O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


 O„zbekistonning chuqur o„ylаngаn, оqilоnа milliy siyosаti va geosiyosiy



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/173
Sana28.10.2022
Hajmi2,88 Mb.
#857879
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   173
Bog'liq
676f44ef7e4a9b46f704a6988b253d79 GEOSIYOSAT ASOSLARI (1)

 
5.4. O„zbekistonning chuqur o„ylаngаn, оqilоnа milliy siyosаti va geosiyosiy 
kelajagi 
Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega 
O‗zbekiston, shubhasiz, mintaqani barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi 
qo‗shnichilik hududiga aylantirishdan manfaatdor. Mamlakatimiz taraqqiyotining 
chegaralarimiz xavfsizligidan tortib suv resurslarini oqilona taqsimlashgacha 
bo‗lgan barcha muhim hayotiy masalalarini hal etish mintaqamiz bilan 


231 
chambarchas bog‗liq. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan, xavfsizligi ta‘minlangan 
Markaziy Osiyo O‗zbekiston uchun eng asosiy maqsaddir. Transport-
kommunikatsiya va energetika sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni qo‗shni 
mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilmasdan, ularning yuksak darajada 
integratsiyalashuvini ta‘minlamasdan amalga oshirib bo‗lmaydi. Bundan tashqari, 
Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki qadriyatlari mushtarak 
yagona madaniy makondir. Mintaqada istiqomat qilayotgan xalqlarni umumiy 
ma‘naviy qadriyatlar va o‗tmish, o‗xshash milliy an‘ana va urf-odatlar, asrlar 
davomida shakllangan mentalitet birlashtirib turadi. Ushbu mushtaraklik 
mintaqaviy hamkorlik uchun mustahkam va ishonchli poydevordir.
O‗zbekistonning mikroiqtisodiy geografik o‗rni (hududning o‗ziga qo‗shni 
bo‗lgan davlatlarga nisbatan tutgan o‗rni) ancha qulayligi bilan xarakterlanadi. Bu 
holat, avvalo, uning Markaziy Osiyo respublikalarining qoq o‗rtasida 
joylashganligi va barcha mintaqa davlatlari bilan to‗g‗ridan to‗g‗ri chegaradoshligi 
tufayli kelib chiqadi. O‗zbekistonning mikro IGO‗ qulayligi qo‗shni respublikalar 
bilan barcha turdagi quruqlik transport (avtomobil, temiryo‗l, quvur) tuzilmalari 
bilan nisbatan yaxshi bog‗langanligida ham o‗z ifodasini topadi. Mikro IGO‗dagi 
bunday qulayliklar tarixiy davrlardan hozirgacha O‗zbekistonni mintaqa davlatlari 
orasida aholisi eng zich, yirik shaharlarga boy, iqtisodiyoti nisbatan rivojlangan 
darajaga olib chiqqan. 
O‗zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov «O‗zbekiston 
XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari» kitobida bu borada quyidagi fikmi keltirgan: «O‗zbekistonning 
hududiy makon xususiyatlari, uning geografik o‗rni bizning ichki va tashqi 
siyosatimizni tanlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega... O‗zbekiston 
bugungi kunda qo‗shni davlatlar Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Tojikiston, 
Turkmaniston va Afg‗oniston o‗rtasida bog‗lovchi halqa vazifasini o‗taydi. 
Bulaming barchasi respublikaning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, diet el 
investitsiyalarini jalb qilish, O‗zbekistonni davlatlar o‗rtasida o‗zaro foydali 
hamkorlikning, tovarlar va kapital tranzitining o‗zida xos mintaqaviy markaziga 
aylantiradi».
O‗zbekistonning bunday qulay iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlari har bir 
qo‗shnilari tomonidan aholisi zich joylashgan tutash (kontakt) hududlarda 
(Farg‗ona vodiysi, Zarafshon, Quyi Amudaryo mintaqalari, Surxondaryo viloyati) 
hozirgi davrda ko‗plab turli ixlisosdagi respublikalararo hududiy ishlab ehiqarish 
majmualari, qo‗shma korxonalardan tortib erkin iqtisodiy hudularni tashkil 
qilishgacha keng imkoniyatlar beradi. Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud 


232 
bo‗lgan transchegaraviy daryolar va yo‗llar muammolari hal etilishi respublika 
mikrogeografik o‗rnining yanada qulaylashuviga olib keladi
1
.
Yaqin atrofida joylashgan davlatlar (Rossiya Federatsiyasi, Afg‗oniston, 
Eron, Kavkaz respublikalarijga nisbatan O‗zbekistonning mezoiqtisodiy geografik 
o‗rni (yaqin mintaqalarga nisbatan tutgan o‗rni) o‗rtacha qulayliklarga egaligi bilan 
tavsillanadi. Mezo IGO‗ni bunday baholanishining sababi shundaki, O‗zbekiston 
bir tomondan, Kavkaz respublikalari, ayniqsa, Rossiya Federatsiyasi bilan, asosan, 
zamonaviy transport vositalari orqali samarali bog`langan va bu davlatlar bilan 
an‘anaviy ravishda ko‗p tomonlama yaqin aloqalar olib boradi. Jahon davlatlari 
orasida eksport-import aloqalari hajmiga ko‗ra, Rossiyaning yetakchilik qilib 
kelayotganligi buning isbotidir. Ikkinchi tomondan, janubda joylashgan va 
O‗zbekistonning mezo IGO‗ guruh davlatlari toifasiga kiruvchi Afg‗oniston, Eron 
davlatlari butun o‗tgan tarixiy davrlar davomida respublikamiz bilan har 
tomonlama keng ijtimoiy aloqada bo‗lib kelgan bo‗lsa-da, hozirgi vaqtda bunday 
aloqalarni olib borishga mavjud texnik va siyosiy qiyinchiliklar to‗siq bo‗lib 
turibdi. 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
siyosiy 
geografik 
o‗rni 
klassik 
geosiyosatchilar tomonidan ajratilgan Yevrosiyoning ichki kontinental qismi, ya'ni 
Xartlend (ingl. Heartland - "dunyoning yuragi‖), hamda Yevrosiyoning janubi-
g‗arbiy dengizga yaqin mintaqasi Rimlend (Rimland "ichki yarim oy‖)ning o‗zaro 
tutashgan hududda joylashganligi bilan tavsiflanadi. Bu holat esa jahonda 
yetakchilikni 
qo‗lga 
kiritishni 
rejalashtirayotgan 
ko‗plab 
davlatlarning 
respublikamizga nisbatan geosiyosiy qiziqishlarining yuzaga kelishiga sabab 
bo‗lmoqda. 
Mаrkаziy Оsiyo dаvlаtlаri аynаn yaхshi qo‗shnichilik vа o‗zаrо mаnfааtli 
hаmkоrlik tаmоyillаri аsоsidа eng dоlzаrb vа muhim mаsаlаlаrdа o‗z sаlоhiyatini 
yanаdа sаmаrаli аmаlgа оshirа оlаdi. Ishоnchim kоmil, bundаn bаrchа Mаrkаziy 
Оsiyo dаvlаtlаri qаtоridа bоshqа mаmlаkаtlаr hаm birdek mаnfааt ko‗rаdi, dedi 
Sаmаrqаnddаgi 2017 yil 10 noyabrda ―
Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy 
kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik
‖ deb nomlangan
хаlqаrо аnjumаndа O‗zbekistоn Prezidenti Shаvkаt Mirziyoyev. Mаrkаziy Оsiyoni 
yaqin kelаjаkdа bаrqаrоr, iqtisоdiy rivоjlаngаn vа yuksаk tаrаqqiy etgаn mintаqаgа 
аylаntirishgа хizmаt qilаdigаn оlti tаklifni ilgаri surdi.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish