O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/166
Sana27.03.2022
Hajmi5,01 Mb.
#512922
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   166
Bog'liq
11 FUTBOL-NAZARIYA-VA-USLUBIYATI

FUTBOL TAKTIKASI 
hujum 
himoya 
Individual taktika 
Maydon o‘yinchisi va darvozabonning maydondagi vazifalari, pozitsiyasi bo‘yicha harakatlari 

O‘yinchining to‘pga egalik qilishi Raqibni to‘pga egalik qilish 

To‘pni kutayotgan o‘yinchi To‘pni kutayotgan raqib 
Guruhli taktika 
Himoyachi, yarim himoyachi va hujumchilarning o‘zaro harakati. maydon bo‘lab pozitsion 
harakatlanish 

O‘yinda kombinatsion o‘yin O‘yinda raqib hujumini bartaraf qilish 

Kombinatsion o‘yin: hujumni yakunlash Raqib o‘yin tuzilish tartibni buzish 
Jamoaviy taktika/ o‘yin taktikasi 
Bir jamoadagi barcha o‘yinchilarning reja bo‘yicha o‘yin harakatlari 
O‘yinda to‘pni oldirib qo‘yilganda yoki perexvat qilib olinganda 

O‘yinni tuzilishni nazaorat qilish raqib jarima maydonida ximoya 

Tezkor kombinatsion o‘yin maydon markazida pressing 

Qarshi hujum o‘z jarima maydonida himoya 


111 
Standart vaziyatlar: erkin to‘p kiritish, 
Burchak to‘pi, yon chiqdan to‘p tashlash 
Taktika deganda o‘yinchilarning raqib ustidan g‘alaba qozonishga qaratilgan individual va 
jamoaviy harakatlarini tashkil qilishi, ya'ni jamoa futbolchilarining muayyan rejaga binoan aynan 
shu muayyan raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishiga imkon beradigan birgalikdagi 
harakatlarini tushunish kerak. 
65-rasm Taktikadagi asosiy vazifa hujum va 
himoya harakatlarining maqsadga erishtira oladigan 
eng qulay vosita, usul va shakllarini belgilashdan 
iboratdir.Qanday taktikani tanlash har bir alohida 
holda jamoa oldida turgan vazifalarga, kuchlar 
nisbati va o‘yinchilarning o‘zaro kurashuvchi 
guruhlariga, 
maydonning 
ahvoliga, 
iqlim 
sharoitlarga bog‘liq. 
Taktik tizim – bu har bir o‘yinchining alohida 
xususiyatlari asosida futbol maydonida to‘g‘ri 
joylashtirilgan holda jamoada bo‘lib o‘ynash 
harakatlarini uyushtirish. 
Har taktik tizimning ozmi-ko‘pmi doimiy 
alomatlari bo‘lib, o‘yinchilarning joylashtirilishi va 
o‘yinning qanday usul hamda shaklda olib borilishi, 
shuningdek, 
o‘yinchilarning 
vazifalari 
shular 
jumlasiga kiradi. 
Yuksak darajadagi tezkor texnika, o‘yin maromi va sur'atini boshqara bilish, manyovrchanlik 
bugungi kunda o‘yinchilarning alohida qatorlari orasidagi tafovutni yo‘qotishga yordam beradigan, 
o‘yinchilarni o‘zaro almashib o‘ynashga, ya'ni ularning tayyorgarligini universallash-tirishga imkon 
beradigan individual va texnik xislatlari hisoblanadi.
66-rasm Futbol taktikasi evolyusiyasining 
davom etishi 1+4+4+2 tizimi paydo bo‘lishiga olib 
keldi. Buning xususiyati shundaki, unda o‘rta 
qator to‘rt kishidan iborat bo‘ladi. Bundan 
tashqari, o‘rta qator bilan himoya qatori 
o‘yinchilari o‘rtasida nagruzka bir tekisroq 
taqsimlangan bo‘ladi. 
Nazariy tasavur va taktik mashg‘ulot aniq 
uyin vaziyatlar musobaqalarga yunaltirilgan taktik 
bo‘limlar va qobiliyatlar asoslantirib qo‘llashga 
yo‘naltirilgan Murabiylar matchni aniqlab 
beruvchi ikkala paytda uynchilar qanday xarakat 
imkoniyatlariga ega bulishlari va bu tupni ushlab 
olish payti va tupni yukotish paytidan kanday 
masalalar bilan bog‘lanishlar to‘g‘risida aniq 
tasavurga ega bo‘lishlari lozim. Barcha uyinchilar 
uyinda bu ikki asosiy vaziyatda mashgulotlar 
yordamida tayyor bo‘lishlari lozim o‘z oramizda eng kup uyinchilarga ega bo‘lgan jamoalar 
uyinchilarni quyidagi qobilyatlarga ega bulishlari lozim tupni ushlab olganda tezlik bilan to‘g‘ri 
xarakatlarni amalga oshirish uyin tashkil qilishnidan boshlab to tugagunicha xujum xarakatlari faol 
qatnashish va ular shuningdek tupni yukotgan paytda qanday vazifalarni bajarish lozimligini 
bildiradilar. 
65-rasm 
66-rasm 


112 
Raqibga qarshi kurashayotgan jamoa harakatlaridagi uyushqoqlikka alohida futbolchilar 
o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlash bilan erishiladi.
Hozirgi vaqtda o’yinchilarni vazifalariga ko’ra taqsimlash ular tayyorgarligidagi universallikka 
asoslangan bo’ladi. Bu hamma ishni barcha birdek bajara oladi degan so’z emas, albatta. Ammo har 
bir futbolchi o’yinning hamma texnik usullarini egallagan bo’lishi, hujumda ham, himoyada ham bilib 
harakat qilishi kerak. O’yindagi ayrim vazifalarni esa o’yinchi ayniqsa yaxshi ijro etadigan bo’lishi 
lozim. 
Futbolchilar vazifalariga ko’ra darvozabonlarga, qanot himoyachilari, markaziy himoyachilar, 
o’rta qator o’yinchilari, qanot hujumchilari va markaziy hujumchilarga bo’linadi. 
Har qaysi ixtisos o’yinchilariga bo’lgan talablar va ularning asosiy vazifalarini qisqacha ko’rib 
chiqamiz. 
67-rasm

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish