Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Munosib  baholash  texnikalarini  tanlash  -  I:    yuqori  sifatli  baholash



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

Munosib  baholash  texnikalarini  tanlash  -  I:    yuqori  sifatli  baholash 
tizimlari 
 
Baholash  yuqori  sifatli  boʻlishi  uchun  u  yaxshi  yaroqlilik  va  ishonchlik 
xususiyatlariga ega boʻlishi, shuningdek, tarafkashlikdan yiroq boʻlishi lozim. 


252 
 
 
Yaroqlilik 
 
Yaroqlilik bu berilgan individuallar guruhi uchun “baholash natijalarining 
qoʻllanilishi  va  izohlari  yetarliligi  va  munosibligi”  tahlilidir.  Misol  uchun, 
imigrantlarga  berilgan  matematik  kasr  boʻyicha  test  natijalari  ularning  kasrni 
tushunganligini  anglatadi  deya  xulosa  qilish  oʻrinlimi?  Oʻqituvchi  oʻz 
kuzatuvlaridan kelib chiqqan holda, bogʻcha oʻquvchisi Jasmin, oʻqituvchining 
ogʻzaki  koʻrsatmalariga  tushunmasligi  uchun,  e’tibor  tanqisligi  kasalligiga 
chalingan  deb  xulosa  qilishi  oʻrinlimi?  Har  ikkala  vaziyatda  ham  boshqacha 
mulohazala  boʻlishi  mumkin,  masalan,  imigrantlar  matematikaga  qaraganda 
ingliz  tilidan  sustroq  boʻlishlari  va  Jasminning  eshitish  qobiliyati  zaiflashgan 
boʻlishi mumkin. 
 
Shuni tushunish kerakki, yaroqlilik talqinga ham aloqador va u baholash 
protsedurasidan  emas,  balki,  uning  natijalaridan  foydalanadi.  Masalan,  kasrga 
doir  xuddi  shunday  test  natijalari  toʻgʻrisida  qaror  chiqarish  faqatgina 
talabalarning  bari  ingliz  tilini  yaxshi  tushunsagina  yaroqli  boʻlishi  mumkin. 
Oʻqituvchining  talaba  e’tibor  tanqisligi  kasalligiga  chalingan  deb  hisoblashi 
faqatgina talaba eshitish apparatlari va boshqa kasalliklarga tekshirilganidagina 
toʻgʻri kelishi mumkin (shunga qaramay, kasalliklar tasnifi faqat bitta oʻqituvchi 
tomonidan  qoʻyilmaydi).  Yaroqlilik  tahlillar  va  baholash  natijalari 
tasdiqlanganligi  darajasi  haqida  umumiy  qaror  chiqarishni  oʻz  ichiga  oladi. 
Yaroqlilik bu daraja masalasidir (masalan, yuqori, oʻrta yoki past yaroqlilik), u 
keskin rad yoki qabul emas (masalan, butunlay yaroqli yoki yaroqsiz). 
 
Yaroqlilikni baholashda uchta dalil manbaalari hisobga olinadi – mazmun, 
konstruksiya va taxminiy. Mazmun yaroqlilik dalili quyidagi savol bilan bogʻliq: 
Baholash tizimi oʻz ichiga mazmun va vazifalarni qanchalik yaxshi qamraydi? 
Masalan, tasavvur qiling, sizning ta’limiy psixologiya instruktoringiz oraliq test 
oʻylab topdi va sizga bu test oʻz ichiga qoʻllanmadagi birdan yettigacha boʻlgan 
boʻlimlarni  qamrashini  aytdi.  Aniqki,  testdagi  barcha  mavzular  sizning 
metodlaringiz  yoki  madaniyat  darsliklaringizdan  emas,  balki  ta’limiy 
psixologiya  mazmuniga  asoslangan  boʻlishi  kerak.  Shuningdek,  mavzular 
barcha  yettita  boʻlim  mazmunini  qamrab  olishi  kerak,  faqatgina  uchdan 


253 
 
yettigacha  boʻlganlarini  emas  –  agar  instruktoringiz  shu  boʻlimlar  muhimroq 
ekanligini aytmasa. 
Oʻqituvchilar  mazmun  yaroqliligiga 
asoslangan 
dalil 
yigʻishni 
boshlashdan 
avval, 
ular 
oʻz 
maqsadlari 
va 
vazifalarini 
aniqlashtirib olishlari kerak. Mazmun 
yaroqliligi baholash tizimi  oʻqituvchi 
(yoki  test  tuzuvchi)  tomonidan 
baholangan  vazifalarga  munosib 
ekanligi  darajasini  belgilaydi  va  ular 
oʻzlarining  maqsad  va  vazifalarini 
tasvirlaydilar.  Oʻqituvchilar  baholash 
vazifalarini  yaratayotganda,  mazmun  yaroqliligi  haqida  ham  oʻylashlari 
muhimdir.  
 
Konstruksiya  yaroqlilik  dalili  mazmun  yaroqlilik  dalilidan  ancha 
murakkabroq. Odatda biz talaba ishlari borasida kengroq qarorlar qabul qilishga 
qiziqamiz  va  kasr  kabi  aniq  qobiliyatlari  bizni  unchalik  qiziqtirmaydi.  E’tibor 
asosan  matematik  mulohaza  yoki  oʻqish  mashqlariga  qaratilgan  boʻlishi 
mumkin. Konstruksiya  bu  biz xulq-atvorni tushuntirib berish uchun  yaratilgan 
deb  hisoblovchi  odam  xarakteristikasidir.  Misol  uchun,  biz  havotirlanish  testi 
konsepsiyasini  ishlatamiz,  va  bunda  nima  uchun  individuallar  test  paytida 
e’tiborlarini  bir  yerga  jamlashda  qiynalishlarini,  terlash  kabi  fiziologik 
reaksiyalarga uchrashlarini va testni oddiy sinf vazifasiga qaraganda yomonroq 
bajarishlarini  tushuntirib  beramiz.  Shu  tarzda,  matematik  mulohaza  va  oʻqish 
mashqlari  konstruksiyalardir  va  biz  ulardan  baholashdagi  ishlarni  izohlashda 
foydalanamiz.  Konstruksiya  yaroqliligi  bu  baholashdagi  ish  izohlana  oladigan 
va konstruksiyaga boshqa nomunosib faktorlar ta’sir etmagan oʻlchovni aniqlash 
jarayonidir.  Misol  uchun,  yuqorida  keltirilgan  imigrantlarning  ingliz  tilida 
matematik  mulohaza  testi  haqidagi  qarorlar  ingliz  tiliga  bogʻliq  boʻlganda 
pastroq  yarorlilikni  tashkil  etgan  boʻlardi,  lekin  bu  narsaning  matematikaga 
aloqasi  yoʻq.  Xuddi  shunday  tarzda,  semestr  soʻngidagi  imtihonlar  ham  oddiy 


254 
 
vazifalarga  qaraganda  test  paytida  koʻp  havotirlanadigan  talabalar  uchun  ogʻir 
kechadi. Oʻqituvchilar talabalar mehnatiga ta’sir etuvchi ammo baholanayotgan 
konstruksiyaga nomunosib  boʻlgan faktorlarni kamaytirgan holda konstruksiya 
yaroqliligini  oshirishga  yordam  berishlari  mumkin.  Yaroqlilik  dalilining 
uchinchi shakli bu kriteriyaga asoslangan yaroqlilikdir. AQShdagi tanlov orqali 
oluvchi  kollejlar  ACT  yoki  SAT  dasturlaridan  foydalanishadi  chunki  ushbu 
standardlashtirilgan  testlar  birinchi  kurs  talabalarini  topishda  yordam  beradi, 
masalan,  ularda  yuqori  kriteriyaga  asoslangan  yaroqlilik  mavjud.  Ba’zi 
maktablar kuzgi semestrda talabalarga matematika yoki oʻqish boʻyicha testlar 
berishadi, shu bilan ular qaysi talabalar bahor paytidagi shtat imtihoniga tayyor 
va  qaysilari  yordamga  muhtojligini  bilib  olishadi.  Agar  kuzgi  testlar 
talabalarning  mehnatini  aniq  belgilay  olmasa,  keyinchalik  kerak  boʻlmagan 
talabalarga  kriteriyaga  asoslangan  yaroqlilik  toʻgʻrisida  qoʻshimcha  yordam 
berilishi mumkin. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish