STREPTOSID tabletkasi
Streptosid – keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan antibakterial vosita. Streptosidning mikroblarga qarshi ta‘sir mexanizmi kimyoviy o‘xshashlikka ega bo‘lgan PABK (paraaminobenzoy kislotasi) antagonizmi bilan bog‘liq, ular. Streptosid mikrob hujayrasi tomonidan qamrab olinib, PABK ni digidrofolat kislotasi bilan kirishishiga to‘sqinlik qiladi va, bundan tashqari, digidropteroatsintetaza (PABK ni digidrofolat kislotasiga kirishiga javobgar ferment) bakterial fermentni raqobatli susaytiradi, buning natijasida digidrofolat kislotasini sintezi buziladi, undan purinlar va pirimidinlarni hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan metabolik faol bo‘lgan tetrogidrofolat kislotasini hosil bo‘lishi kamayadi, mikroorganizmlarni o‘sishi va rivojlanishi to‘xtaydi (bakteriostatik samarasi). Grammusbat va grammanfiy kokklar (shu jumladan streptokokklar, pnevmokokklar, meningokokklar, gonokokklar), Escherichia coli, Shigell spp., Vibrio cholerae, Clostridium perfringens, Bacillus anthracis, Corynebacterium diphteriae, Yersinia pestis, Chlamydia spp., Actinomyces israelii, Noxoplasma gondii ga nisbatan faol.
Streptosid – qisqa ta‘sir ega sulfanilamid preparatidir.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida me‘da-ichak yo‘llaridan (MIY) tez so‘riladi. Qondagi maksimal konsentrasiyasi (Smax) 1-2 soatdan keyin xosil bo‘ladi va odatda 8 soatdan kamroq vaqtda 50% ga pasayadi. Gistogematik to‘siqlar, shu jumladan gematoensefalik (GET), yo‘ldosh to‘siqlari orqali ham o‘tadi. To‘qimalar bo‘ylab taqsimlanadi, 4 soatdan keyin orqa miya suyuqligida aniqlanadi. Jigarda asetil guruhini biriktirib antibakterial xususiyatlarini yo‘qotadi. Asosan buyrak orqali (90-95%) chiqariladi.
Qo‘llanilishi
saramas;
angina;
jarohat infeksiyalarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni pasientga buyurishdan oldin, ushbu bemorda kasallikni chaqirgan mikroflorani unga sezgirligini aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga ichga 300-600 mg dan kuniga 3 marta qabul qilish tavsiya etiladi.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 300 mg dan sutkada 4 marta buyuriladi.
Kattalar uchun yuqori dozalari: bir martalik – 1200 mg, sutkalik – 2400 mg;
bolalarga bir martalik dozasi – 300 mg, sutkalik doza 1200 mg ni tashkil etadi.
Davolash kursining davomiyligini shifokor belgilaydi, o‘rtacha 7 kunni tashkil etadi.
Chuqur jarohatlarda bir vaqtda ichga antibakterial preparatlarni buyurib, yaxshilab maydalangan kukun ko‘rinishida jarohat bo‘shlig‘iga mahalliy qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |