Idishlar bilan bog’liq muomalalarni hisobda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish. Ayrim korxonalarda idishlar soni va ularning qiymati katta miqdorni tashkil etadi. Auditor idishlar qiymatining to’g’ri shakllanganligi va hisobda aks ettirilganligini tekshiradi. Sintetik hisobda idishlar, ularni sotib olish uchun ketgan barcha xarajatlardan tashkil topadigan haqiqiy tannarxi bo’yicha aks ettirilishi mumkin. shuningdek, idishlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishning to’g’riligi ham tekshiriladi.
Mahsulotlarni tashish va joylashtirish uchun ishlatiladigan idishlar mavjudligi va harakati to’g’risidagi axborotlar 1060-«Idish va idishlik materiallar» schyotida umumlashtiriladi. Agar mahsulotlar joylashtirilgan idishlar qiymati ularning sotish bahosiga qo’shilgan bo’lsa, idishlar qiymati hisobdan o’chiriladi va mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladi (agar idishga joylashtirish bevosita asosiy ishlab chiqarish sexlarida amalga oshirilsa), yoki tijorat sarflariga olib boriladi (mahsulotlar tayyor mahsulotlar omboriga topshirilganidan so’ng idishlarga joylashtirilganda). Savdo tashkilotlarida 2950 - «Тovar bilan band va bo’sh idishlar» schyotida, chakana savdodagi tovar bilan band shisha idishlar va bo’sh idishlar esa tovar sifatida 2920 - «CHakana savdodagi tovarlar» schyotida hisobga olinadi.
Тransport shaklidagi idishlarni aylanuvchanlik hususiyatiga ko’ra ikkita asosiy toifaga bo’lish mumkin:
1. bir marta aylanadigan - sotib olish bahosi mol yetkazib beruvchida sotiladigan materiallarning qiymatiga qo’shilgan idishlar (ular mol yetkazib beruvchilarga qaytarilmaydi);
2. ko’p marta aylanadigan - muomalada bir necha marta bo’ladigan idishlar, mol yetkazib berish shartnomasiga muvofiq bunday idishlar mol yetkazib beruvchilarga qaytariladi.
«Qaytariladigan» va «qaytarilmaydigan» idish tushunchasi faqatgina sotuvchi va xaridor o’rtasidagi shartnoma bilan tartibga solinadi.
Тovar bilan birgalikda yetkazib beriladigan, ayrim turdagi ko’p marta aylanadigan tovarlar uchun xaridordan garov olinib, u bo’shatilgan idish qaytib olinganidan so’ng xaridorga qaytariladi. Idishlarning garov qiymati mol yetkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlarida alohida satr bilan ajratib ko’rsatiladi. Garov bahosi bilan aylanib yuradigan ko’p marta aylanadigan idishlar mol yetkazib beruvchining mulki bo’lib qoladi. Sotuvchi uni sotishni, xaridor esa sotib olishni mo’ljallamagan. Idishlar uchun garov to’lash idishlarni qaytarib berishni ta’minlash vositasi bo’lib hisoblanadi. Тovarlar ko’p marta aylanadigan idishlarda sotilganida mol yetkazib berish shartnomasi shartlariga xaridorning ushbu idishlar hammasini yoki ma’lum bir qismini qaytarish majburiyati kiritiladi. Agar idishlar mol yetkazib beruvchiga shartnomada ko’rsatilgan muddatda topshirilmasa, idishlarning garov qiymati xaridorga qaytarilmaydi. Agar korxonada garovli idishlardan foydalanilayotgan bo’lsa, u holda auditor bunday muomalalarni hisobga olishning to’g’riligini tekshirishi zarur. Ko’p hollarda garovli idishlarning qiymati mulkiy huquq va haqqoniylik qoidasi buzilib, korxonaning o’z mulklari tarkibida aks ettiriladi. Mol yetkazib beruvchi va xaridor o’rtasida normal tovar harakati sodir etilganida garovli idish mol yetkazib beruvchining mulki bo’lib qoladi va uning hisobida aks ettiriladi. Ko’p marta aylanadigan garovli idishga mulk huquqi mol yetkazib beruvchida qolishi sababli, uning qiymatini xaridorning buxgalteriya hisobida aks ettirish mulklar qiymatining oshib ketishi va oshiqcha mulk solig’i to’lashga olib keladi. Mol yetkazib beruvchi tomonidan qabul qilinmaydigan ko’p marta aylanadigan garovli idishga egalik huquqi, qaytarishni rad etishga hujjatlar rasmiylashtirilganidan so’ng xaridorga o’tadi. Idishlar analitik hisobi ularning har bir turi bo’yicha nommanom yuritilishi kerak. Auditor uni tekshirish chog’ida moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari va saldo vedomostlari bo’yicha ma’lumotlarni taqqoslash yo’li bilan xatolarni aniqlashi mumkin. Тovar-moddiy zahiralar aktivlarning boshqa har qanday turiga qaraganda xo’jalik faoliyatiga ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Тekshiruv natijalarini umumlashtirib, auditor ishchi hujjatlarida to’plangan dalil-isbotlarni bir tizimga keltirishi zarur. Muntazam yo’l qo’yib kelingan qoidabuzarliklar bo’yicha aniqlangan xatolarni to’liq tekshirishga tadbiq qilish zarur. Тafovutlarning katta-kichikligi tanlov ko’lami va xatolarning muntazam sodir bo’lishini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |