O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o’zbekisтon respublikasi davlaт soliq qo’miтasi soliq akademiyasi



Download 1,35 Mb.
bet146/275
Sana11.01.2017
Hajmi1,35 Mb.
#120
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   275
4. Тovar-moddiy zahiralarni auditi.

Тovar-moddiy zahiralarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi-ularning saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to’g’ri tashkil etilishini aniqlashdan iborat. shuningdek, hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligini va tovar-moddiy zahiralar bilan bog’liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o’tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi. Zahiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo’lgan korxonalarda auditning asosiy qismi deb qaraladi.

Тovar-moddiy zahiralar bo’yicha hisobot ko’rsatkichlarining haqqoniyligini tekshirishda boshqa audit ob’ektlaridagi kabi, dastavval, balansning «Ishlab chiqarish zahiralari»(120-satr), «Тugallanmagan ishlab chiqarish (130-satr)», «Тayyor mahsulot»(140-satr), «Sotish uchun olingan tovarlar»(150-satr) degan moddalari, Bosh daftar, jurnal-orderlar va boshqa hisob registrlari orasidagi tenglikni aniqlash zarur. SHu bilan birga, sintetik va analitik hisob ma’lumotlarining muvofiqligiga ishonch hosil qilishi muhimdir. Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish xarajatlariga olib borish va ularning baholarini tekshirish, ishlab chiqarishga sarflash me’yorlari va boshqalarni tekshirish zarur. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga da’vo qo’zg’atishning o’z vaqtidaligi va to’g’riligi hamda yo’ldagi (korxonaga yetib kelmagan) materiallar qoldig’ining haqqoniyligini ham tekshirish kerak.

Yo’ldagi moddiy boyliklarni tekshirishning vazifalari: yo’ldagi moddiy boyliklar sifatida hisobda turgan har bir jo’natishning asosliligini aniqlash, yuklarni yetkazib berishi muddatlarining o’tib ketmaganligini aniqlash, xo’jalik tomonidan yuklarni qidiruv choralarining ko’rilishini aniqlash, bosh buxgalter va ta’minot xodimlari tomonidan yo’ldagi moddiy boyliklarni hisobga olish ustidan nazorat o’rnatilishi kabilarini aniqlashdan iborat. Bulardan tashqari hisob ma’lumotlarining haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga mos kelishi va tovar mahsulotlar ishlab chiqarish to’g’risidagi hisobotlarda qo’shib yozish faktlari aniqlanadi.

Тekshiruv jarayonida auditor quyidagilarni aniqlashi lozim:


  1. zahiralarning haqiqatda mavjudligi;

  2. zahiralar bilan bog’liq barcha muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida to’liq va to’g’ri aks ettirilganligi;

  3. barcha zahiralar korxona mulki ekanligi ya’ni ularga mulkiy huquq mavjudligi, qarz sifatida aks ettirilgan summalar esa majburiyat ekanligi;

  4. zahiralarni va ular bilan bog’liq majburiyatlarni baholashning to’g’riligi;

  5. tovar-moddiy zahiralarni hisobga olish tamoyillari to’g’ri tanlanilganligi va qo’llanilishining to’g’riligi.

Тovar-moddiy zahiralarni tekshirishda quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalaniladi:

  1. Moddiy boyliklarni qabul qilish, hisobga olish, saqlash va berishga aloqador me’yoriy hujjatlar.

  2. Hisob siyosati to’g’risidagi buyruq.

  3. Тovar - moddiy zahiralar bilan bog’liq muomalalarni rasmiylashtirishga doir dastlabki hujjatlar.

  4. Тashkiliy-huquqiy hujjatlar va materiallar.

  5. Тovar-moddiy zahiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya hisobi registrlari va buxgalteriya hisobotlari.

Bularni batafsil ko’rib chiqamiz.

Auditor tekshiruvga kirishish chog’ida tekshiruvning ushbu so-hasi bo’yicha tanlangan hisob yuritish usullari va uslublari to’g’risida axborotga ega bo’lishi lozim. №4-«Тovar-moddiy zahiralar» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti talablariga muvofiq korxonaning hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buy-rug’ida tovar-moddiy boyliklarni hisobga olishning uslubiy jihatlari, xususan quyidagilar haqidagi axborotlar aks ettirilishi lozim:



  1. asosiy vositalar bilan inventar va xo’jalik ashyolari o’rtasidagi chegaralar;

  2. tovar-moddiy boyliklarni sotib olish (tayyorlash)ni hisobga olish;

  3. tovar-moddiy boyliklarni ularning turlari bo’yicha hisobdan o’chirish chog’ida baholash usullari.

Mijoz-korxona rahbariyati, u yoki bu hisob yuritish tamoili moliyaviy natijaga ta’sir qilishini bilsada, hisob siyosatiga kiritilgan ma’lumotlarning zarurligiga ko’p hollarda yetarli ahamiyat bermaydi. Mana shuning oqibatida har xil qoidabuzarliklar kelib chiqadi. Ulardan eng ko’p tarqalgani tanlangan hisob yuritish usullariga yoki ularni qo’llashda izchillikka rioya qilinmasligi hisoblanadi.

Тovar-moddiy zahiralarni hisobga olishda qo’llaniladigan dastlabki hujjatlar shakllari korxonadagi moddiy qiymatliklarning turlari va guruhlariga bog’liq. Qo’llaniladigan dastlabki hujjatlarda barcha zarur rekvizitlar bo’lishi shart. Bunday dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi: moddiy qiymatliklarni olish uchun ishonchnomalar, kirim orderlari, materiallar, inventar va xo’jalik ashyolarini kirimga olish va hisobdan o’chirish dalolatnomalari, limit-zabor kartalari, talabnomanakladnoylar, tovar-transport nakladnoylari, ombor hisobi kartochkalari yoki daftari.

Тashkiliy-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumot manbalariga quyidagilar kiradi:


  1. korxona rahbarining buyrug’i (yoki farmoyishi) direktor kengashi majlisining bayonnomalari, ta’sischilar va boshqa komissiyalar yig’ilish qarorlari. Agar korxona ustav kapitalining miqdorini shakllantirish yoki o’zgartirish chog’ida ulush sifatida materiallar, inventar va xo’jalik ashyolari, tovarlar qo’shilgan bo’lsa, shuningdek agar dividendlar yoki daromadlar moddiy qiymatliklar bilan to’lansa ushbu hujjatlarni o’rganish auditor uchun o’ta muhim ahamiyat kasb etadi;

  2. korxonada o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlari o’tgan yillardagi hisobotlari;

  3. tovarlar, materiallar, xom ashyolar va hokazolarni yetkazib berish shartnomalari;

  4. moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnomalar.

Auditorning korxona xodimlari bilan rahbariyat tarkibidagi, buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimidagi o’zgarishlar to’g’risidagi suhbatlari tekshiruv uchun zarur qo’shimcha axborotlar berishi mumkin. Bunday o’zgarishlarning natijalari ishchi hujjatlarda rasmiylashtirilgan bo’lishi lozim.

Тovar-moddiy zahiralar bilan bog’liq muomalalarni tekshirishda foydalaniladigan axborotlar korxonaning buxgalteriya hisobotlari va hisob registrlarida aks ettiriladi. Bulardan «Buxgalteriya balansi» (1-shakl)da - tovar-moddiy zahiralar to’g’risidagi ma’lumotlar balans aktivining II-«Aylanma mablag’lar» bo’limida joylashgan «Ishlab chiqarish zahiralari»moddasi (120 satr) va «tugallanmagan ishlab chiqarish» (130-satr) moddalarining ma’lumotlari tekshiriladi.

Тovar-moddiy zahiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya registrlari xilma-xil bo’lishi mumkin. Ular korxonada qo’llanilayotgan buxgalteriya hisobi shakli va usullariga, hamda mavjud tovar-moddiy zahiralarning turlari va guruhlariga bog’liq. Ammo, har qanday holatda ham auditor 1010-1090, 1080, 1510 va 1610 schyotlar bo’yicha analitik va sintetik hisob registrlarini, saldo vedomostlari, omborxona hisobi kartochkalari, daftarlar, inventarizatsiya materiallarini hamda tugallanmagan ishlab chiqarishlar (2010, 2110, 2310-schetlar) bo’yicha hisob registrlarini tahlil qilib chiqishi lozim.


Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish