O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o’zbekisтon respublikasi davlaт soliq qo’miтasi soliq akademiyasi


Auditorlik tekshiruvi natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan tuzatilganda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi



Download 1,35 Mb.
bet269/275
Sana11.01.2017
Hajmi1,35 Mb.
#120
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   275
Auditorlik tekshiruvi natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan tuzatilganda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi.

Auditor buxgalterlik hisobi va hisobotining sifati to’g’risida ishonch bilan auditorlik xulosasi tuza olish uchun yetarli darajada ishonchli dalillar tuplay olmagan vaqtda xulosa tuzmaydi. Bunday holat auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi oqibatida moliyaviy hisobot to’g’risida fikr bildirish uchun auditorlik dalil-isbotlar yetarli bo’lmaganida yuzaga keladi.

O’zbekistan Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shartnoma tuzuvchi auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona tadbirkorlik sub’ektlari sifatida teng huquqli bo’lsa ham maqomi bo’yicha teng bo’la olmaydilar, chunki auditorlik tashkiloti tekshiriladigan xo’jalik tizimini nazorat qiladi. Bundan mijoz-korxona ma’muriyati auditorlik tashkilotining xulosa tuzishdan voz kechish ehtimoli oldindan aniqlanib qo’yilishiga rozi bo’lishi lozim degan xulosa kelib chiqishi mumkin. Bunday ehtimollik ham qonunchilikda belgilab qo’yilgan.

Auditorlik xulosasini tuzishdan voz kechish ayrim maxsus hollarda yuzaga keladi. Bular: auditor mustaqilligini yo’qotishi, balans tuzilgan sanadan keyingi sodir bo’lgan jiddiy hodisalar yoki vaziyatning noaniqligi, xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan, yoki ayrim murakkab vaziyatlar tufayli audit o’tkazish sohasining cheklab qo’yilishi.

Auditorning xulosa tuzishdan voz kechishi yozma ravishda,  70-son AFMS da ko’rsatilgan shakl bo’yicha rasmiylashtirilib, uning mazmuni juda ham puxta asoslangan bo’lishi lozim.

Auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi - bu xo’jalik yurituvchi sub’ekt vakillari yoki uchinchi shaxslarning, boshlab qo’yilgan auditorlik tekshiruvini, auditor auditorlik xulosasini tayyorlash uchun yetarli deb hisoblaydigan hajmda o’tkazishga to’sqinlik qilishga qaratilgan ochiqdan-ochiq ko’rsatadigan hatti-harakatlari, yoki harakatsizligidir.

Auditorlik xulosasini tuzishdan voz kechish ariza ko’rinishida bo’lib, «Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasini tuzishdan voz kechish to’g’risidagi arizasi» deb nomlanadi va quyidagi shaklda bo’ladi.

Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasini tuzishdan voz kechish to’g’risidagi arizasi.

Men (biz)

(auditorlik tashkilotining nomi va rekvizitlari)

auditor (auditorlik tashkiloti)

(auditorlarning nasabi, ismi - sharifi)

tomonidan ning

(xo’jalik yurituvchi sub’ekt nomi)

200____ yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo’lgan davr uchun moliyaviy hisoboti tekshiruvdan o’tkazildi.

Хo’jalik yurituvchi sub’ekt

(xo’jalik yurituvchi sub’ekt nomi)

xorijiy mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarini to’liq taqdim qilmadi. Bu biz boshlagan auditorlik tekshiruvini, auditorlik xulosasi tayyorlash uchun zarur hajmda o’tkazishga imkon bermaydi deb hisoblaymiz.

Yuqorida keltirilgan auditorlik tekshiruvining hajmini cheklash faktiga asosan auditorlik tashkiloti

(auditorlik tashkilotining nomi va rekvizitlari)

xo’jalik yurituvchi sub’ekt

(xo’jalik yurituvchi sub’ekt nomi)

moliyaviy hisoboti to’g’risida fikr bildirishdan voz kechadi.

Auditorlik tashkiloti

rahbari

(imzo)


Auditorlar

(imzolar)

«_____» ____________ 200___y M. O’
Agar salbiy xulosa tuzilsa yoki xulosa tuzilmasa, auditor ta’kidlovchi qismda tekshiruv natijalarini, aniqlangan amaldagi qonunchilik buzilishi faktlarini va korxona faoliyatidagi boshqa kamchiliklarni batafsil bayon qiladi.

Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuzilib, uning ikki nusxasi auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi ya’ni korxona rahbariyatiga taqdim qilinadi.

Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng 15 kun ichida auditorlik xulosasining bir nusxasini o’zlari joylashgan xududdagi soliq organiga taqdim qiladilar.

Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun tushunarli bo’lib, unda auditorning ikkilanish va (yoki) noroziligidan kelib chiqqan cheklashlar aniq ko’rsatilishi lozim. Auditorlik xulosasi barcha moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar olish imkoniga ega bo’lgan ochiq axborot hisoblanadi. Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan chop ettirilishi mumkin.

Agar ko’rsatilgan kamchiliklar buxgalteriya hisobotining haqqoniyligiga ta’sir qilmaydigan bo’lsa, auditor xulosa tuzishga kirishadi. Aks holda auditor buxgalteriya hisobining yuritilishi va korxona tomonidan taqdim qilingan hisobotlar to’g’riligini tasdiqlashdan bosh tortishi lozim. Faqat ko’rsatilgan kamchiliklar tugatilgandan so’nggina tekshiruvlarni yakunlashi va ularning natijalari bo’yicha xulosa tuzish mumkin. Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishdagi kamchiliklarni tugatish uchun korxonaga berilgan vaqt, odatda, agar bunday ishlarning jiddiyligi va sermehnatligi real baholansa, ikki - uch oydan oshmasligi lozim.

Auditorga barcha zarur ma’lumotlar buzib ko’rsatilgan holda taqdim etilganligini u bilmagan bo’lsa, bunga auditor javobgar hisoblanmaydy. Bu hollarda barcha javobgarlik zarur ma’lumotlarni auditorga taqdim etishi lozim bo’lgan, tekshirilayotgan korxona ma’muriyati va uning ma’sul xodimlariga yuklatiladi.



SHu boisdan, korxona rahbari va moliya-hisob xizmati xodimlari oldindan, auditorlik xulosasini oxirgi tahrirda tuzgunga qadar tanishib chiqishlari, agarda ularda ayrim holatlarga nisbatan norozilik, mulohaza yoki qandaydir takliflari bo’lsa, ushbu bildirilgan fikrlar diqqat bilan eshitilib, korxona xodimlari ishtirokida muhokama qilinishi va asoslangan holda chiqarib tashlanishi yoki e’tiborga olinib, xulosaning oxirgi tahririda inobatga olinishi lozim.
BILIMLARNI CHUQURLASHТIRISH UCHUN SAVOLLAR:



  1. Download 1,35 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish