O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 15,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/297
Sana20.02.2022
Hajmi15,44 Mb.
#460994
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   297
Bog'liq
10 VOLEYBOL-NAZARIYASI-VA-USLUBIYATI

Shakllantiruvchi bоsqich uchun
mashqlarni qo`llaish teхnоlоgiyasi 
 


322 
TO‘P QABUL QILISH MASHQLARI 
To‘p qabul qilish – uzatish mashqlari 
voleybol o‘yini bilan ilk bor tanishish davomida 
tez – tez qayt etiladi. To‘p kiritish usuli o‘ta 
muhim bo‘lsada, (siz to‘p kirita olmasangiz ochko 
ololmaysiz) uni qabul qilish – uzatish 
undanda muhimroqdir. 
To‘pni qabul qilish – uzatish tananing 
muvofiq holatidan boshlanadi. O‘yinchi o‘rtacha 
holatda, tizzalari qisman bukilgan, oyoqlari elka 
kengligida bir tovoni oldinga yo‘naltirilgan 
bo‘lishi kerak. O‘yinchilar kelayotgan to‘pni 
pastdan yoki bosh ustidan uzatadi. O‘yinchilar 
pastdan ham, yuqoridan ham to‘p uzatish 
mashqlarini ijro etishda yaxshi ko‘nikmaga ega 
bo‘lishlari kerak. Agar zaruriyat bo‘lsa, mashqni 
bajarish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritish darkor. To‘pni qabul qilish – uzatish 
quydagi tartibda amalga oshiriladi: Qo‘llarni 
to‘pga tekkazishda, ular yozilgan bo‘lishi ta’lab 
qilinadi.
To‘pni to‘g‘ri nishonga uzatish texnikasini 
ko‘rsatish. Bosh ustidan to‘p uzatish to‘pni 
yo‘nalishiga bog‘liqdir. To‘p uzatuvchi elkasini 
oldinga, qo‘llarini yuzidan pastroq, lekin ko‘zidan 
baland 
tutib 
barmoqlari 
mushaklarini 
taranglashtirib to‘pga to‘qnashtirishi ta’lab 
qilinadi. O‘z o‘yinchilaringizga, ushbu usulni 
bajarishga 
yordam 
berish 
uchun, 
quydagi 
maslaxatdan foydalaning: 
To‘pga qo‘llarni to‘qnashtirish, to‘pni baland 
pastligi, yo‘nalishi, tezligi va oralig‘i e’tiborga 
olinishi kerak. 
Muayyan va aniq vaziyatlarda to‘pni uchish 
tezligi, yo‘nalishi va balandligiga qarab to‘pni 
qabul qilish uchun maqsadli harakatlanish hamda 
o‘z vaqtida joy tanlash (to‘pga chiqish) hal 
qiluvchi omil bo‘lib, foydali natija kafolatidir. Har 
bir aniq o‘yin vaziyatida to‘p tezligi, balandligi va 
yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa talablariga mos 
bo‘lmog‘i kerak. 
To‘pni qabul qilish – himoya harakatlarining 
maqsadli – raqib xujumini bartaraf etishga 
qaratiladi. 
Asosiysi 
– 
to‘pni 
o‘ 
maydoniga tushirmaslik va xatoga yo‘l 
qo‘ymaslikdir.
1
Bu jarayonda jamoa quyidagi vazifalarni 
hal qilish lozim: 
-
raqibga to‘p kiritishdan ochko 
bermaslik; 
-
raqib tomonidan samarali xujum 
tashkil qilishiga halaqit berish; 
-
o‘z maydoniga to‘p tushishiga yo‘l 
qo‘ymaslik va qarshi xujumni samarali 
tashkil qilish; 
-
to‘siq qo‘yishda, qo‘riqlashda va 
himoyada doimo faol 
harakatlanish 
evaziga raqib xujumini bartaraf etish; 
Jamoaning 
himoya 
harakatlarini 
maqsadli tashkil qilish andozasi oldindan 
o‘z 
o‘yinchilari 
imkoniyatlari 
va 
raqibning o‘yin taktikasiga qarab ishlb 
chiqilishi 
hamda 
mukammal 
mashqlantirilishi darkor. 
Himoyada o‘ynash xujumda o‘yin kabi 
individual, guruh va jamoa harakatlaridan 
tarkib topadi. 
1
Teri Clemens,Jenny McDowell. The volleyball 
drill 
book//125 
technical 
and 
tactical 
drills/American 
volleyball 
coaches
association.2012.-239s.(
31bet)


323 
To‘p qabul qilishda o‘yinchining to‘psiz harakati. To‘p qabul qilish uchun joy tanlash birinchi 
navbatda maydon joylashish andozasini e’tiborga olish bilan bog‘liqdir. To‘p qabul qiluvchi 
o‘yinchi o‘z jamoadoshlariga halaqit bermagan holda to‘pni uchish tezligi, yo‘nalishi va 
balandligiga qarab qulay nuqtani egallashi darkor. Masalan, raqib to‘pni to‘rdan 3-5 m oldinga 
kiritdi; 5-nchi zona o‘yinchisi bu joydan taxminan 5 m. uzoqlikda joylashgan: demak bu o‘yinchi 
oldinroqqa tezkor harakatlanishi lozim; agar to‘p orqa chiziq atrofiga kiritiladigan bo‘lsa, demak u 
orqaroqqa harakatlanishi kerak (7-8m). 
Mashqlar. 
1.
Qo‘l – bilan – barmoqlarning taqlidiy harakati o‘rganiladi; keyin unga osilgan to‘pni qabul 
qilish – uzatish mashqi qo‘llaniladi; qo‘l va oyoqlarning bukilishi-yozilishi barobar amalga 
oshirilishi lozim. Bu mashq har xil harakatlanish va har xil joylardan bajariladi.
2.
SHerik tomonidan tashlangan to‘pni qabul qilish. Oraliq 2-3 m. va bu oraliq 10-15 m. gacha 
uzaytirilib beriladi. 
3.
Devor oldida; oyoq va qo‘lni barobar bukib-yozib to‘pni pastdan va yuyuqoridan amalga 
oshiriladi; keyin shu mashq oldinga-orqaga, o‘ng va chap tomonga harakatlanib bajariladi. 
Ko‘rsatma: 1. To‘pni pastdan qabul qilish; to‘p bir qo‘l bilan devorga zarb bilan uzatiladi.
1
2. To‘pni 6chi zonada qabul qilish, to‘p to‘r ustidan sharik tomonidan
tashlanadi. 
Tayyorlov mashqlarini muntazam qo‘llash va yondashtiruvchi mashqlarni mukammal o‘zlashtirib 
borish kiritiladigan to‘pni qabul qilish mahoratini mustahkam egallash imkoniyatini yaratadi. 
Texnik mashqlar. 
Dastlabki tayyorgarlik bosqichida kiritiladigan to‘pni pastdan qabul qilishga o‘rgatiladi. To‘p 
kiritish avval pastdan to‘g‘ri turib, keyin yuqoridan bajariladi. To‘p kiritish nishonlar (Obruch, 
zonalar yoki ma’lum nuqtalar va h) bo‘ylab bajarilishi darkor.
-
6-nchi zonaga kiritiladigan to‘pni xujum chizig‘i oldida qabul qilib, 3-nchi zonaga uzatish. 
Keyin to‘p uzatish 5-nchi va 1-nchi zonalar bo‘ylab bajariladi. To‘p 3chi zonaga uzatilati. To‘p 
kiritish avval 4-6m. dan, taxminan 6chi zonadan amalga oshiriladi; kiritilayotgan to‘p to‘rdan 7-8m. 
uzoqlikda qabul qilinadi. Bu mashqlarni bajarishda qabul qilinadigan to‘p 2chi va 4chi zonalarga 
uzatiladi. 
-
SHug‘ullanuvchilar pastdan va yuqoridan to‘g‘ri turib to‘p kiritish hamda bunday to‘larni 
qabul qilishni mukammal o‘zlashtirganlaridan so‘ng, yonlama to‘p kiritish va yugurib kelib sakrab 
zarb bilan to‘p kiritishlarni qabul qilish mashqlariga o‘tiladi. Faqat sakrab to‘p kiritish malakasi 
boshqa to‘p kiritish usullarini yaxshi o‘zlashtirib so‘ng mashqlantiriladi. 
1.
Juftlik mashqlari: voleybolchilar 8-10m. oraliqda joylashadi; ularning biri goh yonlanma, goh 
sakrab to‘p kiritadi (to‘r orqali emas); ikkinchi to‘pni qabul qilib, sherigiga ochiq uzatadi. Keyin 
shu mashq to‘r ustidan bajariladi; kiritilayotgan to‘p maydonning orqa chizig‘i atrofida qabul 
qilinadi. 
2.
Har bir o‘yinchi bir gal to‘pni pastdan, bir gal yuqoridan kiritadi; shug‘ullanuvchilar 1, 6, 5-
nchi zonalarda va 2, 3, 4-nchi zonalarda joylashadi, qolgan voleybolchilar maydonning boshqa 
tomonidagi orqa chiziq ortida joylashadi; birinchi mashq seriyasi – kiritilayotgan to‘pni qabul qilish 
va 3-nchi zonaga uzatish; keyin 2-nchi zonaga; 4-nchi zonaga. 
1
Clemens,Jenny McDowell. The volleyball drill book//125 technical and tactical drills/American volleyball coaches
association.2012.-239s.(
33) 


324 
SHu zonalarda joylashgan o‘yinchilar to‘pni o‘z ustiga oshiradi-iladi va to‘pni qaytaradi; keyin 4-6 
urinishdan so‘ng o‘yinchilar o‘z joylarini almashadi; ushbu mashqlar seriyalari tugashi bilan 
guruhlar rollari bilan almashinadi. 
Voleybol amaliyotida kiritilayotgan to‘plarni, xujumdan yoo‘naltirilgan yoki to‘siqdan sapchib 
maydonga tushayotgan to‘plarniyiqilib qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday usullarga o‘ratishda 
akrobatik mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq – ko‘krak ilan sirg‘anib yiqilish, umboloq 
oshish va h., to‘ldirma to‘plarni qo‘llash. SHu kabi mashqlar o‘zlashtirilganidan so‘ng to‘p bilan 
mashq qilishga o‘tish lozim. 
BIR DAQIQA – YUTISH UCHUN TO‘P UZATISH 
Maqsadi 
Oyoqlar holati almashinuvining foizini yaxshilash. 
Mo‘ljal 
Mashq bir vaqtning o‘zida to‘rning ikkala tomonlarida o‘tilishi mumkin. To‘rning har bir tomonida 
uchta to‘p qabul qiluvchi va bitta to‘p uzatuvchi o‘yinchilar joylashadilar. Trener yoki to‘p 
etkazuvchilar va to‘plar solinadigan savat maydon tashqarisida to‘p uzatuvchidan nariroqda 
joylashadilar. Trener vaqt (taymer)ni 3 minutga belgilaydi. 
Mashqni qo‘llash 
1.
Trener to‘pni to‘r ortidan to‘p qabul qiluvchilarga uzatadi. 
2.
To‘p qabul qiluvchilar to‘pning nomeri 
3.
ni e’lon qilib: 3 – to‘pni uzatuvchining harakatisiz elkasi yoki yuqori to‘p uzatishi bilan; 2 – 
to‘p uzatuvchidan ikki qadam oralig‘ida to‘p uzatish bilan; 1 – to‘p uzatuvchining o‘zi to‘pni qabul 
qilishga chiqib to‘p uzatishi bilan; 0 – to‘p uzatuvchi to‘pni uzata olmagan vaziyatda joy almashish 
yoki “eys”. 
4.
To‘p uzatuvchi to‘pni ilib, savat oldida joylashgan yordamchiga irg‘itib berish. 
5.
Belgilangan vaqt ichida har ikkala tomon o‘yinni davom ettiradi. Ko‘p ochkoni qo‘lga kiritish 
uchun o‘yinchilar harakatlanishga o‘tadi. Ko‘proq ochkoni to‘plagan tomon raundda g‘olib bo‘ladi. 
6.
SHu mashqni yangi yoki shu jamoalarning o‘zi uchtadan ikkitasi yoki beshtadan uchtasi 
o‘ynashi mumkin. 
Bandlarni mashq qilish 


Download 15,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish