O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


XXI аsr bоshidа Mаrkаziy Оsiyodаgi yangi gеоsiyosiy burilish



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/173
Sana28.10.2022
Hajmi2,88 Mb.
#857879
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   173
Bog'liq
676f44ef7e4a9b46f704a6988b253d79 GEOSIYOSAT ASOSLARI (1)

XXI аsr bоshidа Mаrkаziy Оsiyodаgi yangi gеоsiyosiy burilish. 
O„zbekiston jahon siyosati va xalqaro munosabatlarning faol ishtirokchisi. 
Bugungi kundа Mаrkаziy Оsiyo mаmlаkаtlаri mustаqil dаvlаtlаr sifаtidа qаrоr 
tоpdilаr dеb kоmil ishоnch bilаn аytish mumkin. Bоz ustigа, ulаr Mаrkаziy Оsiyo 
tеvаrаgidаgi gеоsiyosiy rаqоbаt jаrаyonining оddiy kuzаtuvchisi bo‗lib 
qоlmаyaptilаr, bаlki mintаqа vа undаn tаshqаridаgi xаlqаrо hаyot jаrаyonlаrigа 
fаоl tа‘sir ko‗rsаtish qоbiliyatini nаmоyish etmоqdаlаr. Bu XXI аsr bo‗sајаsidа 
Mаrkаziy Оsiyodа ro‗y byergаn eng muhim gеоstrаtеgik burilishdir. Mintаqаning 
dеmоkrаtik, dunyoviy yo‗ldаn rivоjlаnishi bаrqаrоr xususiyat kаsb etаdimi? Uning 
jаhоn miqyosidаgi аlоqаlаr tizimigа mustаqil sub‘еkt sifаtidа qo‗shilish jаrаyoni 
chuqurlаshib bоrаdimi? Bu sаvоllаrgа jаvоblаr Mаrkаziy Оsiyo jаmiyatlаri 
glоbаlizаsiya tаlаblаrigа qаndаy jаvоb byerishigа, mintаqаviy hаmkоrlik vа 
intеgrаsiyaning yuqоri dаrаjаsigа ko‗tаrilishgа qоdir yo qоdir emаsligigа ko‗p 
jihаtdаn bојliqdir. 
Xalqaro siyosat va munosabatlar ikki yoki undan ortiq mamlakatlar turli xil 
siyosiy va nodavlat tashkilotlar bilan bog‗liq bo‗lgan munosabatlarni, aloqalarni 
ifoda etadi. Uning jamiyat xalqlarining talab, ehtiyojlari, davlat manfaatlari xalqaro 
normalar va qadriyatlari bilan bog‗liq. Xalqaro munosabatlar raqobat yoki o‗zaro 
hamkorlik asosida qurilishi mumkin. Bugun xalqaro munosabatlarda umuminsoniy 
qadriyatlar bu munosabatlarni belgilab beruvchi asosiy mezonga aylanib 


191 
borayotganligi ko‗zga tashlanmoqda. Chunki siyosat tarixi va uning o‗ziga xos 
oqibatlari davlatlar munosabatlarini tartibga solish, bunda ularning manfaatlariga 
mos tushuvchi tamoyillarga asoslanish zarurligini taqoza etmoqda. Shuningdek 
yadroviy va kimyoviy qurollarning mavjudligi, ularni ishlab chiqarishga qaratgan 
harakatlarining davom etayotganligi hamda xalqaro munosabatlarda ayrim davlat 
raxbarlari, siyosiy partiyalar va shaxslarning bir tamonlama qarashlarining hamon 
saqlanib qolayotganligi, xalqaro siyosatda davlatlarga nisbatan munosabatda 
―Zo‗ravonlik‖, ―kuchga tayanish‖, tazyiq ko‗rsatishning turli usullaridan 
foydalanish, ―xalqaro terrorizm‖ va boshqa holatlar xalqaro siyosatda o‗zaro 
marifatli hamkorlikni rivojlantirishni, ixtiloflar paydo bo‗lgan taqdirda esa ularni 
ma'rifiy yo‗llar bilan yechish zarurligini kun tartibiga ko‗chmoqda . 
XX asr oxiri XXI asr boshlarida xalqaro siyosat va xalqaro munosabatlarda 
muhum o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. Agar 1990 yillarga qadar ikki qutub SSR va 
AQSh jahondagi siyosiy iqlimni belgilab berishgan bo‗lishsa, bugungi kunda 
dunyo ko‗p qutublilik asosida rivojlanmoqda. Sovetlardan keyingi makonda 
vujudga kelgan mustaqil davlatdar esa dunyo hamjamiyatining teng huquqli 
a'zolari maqomiga erishdilar. 
Markaziy Osiyoga nisbatan asr chaqiriqlari mavjud – bu Markaziy Osiyodagi 
geosiyosiy vaziyatga ta'sir qiluvchi va XXI asrning birinchi o‗n yilligining oxirida 
beqarorlashtiruvchi potentsialga ega bo‗lgan hodisalarni to‗rt guruhga bo‗lish 
mumkin: 
- ekstremizm, terrorizm, separatizm, giyohvand moddalarning noqonuniy 
aylanishi bilan bog‗liq muammolar; 
- xalqaro, davlatlararo va mintaqaviy qarama-qarshiliklar bilan bog‗liq 
muammolar; 
- mintaqaning geosiyosiy mavqei, uning tabiiy resurslari, etno-hududiy 
muammolari bilan belgilanadigan muammolar; 
- hayot darajasi pastligi va mintaqadagi texnologiyalarning rivojlanishi, 
migratsiya, demografik va ekologik muammolar bilan bog‗liq muammolar. 
O‗zbekiston 1992 yildan buyon BMTning a'zosi sifatada faoliyat yuritmoqda. 
BMTning Bosh vazifalaridan biri – butun dunyoda tinchlikni barqaror etishdir. 
Nizomga binoan a'zo mamlakatlar o‗zlarining xalqaro kelishmovchiliklarini tinch 
yo‗l bilan hal etadi, Qurolli kuchlarni boshqa davlatlarga nisbatan qo‗llamaydilar, 
ularga tahdid solmaydilar.BMT o‗zining tinchlik o‗rnatish faoliyati doirasida
diplomatik mexanizmlardan foydalangan holda to‗qnashib qolgan tomonlarning 
yarashishlariga yordam beradi. BMT Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va 
xavfsizlik borasidagi o‗z say-xarakatlari doirasida mojaroni bartaraf etish va 
tinchlik o‗rnatish uni, masalan muzokoralar yoxud Xalqaro Sud yordamida 
barqaror etish yo‗llarini tavsiya qilishi mumkin. 


192 
O‗zbekiston BMT minbaridan Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni 
mustahkamlash, qo‗shni Afg‗oniston birodarchilik urishini to‗xtatish, Markaziy 
Osiyoni yadro qurolidan ozod zo‗naga aylantirish, narka biznesga qarshi kurashda 
barcha davlatlar xatti-harakatini muvofiqlashtirish. Markaziy Osiyoda ekologik 
vaziyatni sog‗lomlashtirish maqsadida foydalanmoqda. 
BMT bilan hamkorlik doirasida O‗zbekiston Respublikasi raxbariyati 
tomonidan 3 ta asosiy vazifa belgilangan: 
BMTni isloh qilish bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasining nuqtai nazarini 
ilgari surish; 
Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud yaratishni nixoyasiga 
yetkazish; 
BMTning giyohvand moddalarga qarshi kurash bo‗yicha mintaqaviy 
markazini barpo etish haqidagi O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusini 
amalga oshirish.
Bugungi kunga kelib, BMT faoliyatida ko‗p tomonlama xalqaro 
munosabatlarda o‗z aksini topgan tizim inqirozini kuzatish mumkin. Jahon 
sahnasida xalqaro xavfsizligiga tahdid soluvchi kichik raxbariy to‗qnashuvlar, 
narkotik va qurol aylanmasining o‗sishi, terrorizmning tarqalishi kabi noan'anaviy 
xavf va tahdidlar Toshkentning mavjud tuzilmalarini isloh kilish va faoliyatini 
ko‗rib chiqishni taqoza etadi. 
Shuningdek, ayrim davlatlarning o‗z siyosatini o‗tkazish minbariga aylanib 
qolmasdan voz kechish, xizmatchilar o‗rtasida tarqalgan karrupsiyaga barxam 
berish lozim. 
Jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashda Yevropa sezilarli ro‗l o‗ynaydi. 
O‗zbekiston tashqi siyosatidagi bu yo‗nalish qat'iyatlik bilan rivojlanib bormoqda. 
Birinchi Prezident Islom Karnimovning Finlandiyaga tashrifi davomida (1997 y 25 
fevral) Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining Xelsinki yakunlovchi 
Aktning imzolanishi mamlakatimizning yuqori sur'atda rivojlanishiga keng yo‗l 
ochib berdi . 
Yevropa Ittifoqining maqsad va vazifalari quyidagilardir: 
1) Yevropa xalqlarining yaqin ittifoqini tashkil etish, muvozanatlashgan va 
uzoq 
muddatli 
iqtisodiy 
taraqqiyotga 
ko‗maklashish, 
bunda, 
ayniqsa. 
Quyidagilardan foydalanish: 
Ichki chegaralari bo‗lmagan makonni yaratish; iqtisodiy va ijtimoiy 
hamkorlikni kuchaytirish; yagona valyutani joriy etish; 
2) Xalqaro sohada, ayniqsa, tashki siyosatni va xavfsizlik sohasidagi 
siyosatni, kelajakda esa mudofaa siyosatini birgalikda yurutish orqali o‗z 
mohiyatini tasdiqlash; 
3) Adliya va Ichki ishlar sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish. 


193 
Keyingi 50 yil davomida beshinchi marta o‗z safiga yangi a'zolarni qabul 
qilgan bu tashkilot siyosy, iqtisodiy, madaniy, harbiy-texnik, ilmiy-texnologik 
hamkorlikning sifat jihatdan eng zamonaviy ko‗rinishi bo‗lib, hozirgi kunda 25 
davlat uning a'zosidir. Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning jon boshiga 22 
ming dollardan ortiq qiymatni tashkil etayotganligi, shubhasiz, bu hamkorlikning 
samarasidir. Hududi 4,2 million kv.km. ni, aholisi esa 455 milliondan ortiq kishini 
tashkil etgan bu hududda Buyuk Britaniya, Daniya va Shvesiyani hisobga 
olmaganda 2002 yilning 1 yanvardan buyon yagona pul birligi - yevro amal 
qilmoqda . 
Yevropa Havfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti(EXHT) 1975 yilda tashkil 
topgan xalqaro siyosiy tashkilotlardan biridir. 1992 yil 26 fevralda O‗zbekiston 
Respublikasi uning a'zoligiga qabul qilindi. Shu bois 1994 yildan O‗zbekistonning 
YeHHTdagi vakolatxonasi Venada, 1995 yildan esa YeXHT ning Markaziy Osiyo 
mamlakatlari bilan aloqalari bo‗yicha byurosi Toshkentda faoliyat yuritmoqda.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT). Bugungi kunda izchil faoliyat 
ko‗rsatayotgan xalqaro siyosiy-iqtisodiy tashkilotlar haqida so‗z yuritilganda, 
shubxasiz, birinchi navbatda ShHT tilga olinmoqda. 
Dastlab ―Shanxay beshligi‖ deb nomlangan bu tashkilotga 2001 yil 
O‗zbekiston Respublikasi a'zo bo‗lib qo‗shilgach ShHT deb ataladigan bo‗ldi. 
Ayni paytda unga Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, O‗zbekiston, 
Qozog‗iston, Tojikiston va Qirg‗iziston Respublikalari rasman a'zodirlar. 
(Mongoliya, Hindiston, Pokiston va Eron kuzatuvchi maqomiga ega.) Havfsizlikni 
ta'minlash, mintaqaviy barqarorlikni mustaxkamlash, ekologiya muommolarini 
birgalikda hal qilish, savdo-sotiq aloqalarini chuqurlashtirish, Ilmiy-texnikaviy, 
Madaniy-ma'rifiy sohalardagi munosabatlarni kengaytirish va boshqa hayotiy 
muhim yo‗nalishlar bo‗yicha muammolarni hal etish ShHT ning asosiy vazifalari 
sirasiga kiradi. Tashkilotning Kotibiyati Pekinda joylashgan. Shuningdek ShHT 
faoliyatida ―uch yovuz kuch‖, ya'ni terrorchilik, ayirmachilik(separatizm) va 
ekstremizmga qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirish alohida o‗rin tutadi. 2004 
yildan boshlab Toshkentda ShHT ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyat 
yuritmoqda. Bu tuzilma faoliyati tufayli 2005 yilning o‗zida sodir etilishi mumkin 
bo‗lgan terrorchilik harakatlarining oldini olinganligi ma'lum. 
2005 yilning iyul' oyida tashkilotning Shanhay shaxrida bo‗lib o‗tgan 
samitida unga a'zo davlatlar rahbarlari tamonidan bir qator hujjatlar imzolandi. 
Xususan, xalqaro Axborot xavfsizligi to‗g‗risidagi bayonot; terrorchilik, 
separatizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‗icha 2007-2009 yillarga 
mo‗ljallangan hamkorlik dasturiga doir qaror; ShHT mamlakatlar hududida 
qo‗shma aksilterror mashqlarni o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi bitim, a'zo davlatlar 
hududidagi terrorchilik, ayrmachilik va ekstremistik faoliyatga aloqador kishilar 


194 
kirib kelishini aniqlash va bunday yo‗llarni to‗sib qo‗yish borasidagi hamkorlik 
to‗g‗risidagi bitim. Bundan tashqari, ShHT doirasida 2020 yilgacha bo‗lgan davrda 
savdo iqtisodiy hamkorlikni ko‗zda tutuvchi dastur qabul qilindi. Shuningdek, 
ShHT a'zo mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari, jumladan, ichki 
ishlar organlarining terrorchilik, separatizm va eksterizmga, giyoxvandlikka va 
og‗ufrushlikka qarshi birgalikda xarakat qilishi. Bu borada o‗zaro axborot 
almashishi yaxshi samara bermoqda. Umuman, ―Bugungi kunda ShHT xalqaro 
hamkorlikning qudratli institutiga, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashning, 
xalqaro terrorchilik, separatizm va ekstremizm, narqotik moddalar ishlab chiqarish 
va tashish kabi zamonning eng qaltis tahlika va tahdidlarga qarshi kurashning 
kuchli omiliga aylanmoqda‖ . 
Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati (EvrAzES). Ma'lumki Markaziy Osiyo 
Hamkorligi Qozog‗iston, O‗zbekiston, Qirg‗iziston) tashkilotining 2005 yil 6-7 
oktyabr' kunlari Sankt-Peterburg shaxrida bo‗lib o‗tgan sammitda MOHT bilan 
Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatini birlashtirishga kelishib olingan edi. Mazkur 
ikki tashkilotning maqsad va vazifalari ko‗p jihatdan o‗xshash hamda bir-biriga 
yaqin bo‗lganligi O‗zbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati safidan joy 
olishiga olib keldi. 
1995 yilda Bojhona ittifoqi negizida tuzilgan bu tashkilotning strategig 
maqsadi a'zo davlatlar o‗rtasida integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan. 
YevrAzESning 2005 yili noyabirda Sankt-Peterburgda bo‗lib o‗tgan sammitda 
O‗zbekiston bu tashkilotga qo‗shilgach, Hamjamiyat a'zolari 6 taga yetdi (Rossiya, 
Belorusiya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Tojikiston, O‗zbekiston). Bu Hamjamiyatga 
a'zolik O‗zbekiston uchun katta siyosiy ahamiyatga ega. Chunki yirik davlatlarning 
geosiyosiy manfaatlari kesishgan mintakada joylashgan mamlakatimiz uchun. 
YevrAzESga a'zolik turli ta'sir taziyiqlardan himoyalanish kafolatini beradi. 
Xuddi shunday, yangi jahon tartibotini shakillantirishda O‗zbekistonning ham 
alohida o‗rni, siyosiy manfaatlari bor. Shuning uchun mustaqillikning daslabki 
kunlaridanoq O‗zbekiston respublikasi o‗z milliy manfaatlarini xisobga olgan 
holda tashqi siyosatining maqsadi va vazifalarini aniq belgilab oldi. Uning dunyo 
hamjamiyatida, xalqaro tashkilotlar, davlatlar, MDH va Markaziy Osiyo davlatlari 
bilan olib borayotgan tashqi siyosati borasidagi sa'y-harakatlari fikrimiz dalilidir. 
O‗zbekiston Respublikasining tashqi siyosati amaldagi Konstitusiya va 1996 
yil 26 dekabrda Oliy Majlis tamonidan qabul qilingan ―O‗zbekiston tashqi 
siyosatining asosiy prissiplari to‗g‗risida‖gi qonun talablaridan kelib chiqilgan 
holda amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasininng 17-moddasida ―O‗zbekiston 
Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‗la huquqli sub'ektidir. Uning tashqi 
siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid 


195 
qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‗l bilan hal etish, boshqa 
davlatlarning ichki ishlariga aradashmaslik qoidalarigi va halqaro huquqning 
umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika 
davlatning, halqning oliy manfaatlari, faravonligi va xavfsizligini ta'minlash 
maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‗stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga 
kirishi va ulardan chiqishi mumkin‖ deyiladi. ― O‗zbekiston tashqi siyosatining 
asosiy prinsplari to‗g‗risida‖ gi qonun ham tashqi siyosatimizning umuminsoniy 
tamoyillari va manfaatlari bilan to‗la muvofiq ekanligini ko‗rsatadi. 
Xulosa qilib aytganda, mafkuraviy kurashlardan qat'y nazar , tashqi siyosatda 
ochiq-oydinlik prinspi O‗zbekistonga qisqa muddat ichida ikki taraflama keng 
tashqi aloqalar o‗rnatish imkonini berdi. Yevroosiyo iqtisodiy va madaniy
ko‗prigining barpo etilganligi, ShHT doirasidagi hamkorlikning kengayib 
borayotganligshi respublika tashqi siyosatining strategig istiqbolidir. Dunyoning 
170 dan ortiq mamlakat tamonidan tan olingan, 120 davlat bilan diplamatik 
aloqalar o‗rnatgan O‗zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning 
suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, nizolarni 
tinch yo‗l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi 
xaqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish