XO’JALIGI Sobiq Ittifoq davrida Markaziy Osiyoning barcha respublikalarida iqtisodiyot uchun eng zarur bo’lgan xomashyo va yarim xomashyo mahsulotlar ishlab beruvchi tarmoqlarni rivojlantirishga erishildi. Ular, eng avvalo, tog’-kon sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jalik (avvalo, paxta) mahsulotlari yetishtirish va ularni dastlabki qayta ishlash sohalari edi. Markaziy Osiyo ishlab chiqarish hajmiga ko’ra sobiq Ittifoqning paxta, pilla, qorako’l terilari, sholi, quritilgan mevalar, mis, volfram, xrom, simob, uran, oltin, qo’rg’oshin kabi sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi birinchi rayoni bo’lib keldi. Neft, tabiiy gaz, elektr energiyasi, paxtachilik majmuasida xizmat qilishga mo’ljallangan mashina va uskunalar yetkazib berishda ham regionning salmog’i ancha katta edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |