O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 9,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/193
Sana20.03.2022
Hajmi9,14 Mb.
#502163
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   193
Bog'liq
24 TAEKVONDO-NAZARIYASI-VA-USLUBIYATI

Oyoq bilan zarba berish (chagi)
– to’piqdan pastki qismdan foydalangan holatda hujum 
harakatlarining bajarilishi.
Qo’l bilan zarba berish (chirigi)
– mushtning frontal qismidan foydalanib hujumga o’tish 
harakatlari.
 
 
 
Taekvondo texnikasi ko’p sonli, tizimiga ko’ra turli xildagi usullardan tashkil topgan. 
Taekvondoda har bitta usulni alohidaatamalar bilan nomlashning imkoni mavjud emas.
Usullarning nomlanishi to’g’riligi ularning to’g’ri tushinilishida muhim ahamiyatga ega 
hisoblanadi. 
Shu 
sababli 
usullarning 
nomlanishi 
ularning 
tizimidan 
kelib 
chiqqan 
holatdaamalgaoshiriladi.
Usullarni nomlash uchun quyidagi umumiy qoidalar qabul qilingan:
4. Usullar nomlanishining kelib chiqish qoidalari
 
 


109 
1.
Usulning nomlanishi ikkita yoki uchta qismdan tashkil topgan bo’lishi talab qilinadi.
2.
Bunda birinchi qism usulning alohida qismlarini ifodalaydi, jumladan usulning 
bajarilish davomida tana qismlarining joylashish holatini belgilab beradi. Masalan, 
patanson 
momton makki 
– kaft yordamida o’rta darajada blok qo’yish ma’nosini anglatadi.
3.
Nomlanishning ikkinchi qismi esa nishonning joylashish darajasini belgilab beradi 
(
olgul 
yuqorigi
momton
– o’rta, 
are 
– quyi daraja). Masalan, 
kodiroolgul pakkat chigi – 
qovurg’aga musht yordamida kuchaytirilgan holatda yuqorigi zarba berish.
4.
Nomlashning uchinchi qismi usulning asosiy texnik belgisini ifodalaydi, shuningdek, 
usulning asosiy texnik belgisi nomlanishi, asosiy klassifikatsiya guruhi nomlanishini aks ettiradi.
Masalan, 
makki, chirigi, tirigi, chigi, chagi
ko’rinishida ifodalanadi.
Tananing 
foydalaniluvchi 
qismi
+
Nishon
+
Usulning 
texnik 
belgisi
=
Atama (to’liq 
nomlanish)
 
Nomlanishlarning qisqartirilishidaayrim atamalarning tushirib qoldirilishi vabunda 
nomlanishning umumiy ma’nosi o’zgarmasligi saqlanib qolinadi. Ushbu ko’rinishda, masalan, «
tin 
djumok olgul pakkat chigi
» ko’rinishidagi nomlash o’rnida qisqartirilgan shaklda – «
olgul pakkat 
chigi
» ishlatiladi.
Odatda, so’zlarning nisbatan ko’pligi usul nomlanishning birinchi qismida qayd qilinadi, bu 
qismda, o’z navbatida, texnikaning turli xil alohida qismlari keltiriladi. Ushbu ko’rinishda, masalan 
qo’l yoki oyoqning qismlarini ko’rsatib o’tish uchun 
djumok
– musht, 
palkup 
– tirsak va hokazo 
so’zlaridan foydalanish talab qilinadi, shuningdek, qanday tomoni yoki qanday holatda 
joylashganligini ifodalash uchun – 
an
– ichki, 
pakkat
– tashqi va hokazo atamalardan foydalaniladi. 
Buning uchun bir qancha shartli holatlar belgilangan.
Shunday qilib, sportchi usullarni bajarishi uchun harakatlarning yo’nalishlari va 
boshlang’ich turish holatlarini nomlashda quyidagi ko’rinishda ish tutiladi. Barcha harakatlarni 
belgilashda ularga ularning sportchi tomonidan bajarilishi nuqtai nazaridan yondashiladi: jumladan, 
yuqoriga, o’rtaga, quyiga, oldinga, orqaga, yon tomonlarga, ichki, tashqi, aylanishlar bilan 
birgalikda, qayrilish bilan birgalikda va hokazo nomlashlar qo’llaniladi.
Barcha vaziyatlarda nomlashlarni shunday tartibda tuzib chiqish talab qilinadiki, ya’ni 
bunda umumqabul qilingan atamalar va qoidalardan foydalanish orqali nomlashlarning qisqaligi 
ta’minlanishi, ularning aniqligi va tegishli harakatlar va holatlarni tavsiflab berishi to’liqligi aks 
ettirilishi ta’minlanishi belgilanadi.


110 

Download 9,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish