash,  solishtirish, 
yaqqollash,  mavhumlashtirish,  guruhlash,  turkumlash,  umumlashtirish, 
sistemalashtirish)  va  shakllaridan  (tushuncha,  xukm,  xulosa  chiqarishdan) 
foydalanishni talab qiladi. 
Talabalarni oʻquv faoliyati yoki ta’limiy usullar bilan tanishtirish tafakkur 
rivojida alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan tushunchalarga (holatlarga) turli 
nuqtai  nazardan  qarash  usulini  talabalarda  tarkib  toptirish  va  uni  sharoitga 
(vaziyatga)  koʻchirishga  oʻrgatish  yuqori  koʻrsatkichlar  beradi.  Shuni  alohida 
ta’kidlab oʻtish kerakki, odatda usullarning koʻchishini “birdaniga”, asta – sekin, 
“buzib  –  tuzatib”,  qayta  qurish,  tarkibini  yangidan  tuzish,  koʻrgazmali 
materialdan  matnli  (mantiqiy)  materialga  oʻtishi  kabi  koʻrinishlari  mavjuddir. 
Talabalarda  oʻquv  faoliyatning  usulini  tarkib  toptirish  quyidagicha  amalga 
oshiriladi.  
Xotira tushunchasini turli nuqtai nazardan qarash mumkin, chunonchi, u  
bilish  jarayoni,  produktiv  yoki  reproduktiv  mnemik  (lot.  –  xotira)  faoliyat, 
amaliyotga  zarur  bilimlar  majmuasi,  xotira  –  bu  koʻnikma,  malaka  va  odatlar 
yigʻindisi;  umumlashgan  obrazlar  toʻplami,  grammatik  termin,  fenominal 
xotiralilik shaxs sifatida tariqasida va hokazo. 
Oʻquv  faoliyatining  ushbu  usulini  mustaqil  topshiriq  bajarishga,  ya’ni 
“Tafakkur”    tushunchasiga  koʻchirish  imkoniyati  quyidagi  tarzda  namoyon 
boʻladi:  tafakkur  –  bu  bilish  jarayoni,  fikr  yuritish  faoliyati,  prognoz  qilish, 
anglashilgan  bilimdar,  muloqot  negizi,  grammatik  termin,  aql  sifati,  zehni 
oʻtkirlik, shaxs sifati kabi tasavvur qilish mumkinligini ta’kidlab oʻtiladi. 
Yuqoridagi mulohazalarga qaramasdan, talabalar tafakkurida sub’yektiv – 
shaxsiy xususiyatga ega boʻlgan zaif jihatlar mavjuddir. Fikr yuritish faoliyatini 


283 
 
nazorat qilishda qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyiladi, masalan, faoliyat natijasini 
tekshirish  sifatidagina  qoʻllaniladi.  Ularning  aqliy  faoliyatida  xatti  –  harakat 
yoki bilim sifatini baholash va oʻz – oʻzini baholashda ham voqelikni oqilona, 
toʻgʻri  aks  ettirish  jarayonida  illatlar  koʻzga  tashlanadi.  Narsa  va  hodisalar 
xususiyati  yoki  qonuniyati  koʻpincha  orttirib  baholanadi,  ba’zan  pasaytirib 
baholash hollari ham namoyon boʻladi. Ahyon  – ahyonda boʻlsa – da, toʻgʻri, 
oqil,  haqiqatan  aniq  baholash  oʻrtasidagi  munosabat  mutanosiblikka,  oʻzaro 
uygʻunlikka ega emas, shu tufayli imkoniyat (aqliy zahira) bilan havoiy orzular 
orasida  ziddiyat  vujudga  keladi,  natijada  oqillik  oʻrnini  gʻayirlik  egallay 
boshlaydi. Bunday  salbiy  hissiy  kechinmaning, shaxs  illatining oldini  olish va 
mutlaqo bartaraf qilish uchun maxsus treningdan (toʻgʻri yetaklovchi mashq – 
namunalardan) foydalanish ijobiy natijalar beradi. 
Ta’kidlab  oʻtilgan  nuqsonlar,  qusurlarga  qaramasdan,  talabalar  tafakkuri 
ilk  oʻspirinlik  yosh  davridan  ham  sifat,  ham  mazmun,  ham  koʻlam  jihatidan 
keskin  tafovutlanadi.  Bu  fikrlar  psixologlar  tomonidan  toʻplangan  miqdoriy 
ma’lumotlar  bilan  allaqachonlar 
tasdiqlangan. 
Shunday 
qilib, 
muayyan  bir  sohaning  yosh 
mutaxassis  kishisi  –  talaba  yuksak 
aql  –  zakovat  egasi,  uquvli  –  teran 
fikrli  inson,  iymonli,  diyonatli 
shaxs, 
aniq 
dunyoqarashga; 
mustahkam  e’tiqodga  ega  boʻlgan 
ziyoli,  milliy  mafkuraning  jonkuyari,  targʻibotchisi  sifatida  ijtimoiy  katta 
hayotga yoʻllanma oladi. 
Talaba  –  oʻspirinlik,  ilk  yoshlik  davri  oʻzining  mahsuldorligi,  refleksiv 
(anglashilganlik,  ongli  rejalashtira  olishlik)  xususiyati  bilan  boshqa  yosh 
davrdagi odamlardan oʻziga xos ravishda ajralib turadi. Talabalik yillari ijodiy 
izlanishlar, aql – zakovat zahiralarini ishga sola bilish, aqliy qobiliyatni safarbar 
qilish imkoniyatlariga ega boʻlgan shaxsning yetuklik davri hisoblanadi. Xullas 
ushbu  yosh  davrda  tafakkur  sermahsul,  sermazmun  bosqichga  koʻtarilib, 
yaratish, ixtiro, ijod va kashfiyot qilish arafasida turadi. 


284 
 
Talabalar  mutaxassislikka  xos  boʻlgan  oʻquv  predmetlari,  fan  asoslarini 
egallash  faoliyatida  ijodiy  mahsulot  berish  uchun  tinimsiz  harakat  qiladilar. 
Ularning  bilishga,  bilim  olishga  undovchi  mayllari  turgʻun,  mustahkam  va 
barqaror  qiziqishga  aylana  boradi,  badiiy  ijodiyot  va  ilmiy  –  tadqiqot  bobida 
dastlabki ezgu – niyatlari, orzularini ushatishga intiladilar. Jumladan filolog yoki 
jurnalist  talabalar  badiiy  ijod  bilan,  tabiiy  –  matematika  fan  sohasidagilar  esa 
kuzatish  va    tajriba  oʻtkazish  bilan,  tarixchi  –  arxeolog  talabalar  ijtimoiy 
turmush  solnomalarini  ochish  bilan,  psixologlar  korxonalar  va  maktablarga 
amaliy  yordam  koʻrsatish  bilan  shugʻullana  boshlaydilar.  Hatto  talabalar 
oʻzlarining  aqliy  mehnati  mahsullari  bilan  olimpiada,  ilmiy  –  amaliy 
anjumanlarda,  ixtirochilar  va  rasionalizatorlar  konkurs  –  tanlovlarida 
muvaffaqiyatli  qatnasha  oladilar.  Bularning  barchasi  tafakkur  yordami  bilan 
chiqariladi,  moddiy  borliqni  yanada  aniqroq  ifodalash,  yaratish  faoliyatlarida 
faol  qatnashish  uchun  intilish,  muammoli  holat  va  vaziyatlarni  hal  qilish 
(yechish) jarayonlarining mahsuli sifatida namoyon boʻladi. 
Hozirgi  zamon  talabalarining  ijodiy  tafakkur  orqali  vujudga  keltirgan 
badiiy  asarlari,  ilmiy  chiqishlari,  ishlab  chiqarishga  taqdim  qilingan 
rasionalizatorlik  takliflari  xalq  xoʻjaligini  yuksaltirish,  mustaqil  respublika  fan 
va  texnikasini  rivojlangan  mamlakatlar  darajasiga  koʻtarish  uchun  xizmat 
qilmoqda.  Eng  yuksak  saviyada  tayyorlangan  diplom  ishlari  va  loyihalari 
talabalar  ijodiy  tafakkurini  namunalari  hisoblanadi,  shu  boisdan  ularning 
ilmiylik  darajasi  yuqori  boʻlganlari  nomzodlik  dissertasiyasiga  taqdim 
qilinmoqda. 
Oliy  maktabda  oʻzlashtirilgan  nazariy  bilimlarni  ishlab  chiqarishga, 
amaliyotga,  turmushga  tadbiq  etish,  el  oʻrtasida  yoyish,  targʻib  qilish  ham 
talabalik  davriga  xos  xususiyatlaridan  biridir.  Nazariy  va  amaliy,  ijodiy  va 
diskursiv,  fazoviy  tafakkur  bilan  qurollangan  talabalar  omma  oʻrtasida  ilm  – 
ma’rifatni yoyish ishida faol ishtirok qilmoqdalar. 
Talabalar  narsa  va hodisalar,  voqelikni toʻgʻri, oqilona,  omilkorlik bilan 
aks  ettirish,  ijtimoiy  hayot  talabi  va  ehtiyojlarini  anglash,  ongli  ravishda  fikr 
yuritish  faoliyatini  tashkil  qilish  va  boshqarish  imkoniyatiga  egadirlar.  Ularda 
ta’lim  jarayonida  tafakkurning  diskursiv  va  refleksiv  sifatlarini  shakllantirish 


285 
 
ilmiy,  ijodiy  tafakkurni  vujudga  keltiradi.  Buning  uchun  ularni  mustaqil  bilim 
olish faoliyatini toʻgʻri uyushtirish va boshqarishga oʻrgatish yuksak samaraning 
kafolatidir. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish