3. Bilvosita soliqlar auditi.
A. Qo’shilgan qiymat solig’i auditi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida soliqlarning fiskal funksiya bilan rag’batlantiruvchi funksiyalari o’rtasidagi munosabatlar bo’yicha optimal variantlarini topish masalasi oldinda turadi. Soliqlar va soliq tizimini shunday tashqil qilish kerakki, barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mulk shakllaridan qat’iy nazar ularning iqtisodiy faoliyatiga sharoit yaratib berish va kelgusida soliqqa tortish bazasini takomillashtirish orqali ishlab chiqarishini rivojlantirishga yordam berishi shart.
Demak, bilvosita soliqlar sistemasini kengroq qo’llash, xususan, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz soliqlariga tortishni qo’llashni o’rganish va amaliyotga tadbiq etish muhim rol o’ynaydi. CHunki bozor iqtisodiyoti rivojlangan sari va real sektorning rivojlanish darajalari o’sgan sari bilvosita soliqlarning byudjet tushumlaridagi hissasi kamaya boradi, bevosita soliqlarning hissasi esa oshib boradi. Lekin shunga karamay bilvosita soliqqa tortish byudjetning daromad qismini rivojlantirishda asosiy rolni o’ynaydi.
Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) bizning iqtisodiyotimiz uchun nisbatan yangi tushuncha bo’lib, bilvosita soliqlar toifasiga kiradi va sotilgan tovarlar, ish va xizmatlar bahosiga qo’shiladi. QQS bizda oldin qo’llanilib kelingan aylanma solig’i va sotishdan to’lanadigan soliqlarning o’rnini egallaydi va barcha turdagi tovarlar va xizmatlarni qamrab olib, byudjet bilan hisob-kitoblarda muhim o’rin tutadi.
Hozirgi sharoitda soliq islohotini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar, birinchidan, mamlakatda soliq munosabatlarining rivojlanmaganligi bilan, ikkinchidan, omma ongining soliqlarga nisbatan bir qadar salbiy munosabatda ekanligi va bunday vaziyatda qabul qilinadigan qarorlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy oqibatlarini qattiq hisobga olish zarurligi bilan izohlanadi.
Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha byudjet bilan hisoblashishlarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish alohida o’rin egallaydi.
Qo’shilgan qiymat solig’ini audit tekshiruvidan o’tkazish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- oldingi davrlardagi soliq hisobotlarini tahlil qilish, kamchiligi ko’rsatilgan masalalar bo’yicha berilgan tavsiyalar bajarilishini aniqlash;
- joriy davr uchun QQS schyotlari bo’yicha qoldiqlarni oldingi davrlardagi qoldiqlar bilan taqqoslash va tafovutlarni tahlil qilish;
- joriy davr uchun haqiqiy stavkalarini taqqoslash va tafovutlarni tahlil qilish;
- hisobot davri uchun byudjetga to’lovlar to’lanishini tahlil qilish.
Auditor QQS ni to’lashning to’g’riligini tekshirishda moddiy qiymatlarning xarajati aks ettiriladigan barcha schyotlarni, to’lov topshiriqlari va boshqa to’lov hujjatlarini nazorat qilib chiqishi lozim.
Sotiladigan tovarlar, ish va xizmatlar tannarxiga qo’shiladigan, olingan QQS hisobining to’g’riligini, byudjet oldidagi QQS bo’yicha qarzlarning muvofiqligini tekshirishda auditorlar quyidagi ishlarni amalga oshirishlari lozim:
-
Bosh daftardagi qoldiqlarni tekshirish;
-
QQS bo’yicha yig’ma vedomost tuzish va hisob-kitob schyotlarining ma’lumotlarini tahlil qilib chiqish;
-
soliq inspeksiyasiga taqdim qilingan QQS hisob-kitoblarining ma’lumotlarini tekshirish;
-
faoliyat hususiyatlari va sotiladigan mahsulot (ish, xizmat)lar turlariga qarab soliq stavkalarini qo’llashning to’g’riligini tahlil qilish;
-
hisobot davri uchun QQS bo’yicha qarzlarni qayta hisoblash;
-
qonun hujjatlariga muvofiq QQS bo’yicha berilgan imtiyozlarning to’g’ri qo’llanishini tahlil qilish;
-
QQS bo’yicha o’rtacha oylik qarz hisob-kitobi asosida QQSni to’lash davriyligini aniqlash;
-
QQS bo’yicha hisob-kitoblarni va hujjatlarni tuzishning to’g’riligini, penyalar va jarimalar to’lashdan qochish uchun bank ko’chirmalari ma’lumotlariga taqqoslash yo’li bilan tanlab tekshiruv o’tkazish.
Sotish bo’yicha soliqqa tortiladigan aylanma summasi sotiladigan tovarlar, ish va xizmatlarning amaldagi narx va tariflar bilan baholanadigan qiymatiga asosan, ularga qo’shimcha qiymat solig’ini kiritmagan holda aniqlanadi. Auditor QQS ni to’lashning to’g’riligini tekshirishda moddiy qiymatlarning xarajati aks ettiriladigan barcha schyotlarni, to’lov topshiriqlari va boshqa to’lov hujjatlarini nazorat qilib chiqishi lozim.
Auditor tekshiruv jarayonida QQSning to’g’ri hisoblanganiga ishonch hosil qilishi lozim. Hisob-kitob maxsus shakl bo’yicha tuziladi va mohiyati shundan iborat bo’ladiki, byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi xaridorlarga sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar) uchun ulardan olingan va sotib olingan moddiy resurslar, yoqilg’i, xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’langan soliq summasining mazkur hisobot davrida ishlab chiqarish va muomala sarflariga haqiqatdan olib borilgan qiymatiga tegishli summasi o’rtasidagi farq ko’rinishida namoyon bo’ladi. Хususan, QQS ni tekshirish quyidagilarni o’z ichiga olinadi:
-
oldingi davrlardagi soliq hisobotlarini tahlil qilish, kamchilik ko’rsatilgan masalalarni va ushbu masalalar bo’yicha berilgan tavsiyalarning bajarilishini aniqlash;
-
joriy davr uchun QQS schyotlari bo’yicha qoldiqlarni oldingi davrlar uchun qoldiqlar bilan taqqoslash va kala yoki gayri-oddiy tafovutlarni tahlil qilish;
-
joriy davr uchun haqiqiy stavkalarmi taqqoslash va katta yoki g’ayri oddiy tafovutlarni tahlil qilish;
-
hisobot davri uchun byudjetga to’lovlar to’lanishini tahlil qilish.
Тovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish chog’ida to’langan QQSni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda, aylanma mablag’larni sotib olishdagi QQS va byudjetdan qoplanadigan QQS hisob-kitobini tahlil qilish zarur. Aylanma mablag’larni sotib olishga doir QQSni tahlil qilishda Bosh daftardagi qoldiqlar, byudjet bilan hisob-kitoblarga doir dastlabki hujjatlar va balansning tuzilishi sinchiklab tekshiruvdan o’tkaziladi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olishda to’langan QQS summalari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga qabul qilish paytida byudjetga to’lanadigan QQS summasidan to’lig’icha chegirib tashlanadi.
Byudjetdan qoplanadigan, to’langan QQS ni tahlil qilishda auditor quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:
-
4410 - «Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyotining «QQS hisob-kitobi» analitik schyoti debeti bo’yicha yozuvlar tekshiruvdan o’tkaziladi;
-
balans tuzish (tekshiruv maqsadida) va sotib olingan ishlab chiqarish zahiralari, ish va xizmatlar bo’yicha to’langan QQS ni hisobga olishning to’g’riligini dastlabki hujjatlar bo’yicha tanlab tekshirish.
Ushbu ish QQS bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni hisobot davrlari bo’yicha aniq taqsimlashni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |