Mualliflik huquqlari bu fan, adabiyot yoki san’at asarlarini nashr qilish, ommaviy ijro etish yoki boshqacha tarzda foydalanish uchun maxsus beriladigan huquqdir. Muallifga shaxsan mulkiy va mulkiy bo’lmagan huquqlar biriktiriladi. Muallifning hayotligida yoki o’limidan so’ng begona qilinmaydigan yoki boshqa birovga o’tkazilmaydigan mualliflik huquqi muhim nomulkiy huquq hisoblanadi.
Mualliflik mulkiy huquqi asarlardan foydalanish va boshqa shaxslarga o’tkazish, shuningdek, avloddan-avlodga o’tkazishda unga tegishli maxsus huquqqa asoslanadi.
Mualliflik huquqi fan, adabiyot yoki san’at asarlarining yaratilishi bilan vujudga keladi va uni himoyalash sud orqali amalga oshiriladi.
SHunday qilib, sanoat, intellektual mulklar auditining boshqa aktivlar auditidan farq qiluvchi tavsiflovchi xususiyatlari ob’ektlarni ekspertiza qilish va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni tahlil qilishdan iboratdir. shuning uchun ushbu ob’ektlar auditida bu ob’ektlarga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni texnik tahlil qilish zarur. Buning uchun sanoat va intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanishni yuridik rasmiylashtirish va huquqiy muhofaza qilish sohasida ishlaydigan, patent bilan ishonch bildirilgan mutaxassislarni konsul’tant sifatida jalb etish kerak.
Avval aytib o’tilganidek, bulardan tashqari, nomoddiy aktivlarga yer uchastkalari va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ilmiy-tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlari uchun qilingan uzoq muddatli xarajatlar va firmaning amaliy shuhrati (mavqeyi) kiradi. Yer uchastkalari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari ular egalarining tegishli ravishda xo’jalik faoliyati uchun yoki boshqa maqsadda foydalanishga alohida huquqqa egaligini nazarda tutadi. SHuni nazarda tutish kerakki, yerdan foydalanish huquqiga egalik mazkur yer uchastkasining mulk qilib olinishini bildirmaydi. Korxona ushbu yerdan sotish huquqiga ega bo’lmasdan foydalanishi mumkin.
Ilmiy tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlanmalari u yoki bu muayyan amaliy maqsad yoki qo’llash sohasiga tegishli bo’lmasdan butkul bilimlarni oshirishga ko’maklashadigan, asosan ilmiy - tadqiqotlar natijasida olingan bilimlardan foydalanish uchun yo’naltirilgan amaliy tadqiqotlar: muayyan buyumlar yoki jarayonlar sifatini yaxshilash, joriy qilish uchun o’tkaziladigan tajriba - konstruktorlik ishlari.
Nomoddiy aktivlar haqidagi ma’lumotlarni balansda aks ettirish borasida har xil mamlakatlarda turlicha yondoshuvlar mavjud, shuningdek bir xil iqtisodchilarning o’zlarida bu mablag’larga nisbatan qaramaqarshi tushunchalar uchraydi. Milliy va xalqaro standartlarda ko’rsatilishicha, u yoki bu birliklarni balans aktiviga qo’shish shunday hollarda bo’lish mumkinki, agar u to’g’risidagi ma’lumotlar ishonchli va uning pulda baholanishi asoslangan bo’lsa, agar shu birlikdan iqtisodiy resurslar yoki iqtisodiy foyda olish ehtimoli mavjud bo’lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |