Shanxay hamkorligining oliy bosh maqsadi.
2002-yilda bo‗lib o‗tgan
ShHT konferensiyasida tashkilotning asosiy maqsadlari ko‗rib chiqilgan bo‗lib
bular quyidagilardir:
qatnashchi mamlakatlar o‗rtasida o‗zaro do‗stlikni saqlash;
hududlarda har tomonlama havfsizlikni ta'minlash, iqtisodiy-ijtimoiy
markazlarni ko‗paytirish;
terrozim, separatism, ekstremizm va uning barcha yo‗nalishlariga qarshi,
narkotik moddalar, qurol savdosi hamda transmilliy jinoyatlarga va
noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish;
siyosiy, iqtisodiy, savdo, qonuniylikni yo‗lga qo‗yish, tabiatni asrash,
madaniy, oliy ta'limni rivojlantirish,energetika, transport, bank-kredit
tizimini rivojlantirish va boshqa sohalarda hamkorlik qilish;
hududlarda iqtidoiy, madaniy va ijtimoiy hamkorlikni rivojlanishining
ta'minlanishi;
dunyo iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayoniga qo‗shilish;
hududlarda inson huquqining ta'minlanishi va mamlakatlarda insonlarga
yaratib berilgan shart-sharoitlarning ta'minlanishi;
xalqaro maydonlarda o‗zaro yordamlashish;
XXI asrdagi muammolami birgalikda hal qilish
250
Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) tashkil etilishi Rossiya va Xitoyning
Markaziy Osiyo ustidan nazoratda Yevropaga (AQSh va Yevropa ittifoqi) yon
bermasligi to‗g‗risida darak beradi. Biroq, bunga erishish uchun Rossiya va Xitoy
Osiyoda o‗zlari doimiy raqib bo‗lishlari kerak edi. Hozirgi kunda umumiy natija
bergan narsa bu Rossiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi ta‗sir doirasining
kuchsizlantirilishi va Xitoyning yanada jalb qilinishidan iborat. Markaziy Osiyo
mintaqasidagi xalqaro masalani Rossiyaning ishtirokisiz hal qilib bo‗lmaydi.
Mintaqa uning manfaatlari doirasiga kirib bormoqda va Rossiya hali ham bu yerda
ma‗lum ta‗sir doirasini saqlab qolmoqda.
Markaziy Osiyoda mintaqasida xavfsizlik sistemasi uchta bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich – postsovet va Markaziy Osiyo makonida harbiy-siyosiy
strukturasi aloqalariga ko‗ra Kollektiv xavfsizligi to‗g‗risidagi shartnoma
tashkiloti.
Ikkinchi bosqich – Xitoyni jalb qilish vositasi bilan va boshqa
tashkilotlarning vazifalari spektoriga kirmaydigan xavflarga qarama-qarshi
ravishda mintaqada xavfsizlikni ushlab turishda hamkorlikni kuchaytirish uchun
tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti.
Uchunchi bosqich – tashqi kuch sifatida, balansga ega bo‗lgan va
barqarorlikni ta‗minlashda katta potensialga va tajribaga boy bo‗lgan NATO.
Hozirgi kunda butun dunyoni siyosiy tomonlama boshqarib turuvchi davlatlar
Rossiya, Xitoy, Hindiston, AQSH va Yevropa Ittifoqi davlatlari tashkil etishadi.
Bu jarayon XXI asr siyosatida "shaxmat taxtasi" yoki ―katta o‗yin" nomini olgan.
Ushbu gigantlarning Markaziy Osiyodagi asosiy maqsadlari quyidagicha:
1. Siyosiy vaziyatni bir xilda saqlab turish (hech kim siyosiy portlashni
istamaydi. Bu ayniqsa islom harakatini keltirib chiqaradi.).
2. Diniy tartiblarni saqlab qolish
3. Iqtisodiy hamkorlik o‗rnatish orqali siyosatni barqarorlashtirish.
Ushbu uchta vazifa Moskva, Pekin, Dehli, Vashington va Brusseda asosiy
maqsadni tashkil etadi. Shu maqsadda iqtisodiy va madaniy aloqalar Markaziy
Osiyobilan yaxshi yo‗lga qo‗yilgan. Agarda YI yoki Xitoy Markaziy Osiyobilan
iqtisodiy aloqa o‗rnatmoqchi bo‗lsa, dastlab madaniy va fan-texnika sohasida
shartnomalar tuzadi.Ushbu gigant mamlakatlar Markaziy Osiyobozorlarida doimiy
ravishda raqobatda bo‗lib kelmoqdalar.Iqtisodiy raqobatlar ba'zida siyosiy
raqobatlarga aylanib ketadi.Rossiya davlati YI davlatlarining O‗rta Osiyoga krib
kelishiga to‗sqinlik qilib kelayapti.Ammo buning uchun siyosiy raqobatga kelish
shartmas.
ShHT geografik jihatdan turli xil hududlarni (kuzatuvchi davlatlar bilan birga),
aholini, madaniyatni, siyosiy tizimlarni va uning ishtrokchilarining turli xil
251
iqtisodiy rivojlanish darajalarini o‗z ichiga oladi. Bunday holatda davlatlarning
tashkilotdagi maqomidan qat'iy nazar olsak, ularni uch guruhga bo‗lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |