Kamayib boruvchi qoldiq usuli. Auditor korxonada ushbu usullardan bittasi tanlab olinib, hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruq bilan rasmiylashtirilganligini aniqlashi lozim. shuningdek, tanlangan usulning hisobot yili davomida o’zgarmaganligiga, agar o’zgargan bo’lsa sababini va bu haqda hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqqa o’zgartish kiritilganligiga e’tibor berishi kerak. Asosiy vositalar ob’ektlarining foydali xizmat qilish muddatlari ularni balansga qabul qilish paytida aniqlanadi. Amortizatsiya hisoblash asosiy vositalar ob’ektlarining butun foydali xizmat qilish muddati davomida to’xtatilmaydi. Faqat korxona rahbarining qaroriga muvofiq qayta jihozlash (rekonstruksiya) va zamonaviylashtirish(modernizatsiya) uchun o’tkazilgan, hamda konservatsiyaga qo’yilgan asosiy vositalar bundan mustasno. Amortizatsiya ajratmalari hisoblash yillik summasi quyidagicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |