165
Og’irliklar bilan kuchni tarbiyalash uslubi
46
-
Futbolchilar
trenirovkasida
asosiy
mushak
guruhlari kuchini tarbiyalashda og’ir narsalar
bilan
bajariladigan
mashqlardan
keng
foydalaniladi. 125-rasm Biroq muayyan darajada
jismoniy kamol topgan, jumladan, kuchga ega
bo’lgan malakali futbolchilar bilan ishlaganda,
shtangachilarning klassik harakat mashqlaridan
doimiy sur’atda foydalanish mumkin emas.
Bunda og’irlik miqdori maxsus mushaklar va
mushak guruhlari ishidagi zarur o’zaro aloqani
buzmasligi va harakatning o’ziga xos strukturasini saqlaydigan bo’lishi kerak. Shu munosabat bilan
og’irlashtirilgan belbog’ yoki nimchalardan foydalanish kerak, ularning og’irligi futbolchi
vaznining 3-5%, ya’ni 3-4 kg atrofida bo’lsin. Bunda variantlashtirilgan va qo’shma ta’sir etuvchi
uslublardan foydalangan ma’qul.
47
Variantlashtirilgan uslubning mohiyati og’ir narsalar bilan va ularsiz bajariladigan
mashqlardan eng muvofiq miqdorda galma-gal foydalanishdir. Jumladan, yuqorida aytib o’tilgan 7-
8 sakrashdan iborat mashqlar quyidagi tartibda bajarilishi kerak:
- birinchi seriya – og’ir narsalarsiz 14-16 marta sakrash;
- ikkinchi seriya – og’ir nasalar (3-4 kg li belbog’ yoki nimcha) bilan 14- 16 marta sakrash;
bunda sakrash mashqini bajarishga qo’yiladigan talablarning hammasi to’la saqlab qolinadi
(mashqning koordinasion strukturasini saqlash, poldan depsinishdagi tezkorlik);
- uchinchi seriya – og’ir narsalarsiz 14-16 marta sakrash.
Qo’shimcha ta’sir etuvchi uslubning mohiyati shundaki, jismoniy sifatlarni rivojlantirish
mashqlarni bajarish texnikasini takomillashtirish bilan uzviy bog’liq holda olib boriladi. Futbolda
bu uslubni texnika, taktika va o’yin mashqlarini takomillashtirish jarayonida qo’llash mumkin.
Texnik-taktik harakatlarni bajarayotganda futbolchi vaznining 3-5% iga teng belbog’ yoki
nimchadan foydalaniladi. Tabiiyki, butun trenirovka mobaynida mashqlarning hammasini og’ir
narsalarni qo’llagan holda bajarilishi shart emas. Darsdan ko’zlangan maqsadga qarab
nagruzkalarni ko’paytirish yoki ozaytirish, og’ir narsalar bilan mashq bajarishni mashg’ulotning
boshida, oxirida yoki o’rtasida qo’llash mumkin. Og’ir narsalar hisobiga o’z vaznini orttirib borish
bilan siltanish, harakatda yo’nalishni o’zgartirish va sakrash vaqtida kinetik energiyani oshirish
mumkin. Agar bunda og’ir narsasiz bo’lgani kabi, juda qisqa vaqtda bo’lsa ham, inersiya yengib
o’tilsa, tabiiyki, tezlik-kuch potensiali o’sadi.
Tadqiqotlar maksimal og’irlikning 20% gacha vaznli og’ir narsalar bilan bajariladigan
mashqlarni qo’llash ham dinamik kuchni rivojlantirishga samarali ta’sir etishi mumkin ekanligini
ko’rsatdi. Masalan, futbolchilar o’rta hisobda 100 kg og’irlikdagi yukni ko’tarib o’tira oladilar.
Binobarin, ular uchun eng qulay og’irlik 18-20 kg dir. Bu holda yuk va yuksiz harakat tezligi
oshadi. Harakatni imkoni boricha bor kuch, maksimal tezlik bilan bajarish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: