Kollektiv Xavfsizlik toʼgʼrisidagi Shartnoma
(KXSh) – aʼzo davlatlar
joylashgan mintaqalarda tinchlik va barqarorlikni, xalqaro va mintaqaviy
xavfsizlikni mustahkamlash, ushbu davlatlar mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va
suverenitetini kollektivlik asosida himoya qilish maqsadida 1992 yil 15 may kuni
tuzilgan xalqaro mintaqaviy harbiy-siyosiy tashkilot. Tashkilotning oliy organi
262
Kollektiv xavfsizlik kengashi sanalib, ushbu kengash tashkilotning Bosh kotibini
tayinlaydi.
Toshkent pakti 1992 yil 15 may kuni imzolash uchun ochiq deb eʼlon
qilinib, Аrmaniston, Rossiya, Tojikiston, Oʼzbekiston, Qirgʼiziston va Qozogʼiston
davlatlari tomonidan kelgusida amal qilish muddatini uzaytirish imkoni bilan
imzolangan hujjat hisoblanadi.
Ushbu paktni 1993 yil 9 sentyabrь kuni Gruziya, 24 sentyabr kuni
Ozarbayjon, 31 dekabr kuni esa Belorus respublikalari ham imzoladi. Besh yil
muddatga moʼljallangan Toshkent shartnomasi 1994 yil 20 aprel kuni kuchga
kirdi.
Shartnomaga aʼzo davlatlar xalqaro munosabatlarda kuch qoʼllashdan yoki
kuch qoʼllashni tahdid qilishdan saqlanish, shuningdek, oʼzaro munosabatlar va
boshqa davlatlar bilan munosabatlarda yuzaga keladigan ixtilofni harbiy
boʼlmagan vositalar bilan hal etish majburiyatlarini maʼqud topishdi.
Shartnomaga aʼzo biror-bir davlat boshqa aʼzo davlatga qarshi qaratilgan
harbiy ittifoqlar yoki davlatlar turkumiga aʼzo boʼlmaydi yoxud bunday
mazmundagi biron-bir tadbirda ishtirok etmaydi.
Shartnomaga aʼzo davlatlar oʼz manfaatlariga daxl qilayotgan xalqaro
xavfsizlikka doir barcha masalalar boʼyicha konsultatsiyalar olib borib, oʼz
pozitsiyalarini muvofiqlashtiradi. Shartnomaga aʼzo bitta yoki bir nechta davlat
xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga yoxud xalqaro tinchlik va
xavfsizlikka tahdid solingan hollarda, tomonlar darhol oʼz pozitsiyalarini
muvofiqlashtirish va yuzaga kelgan tahdidni bartaraf etish maqsadida birgalikdagi
konsultatsiyalar «mexanizmi»ni ishga solishadi.
Shartnomaga aʼzo davlatlar Kollektiv xavfsizlik kengashini tuzishadi. Ushbu
Kengash Shartnomaga aʼzo davlatlar rahbarlaridan tashkil topadi. Shuningdek,
Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligining Birlashgan Qurolli Kuchlari oliy bosh
qoʼmondonini tayinlashadi.
Аgar Shartnomaga aʼzo birorta davlatga biror-bir boshqa davlat yoki
davlatlar guruhi tomonidan tajovuz qilinsa, bunday harakat Shartnomaga aʼzo
barcha davlatlarga qarshi uyushtirilgan tajovuz sifatida koʼriladi. Shartnomaga aʼzo
davlatlarning biror biriga tajovuz uyushtirilgan holda barcha boshqa aʼzo davlatlar
ushbu davlatga zaruriy yordam, shu jumladan, harbiy yordam koʼrsatishadi,
shuningdek, BMT Nizomining 51- moddasiga muvofiq, kollektiv mudofaa
huquqini amalga oshirish tartibida oʼz ixtiyorida mavjud vositalar bilan qoʼllab-
quvvatlashadi.
Shartnomaga muvofiq, unga aʼzo davlatlar tomonidan olib boriladigan
birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish va taʼminlash masʼuliyati Shartnomaga
aʼzo davlatlarning Kollektiv xavfsizlik kengashi va ushbu davlatlar tomonidan
263
tuziladigan idoralar zimmasiga yuklanadi. Tilga olingan idoralar tuzilgunga qadar
Shartnomaga aʼzo davlatlar qurolli kuchlarining faoliyatini muvofiqlashtirish
masʼuliyati Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligining Birlashgan Qurolli Kuchlari Bosh
qoʼmondonligi zimmasiga yuklanadi.
Tajovuzni bartaraf etish maqsadlarida ishtirokchi davlatlar qurolli kuchlarini
qoʼllash borasidagi qaror ishtirokchi davlatlar rahbarlari tomonidan Shartnomaning
3- moddasiga muvofiq qabul qilinadi. Qurolli kuchlar Shartnomaga aʼzo davlatlar
hududidan tashqarida faqat BMT Nizomi va ishtirokchi davlatlarning milliy qonun
hujjatlariga qatʼiy amal qilingan tarzda, xalqaro xavfsizlik manfaatlaridagina
qoʼllaniladi.
Shartnoma 1994 yil 20 apreldan kuchga kirgan. Shartnoma 5 yilga
moʼljallangan boʼlib, uzaytirilishi koʼzda tutilgandi. 1999 yil 2 aprelda
Аrmaniston, Belorussiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Rossiya va Tojikiston
prezidentlari shartnomani yana besh yil muddatga uzaytirish toʼgʼrisidagi
protokolni imzoladi, ammo Ozarboyjon, Gruziya va Oʼzbekiston shartnomani
uzaytirishni istamadi va tashkilotdan chiqib ketdi.
2006 yil 16 avgustda Oʼzbekiston KXShT tarkibiga qaytadan kirdi. 2012 yil
28 iyunda esa Toshkent KXShTga aʼzoligini toʼxtatib turishini bildirdi.
KXShTning maqsadi shartnomaga aʼzo davlatlarning hududiy-iqtisodiy makonini
har qanday tashqi siyosiy tajovuzlardan hamda yirik miqyosdagi tabiiy ofatlardan
birgalikda armiya va boshqa yordamchi boʼlinmalar yordamida himoya qilish
hisoblanadi. KXShT yagona harbiy-siyosiy ittifoq sifatida jangovar operatsiyalarda
hech qachon ishtirok etmagan.
KXShT pozitsiyalarini kuchaytirish uchun Markaziy Osiyo mintaqasida
tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlar islohoti oʼtkazilmoqda. Bu kuchlar oʼnta
batalьondan iborat: uchta batalьon Rossiyaga, ikkitasi Qozogʼistonga tegishli,
qolgan davlatlar bittadan batalьonga ega. Kollektiv kuchlar shaxsiy tarkibining
soni 4 ming kishiga yaqin boʼlib, uning 10ta samolyot va 14ta vertolyoti
Rossiyaning Qirgʼizistondagi aviabazasida joylashtirilgan.
ShHT
. O‗zbekiston umumiy xavfsizlik doirasidagi turli tashkilotlarga a‘zo
bo‗lgan. Xususan, 2001 yil 14-15 iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay
sammiti bo‗lib o‗tdi. Uning ishida O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti
Islom Karimov qatnashdi va O‗zbekistonning «Shanxay forumi»ga to‗la huquqli
a‘zo bo‗lishi to‗g‗risida bayonot imzolandi. O‗zbekistonni Shanxay forumiga
kirish munosabati bilan uning nomi Shanxay hamkorlik tashkiloti – ShHT deb
o‗zgartirildi. O‗zbekiston uning asoschilaridan biri bo‗ldi.2001 yil iyunda bo‗lgan
sammit yakunida ShHT tuzish to‗g‗risida deklaratsiya hamda terrorchilik,
ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi
imzolandi. Bu bilan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga rasman asos solindi.
264
Deklaratsiyada ShHTning maqsadi, a‘zo mamlakatlarni bir-biriga o‗zaro ishonchi,
do‗stlik va qo‗shnichilikni mustahkamlash, ular orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy,
ilmiy-texnikaviy, madaniy, ta‘lim, energetika, transport, ekologik va boshqa
sohalardagi samarali hamkorlikni rag‗batlantirishdan iborat ekanligi belgilab
qo‗yilgan.
Yangi tashkilotning maqsad va tamoyillarini e‘lon qilgan Deklaratsiya,
shuningdek, terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash to‗g‗risidagi
konvensiya qabul qilindi. 2002 yil 6-7 iyun kunlari ShHTga a‘zo mamlakatlar
davlatlari boshliqlarining Sank-Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo‗lib o‗tdi.
Muzokaralar yakunida ShHTga a‘zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi,
tashkilotining ta‘sis hujjati – ShHT Xartiyasi, ShHTga a‘zo davlatlar o‗rtasida
mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. Xartiya imzolanishi bilan
ShHT doirasidagi tashkiliy, huquqiy ishlar nihoyasiga etdi. ShHT ochiq tashkilot
bo‗lib o‗zaro ishonch, tenglik, manfaatdorlik, hamjixatlik tamoyillari asosida
faoliyat yuritmoqda.
2004 yil 17 iyun kuni Toshkentda ShHTga a‘zo davlatlarning samimti bo‗lib
o‗tdi. Unda ikki asosiy masala - xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik bo‗yicha
muzokaralar bo‗ldi. Sammitida 2004 yil mart oyida O‗zbekistonda sodir etilgan
terrorchilik harakati na faqat O‗zbekiston balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida
vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik
kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo
bo‗lganligi, terrorchilarning bazalarini yo‗qotish, odamlarni ongini zaharlaydigan,
terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish
zarurligi ta‘kidlandi.
Yuqоridаgilаrdаn kеlib chiqib хulоsа qilish mumkinki, Mаrkаziy Оsiyoni
bаrqаrоr, iqtisоdiy rivоjlаngаn vа yuksаk tаrаqqiy etgаn mintаqаgа аylаntirish
mintаqаviy хаvfsizlikni tа‘minlаshdа muhim o‗rin tutаdi. Mаmlаkаtimiz Prеzidеnti
Sh.Mirziyoyevning bu jarayonni yеchimi sifаtidа quyidаgilаrni tаklif etdi:
1. Sаvdо-iqtisоdiy аlоqаlаrni rivоjlаntirish vа tоvаr аyirbоshlаsh hаjmini
оshirish hаmdа kооpеrаsiyani mustаhkаmlаsh.
2. Mintаqаning trаnzit-lоgistikа sаlоhiyatidаn yanаdа sаmаrаli fоydаlаnish
vа trаnspоrt infrаtuzilmаsini jаdаl rivоjlаntirish.
3. Mаrkаziy Оsiyodа хаvfsizlik vа bаrqаrоrlikni tа‘minlаsh mаqsаdidа
аmаliy hаmkоrlikni yanаdа mustаhkаmlаsh.
4. Dаvlаt chеgаrаlаrini dеlimitаsiya vа dеmаrkаsiya qilish jаrаyonini tеzdа
vа uzil-kеsil yakunigа yеtkаzish.
5. Mintаqаdа suv rеsurslаridаn аdоlаtli fоydаlаnish.
6. Mаdаniy-gumаnitаr аlоqаlаr, do‗stlik vа yaхshi qo‗shnichilik.
265
Bu
dоlzаrb
mаsаlаlаrning
yеchimi
mintаqаdа
hаrbiy-siyosiy
vаziyat
bаrqаrоrligining shаkllаnishigа yordаm bеrаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |