XXI аsr bоshidа Mаrkаziy Оsiyodаgi yangi gеоsiyosiy burilish.
O„zbekiston jahon siyosati va xalqaro munosabatlarning faol ishtirokchisi.
Bugungi kundа Mаrkаziy Оsiyo mаmlаkаtlаri mustаqil dаvlаtlаr sifаtidа qаrоr
tоpdilаr dеb kоmil ishоnch bilаn аytish mumkin. Bоz ustigа, ulаr Mаrkаziy Оsiyo
tеvаrаgidаgi gеоsiyosiy rаqоbаt jаrаyonining оddiy kuzаtuvchisi bo‗lib
qоlmаyaptilаr, bаlki mintаqа vа undаn tаshqаridаgi xаlqаrо hаyot jаrаyonlаrigа
fаоl tа‘sir ko‗rsаtish qоbiliyatini nаmоyish etmоqdаlаr. Bu XXI аsr bo‗sајаsidа
Mаrkаziy Оsiyodа ro‗y byergаn eng muhim gеоstrаtеgik burilishdir. Mintаqаning
dеmоkrаtik, dunyoviy yo‗ldаn rivоjlаnishi bаrqаrоr xususiyat kаsb etаdimi? Uning
jаhоn miqyosidаgi аlоqаlаr tizimigа mustаqil sub‘еkt sifаtidа qo‗shilish jаrаyoni
chuqurlаshib bоrаdimi? Bu sаvоllаrgа jаvоblаr Mаrkаziy Оsiyo jаmiyatlаri
glоbаlizаsiya tаlаblаrigа qаndаy jаvоb byerishigа, mintаqаviy hаmkоrlik vа
intеgrаsiyaning yuqоri dаrаjаsigа ko‗tаrilishgа qоdir yo qоdir emаsligigа ko‗p
jihаtdаn bојliqdir.
Xalqaro siyosat va munosabatlar ikki yoki undan ortiq mamlakatlar turli xil
siyosiy va nodavlat tashkilotlar bilan bog‗liq bo‗lgan munosabatlarni, aloqalarni
ifoda etadi. Uning jamiyat xalqlarining talab, ehtiyojlari, davlat manfaatlari xalqaro
normalar va qadriyatlari bilan bog‗liq. Xalqaro munosabatlar raqobat yoki o‗zaro
hamkorlik asosida qurilishi mumkin. Bugun xalqaro munosabatlarda umuminsoniy
qadriyatlar bu munosabatlarni belgilab beruvchi asosiy mezonga aylanib
191
borayotganligi ko‗zga tashlanmoqda. Chunki siyosat tarixi va uning o‗ziga xos
oqibatlari davlatlar munosabatlarini tartibga solish, bunda ularning manfaatlariga
mos tushuvchi tamoyillarga asoslanish zarurligini taqoza etmoqda. Shuningdek
yadroviy va kimyoviy qurollarning mavjudligi, ularni ishlab chiqarishga qaratgan
harakatlarining davom etayotganligi hamda xalqaro munosabatlarda ayrim davlat
raxbarlari, siyosiy partiyalar va shaxslarning bir tamonlama qarashlarining hamon
saqlanib qolayotganligi, xalqaro siyosatda davlatlarga nisbatan munosabatda
―Zo‗ravonlik‖, ―kuchga tayanish‖, tazyiq ko‗rsatishning turli usullaridan
foydalanish, ―xalqaro terrorizm‖ va boshqa holatlar xalqaro siyosatda o‗zaro
marifatli hamkorlikni rivojlantirishni, ixtiloflar paydo bo‗lgan taqdirda esa ularni
ma'rifiy yo‗llar bilan yechish zarurligini kun tartibiga ko‗chmoqda .
XX asr oxiri XXI asr boshlarida xalqaro siyosat va xalqaro munosabatlarda
muhum o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. Agar 1990 yillarga qadar ikki qutub SSR va
AQSh jahondagi siyosiy iqlimni belgilab berishgan bo‗lishsa, bugungi kunda
dunyo ko‗p qutublilik asosida rivojlanmoqda. Sovetlardan keyingi makonda
vujudga kelgan mustaqil davlatdar esa dunyo hamjamiyatining teng huquqli
a'zolari maqomiga erishdilar.
Markaziy Osiyoga nisbatan asr chaqiriqlari mavjud – bu Markaziy Osiyodagi
geosiyosiy vaziyatga ta'sir qiluvchi va XXI asrning birinchi o‗n yilligining oxirida
beqarorlashtiruvchi potentsialga ega bo‗lgan hodisalarni to‗rt guruhga bo‗lish
mumkin:
- ekstremizm, terrorizm, separatizm, giyohvand moddalarning noqonuniy
aylanishi bilan bog‗liq muammolar;
- xalqaro, davlatlararo va mintaqaviy qarama-qarshiliklar bilan bog‗liq
muammolar;
- mintaqaning geosiyosiy mavqei, uning tabiiy resurslari, etno-hududiy
muammolari bilan belgilanadigan muammolar;
- hayot darajasi pastligi va mintaqadagi texnologiyalarning rivojlanishi,
migratsiya, demografik va ekologik muammolar bilan bog‗liq muammolar.
O‗zbekiston 1992 yildan buyon BMTning a'zosi sifatada faoliyat yuritmoqda.
BMTning Bosh vazifalaridan biri – butun dunyoda tinchlikni barqaror etishdir.
Nizomga binoan a'zo mamlakatlar o‗zlarining xalqaro kelishmovchiliklarini tinch
yo‗l bilan hal etadi, Qurolli kuchlarni boshqa davlatlarga nisbatan qo‗llamaydilar,
ularga tahdid solmaydilar.BMT o‗zining tinchlik o‗rnatish faoliyati doirasida
diplomatik mexanizmlardan foydalangan holda to‗qnashib qolgan tomonlarning
yarashishlariga yordam beradi. BMT Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va
xavfsizlik borasidagi o‗z say-xarakatlari doirasida mojaroni bartaraf etish va
tinchlik o‗rnatish uni, masalan muzokoralar yoxud Xalqaro Sud yordamida
barqaror etish yo‗llarini tavsiya qilishi mumkin.
192
O‗zbekiston BMT minbaridan Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni
mustahkamlash, qo‗shni Afg‗oniston birodarchilik urishini to‗xtatish, Markaziy
Osiyoni yadro qurolidan ozod zo‗naga aylantirish, narka biznesga qarshi kurashda
barcha davlatlar xatti-harakatini muvofiqlashtirish. Markaziy Osiyoda ekologik
vaziyatni sog‗lomlashtirish maqsadida foydalanmoqda.
BMT bilan hamkorlik doirasida O‗zbekiston Respublikasi raxbariyati
tomonidan 3 ta asosiy vazifa belgilangan:
BMTni isloh qilish bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasining nuqtai nazarini
ilgari surish;
Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud yaratishni nixoyasiga
yetkazish;
BMTning giyohvand moddalarga qarshi kurash bo‗yicha mintaqaviy
markazini barpo etish haqidagi O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusini
amalga oshirish.
Bugungi kunga kelib, BMT faoliyatida ko‗p tomonlama xalqaro
munosabatlarda o‗z aksini topgan tizim inqirozini kuzatish mumkin. Jahon
sahnasida xalqaro xavfsizligiga tahdid soluvchi kichik raxbariy to‗qnashuvlar,
narkotik va qurol aylanmasining o‗sishi, terrorizmning tarqalishi kabi noan'anaviy
xavf va tahdidlar Toshkentning mavjud tuzilmalarini isloh kilish va faoliyatini
ko‗rib chiqishni taqoza etadi.
Shuningdek, ayrim davlatlarning o‗z siyosatini o‗tkazish minbariga aylanib
qolmasdan voz kechish, xizmatchilar o‗rtasida tarqalgan karrupsiyaga barxam
berish lozim.
Jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashda Yevropa sezilarli ro‗l o‗ynaydi.
O‗zbekiston tashqi siyosatidagi bu yo‗nalish qat'iyatlik bilan rivojlanib bormoqda.
Birinchi Prezident Islom Karnimovning Finlandiyaga tashrifi davomida (1997 y 25
fevral) Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining Xelsinki yakunlovchi
Aktning imzolanishi mamlakatimizning yuqori sur'atda rivojlanishiga keng yo‗l
ochib berdi .
Yevropa Ittifoqining maqsad va vazifalari quyidagilardir:
1) Yevropa xalqlarining yaqin ittifoqini tashkil etish, muvozanatlashgan va
uzoq
muddatli
iqtisodiy
taraqqiyotga
ko‗maklashish,
bunda,
ayniqsa.
Quyidagilardan foydalanish:
Ichki chegaralari bo‗lmagan makonni yaratish; iqtisodiy va ijtimoiy
hamkorlikni kuchaytirish; yagona valyutani joriy etish;
2) Xalqaro sohada, ayniqsa, tashki siyosatni va xavfsizlik sohasidagi
siyosatni, kelajakda esa mudofaa siyosatini birgalikda yurutish orqali o‗z
mohiyatini tasdiqlash;
3) Adliya va Ichki ishlar sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish.
193
Keyingi 50 yil davomida beshinchi marta o‗z safiga yangi a'zolarni qabul
qilgan bu tashkilot siyosy, iqtisodiy, madaniy, harbiy-texnik, ilmiy-texnologik
hamkorlikning sifat jihatdan eng zamonaviy ko‗rinishi bo‗lib, hozirgi kunda 25
davlat uning a'zosidir. Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning jon boshiga 22
ming dollardan ortiq qiymatni tashkil etayotganligi, shubhasiz, bu hamkorlikning
samarasidir. Hududi 4,2 million kv.km. ni, aholisi esa 455 milliondan ortiq kishini
tashkil etgan bu hududda Buyuk Britaniya, Daniya va Shvesiyani hisobga
olmaganda 2002 yilning 1 yanvardan buyon yagona pul birligi - yevro amal
qilmoqda .
Yevropa Havfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti(EXHT) 1975 yilda tashkil
topgan xalqaro siyosiy tashkilotlardan biridir. 1992 yil 26 fevralda O‗zbekiston
Respublikasi uning a'zoligiga qabul qilindi. Shu bois 1994 yildan O‗zbekistonning
YeHHTdagi vakolatxonasi Venada, 1995 yildan esa YeXHT ning Markaziy Osiyo
mamlakatlari bilan aloqalari bo‗yicha byurosi Toshkentda faoliyat yuritmoqda.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT). Bugungi kunda izchil faoliyat
ko‗rsatayotgan xalqaro siyosiy-iqtisodiy tashkilotlar haqida so‗z yuritilganda,
shubxasiz, birinchi navbatda ShHT tilga olinmoqda.
Dastlab ―Shanxay beshligi‖ deb nomlangan bu tashkilotga 2001 yil
O‗zbekiston Respublikasi a'zo bo‗lib qo‗shilgach ShHT deb ataladigan bo‗ldi.
Ayni paytda unga Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, O‗zbekiston,
Qozog‗iston, Tojikiston va Qirg‗iziston Respublikalari rasman a'zodirlar.
(Mongoliya, Hindiston, Pokiston va Eron kuzatuvchi maqomiga ega.) Havfsizlikni
ta'minlash, mintaqaviy barqarorlikni mustaxkamlash, ekologiya muommolarini
birgalikda hal qilish, savdo-sotiq aloqalarini chuqurlashtirish, Ilmiy-texnikaviy,
Madaniy-ma'rifiy sohalardagi munosabatlarni kengaytirish va boshqa hayotiy
muhim yo‗nalishlar bo‗yicha muammolarni hal etish ShHT ning asosiy vazifalari
sirasiga kiradi. Tashkilotning Kotibiyati Pekinda joylashgan. Shuningdek ShHT
faoliyatida ―uch yovuz kuch‖, ya'ni terrorchilik, ayirmachilik(separatizm) va
ekstremizmga qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirish alohida o‗rin tutadi. 2004
yildan boshlab Toshkentda ShHT ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyat
yuritmoqda. Bu tuzilma faoliyati tufayli 2005 yilning o‗zida sodir etilishi mumkin
bo‗lgan terrorchilik harakatlarining oldini olinganligi ma'lum.
2005 yilning iyul' oyida tashkilotning Shanhay shaxrida bo‗lib o‗tgan
samitida unga a'zo davlatlar rahbarlari tamonidan bir qator hujjatlar imzolandi.
Xususan, xalqaro Axborot xavfsizligi to‗g‗risidagi bayonot; terrorchilik,
separatizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‗icha 2007-2009 yillarga
mo‗ljallangan hamkorlik dasturiga doir qaror; ShHT mamlakatlar hududida
qo‗shma aksilterror mashqlarni o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi bitim, a'zo davlatlar
hududidagi terrorchilik, ayrmachilik va ekstremistik faoliyatga aloqador kishilar
194
kirib kelishini aniqlash va bunday yo‗llarni to‗sib qo‗yish borasidagi hamkorlik
to‗g‗risidagi bitim. Bundan tashqari, ShHT doirasida 2020 yilgacha bo‗lgan davrda
savdo iqtisodiy hamkorlikni ko‗zda tutuvchi dastur qabul qilindi. Shuningdek,
ShHT a'zo mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari, jumladan, ichki
ishlar organlarining terrorchilik, separatizm va eksterizmga, giyoxvandlikka va
og‗ufrushlikka qarshi birgalikda xarakat qilishi. Bu borada o‗zaro axborot
almashishi yaxshi samara bermoqda. Umuman, ―Bugungi kunda ShHT xalqaro
hamkorlikning qudratli institutiga, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashning,
xalqaro terrorchilik, separatizm va ekstremizm, narqotik moddalar ishlab chiqarish
va tashish kabi zamonning eng qaltis tahlika va tahdidlarga qarshi kurashning
kuchli omiliga aylanmoqda‖ .
Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati (EvrAzES). Ma'lumki Markaziy Osiyo
Hamkorligi Qozog‗iston, O‗zbekiston, Qirg‗iziston) tashkilotining 2005 yil 6-7
oktyabr' kunlari Sankt-Peterburg shaxrida bo‗lib o‗tgan sammitda MOHT bilan
Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatini birlashtirishga kelishib olingan edi. Mazkur
ikki tashkilotning maqsad va vazifalari ko‗p jihatdan o‗xshash hamda bir-biriga
yaqin bo‗lganligi O‗zbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati safidan joy
olishiga olib keldi.
1995 yilda Bojhona ittifoqi negizida tuzilgan bu tashkilotning strategig
maqsadi a'zo davlatlar o‗rtasida integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan.
YevrAzESning 2005 yili noyabirda Sankt-Peterburgda bo‗lib o‗tgan sammitda
O‗zbekiston bu tashkilotga qo‗shilgach, Hamjamiyat a'zolari 6 taga yetdi (Rossiya,
Belorusiya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Tojikiston, O‗zbekiston). Bu Hamjamiyatga
a'zolik O‗zbekiston uchun katta siyosiy ahamiyatga ega. Chunki yirik davlatlarning
geosiyosiy manfaatlari kesishgan mintakada joylashgan mamlakatimiz uchun.
YevrAzESga a'zolik turli ta'sir taziyiqlardan himoyalanish kafolatini beradi.
Xuddi shunday, yangi jahon tartibotini shakillantirishda O‗zbekistonning ham
alohida o‗rni, siyosiy manfaatlari bor. Shuning uchun mustaqillikning daslabki
kunlaridanoq O‗zbekiston respublikasi o‗z milliy manfaatlarini xisobga olgan
holda tashqi siyosatining maqsadi va vazifalarini aniq belgilab oldi. Uning dunyo
hamjamiyatida, xalqaro tashkilotlar, davlatlar, MDH va Markaziy Osiyo davlatlari
bilan olib borayotgan tashqi siyosati borasidagi sa'y-harakatlari fikrimiz dalilidir.
O‗zbekiston Respublikasining tashqi siyosati amaldagi Konstitusiya va 1996
yil 26 dekabrda Oliy Majlis tamonidan qabul qilingan ―O‗zbekiston tashqi
siyosatining asosiy prissiplari to‗g‗risida‖gi qonun talablaridan kelib chiqilgan
holda amalga oshiriladi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasininng 17-moddasida ―O‗zbekiston
Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‗la huquqli sub'ektidir. Uning tashqi
siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid
195
qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‗l bilan hal etish, boshqa
davlatlarning ichki ishlariga aradashmaslik qoidalarigi va halqaro huquqning
umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika
davlatning, halqning oliy manfaatlari, faravonligi va xavfsizligini ta'minlash
maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‗stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga
kirishi va ulardan chiqishi mumkin‖ deyiladi. ― O‗zbekiston tashqi siyosatining
asosiy prinsplari to‗g‗risida‖ gi qonun ham tashqi siyosatimizning umuminsoniy
tamoyillari va manfaatlari bilan to‗la muvofiq ekanligini ko‗rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, mafkuraviy kurashlardan qat'y nazar , tashqi siyosatda
ochiq-oydinlik prinspi O‗zbekistonga qisqa muddat ichida ikki taraflama keng
tashqi aloqalar o‗rnatish imkonini berdi. Yevroosiyo iqtisodiy va madaniy
ko‗prigining barpo etilganligi, ShHT doirasidagi hamkorlikning kengayib
borayotganligshi respublika tashqi siyosatining strategig istiqbolidir. Dunyoning
170 dan ortiq mamlakat tamonidan tan olingan, 120 davlat bilan diplamatik
aloqalar o‗rnatgan O‗zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning
suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, nizolarni
tinch yo‗l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi
xaqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |