O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


Murakkab reaksiya tezkorligini tarbiyalash



Download 15,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/297
Sana20.02.2022
Hajmi15,44 Mb.
#460994
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   297
Bog'liq
10 VOLEYBOL-NAZARIYASI-VA-USLUBIYATI

Murakkab reaksiya tezkorligini tarbiyalash
.
Murakkab reaksiyaning ikki xili, ya’ni 
harakatdagi obyektga bo‘ladigan reaksiya va tanlaish reaksiyasi ustida to‘xtalib o‘tamiz. 
Harakatdagi obyektga bo‘ladigan reaksiyada to‘p qabul qiluvchi o‘yinchining harakatlarini 
ko‘rib chiqaylik. Bu holda o‘yinchi quyidagilarni bajarishi kerak:
1) to‘pni ko‘rish; 
2) to‘pning yo‘nalishini va uning uchish tezligini baholash; 
3) bajariladigan amal rejasini tanlaish; 
4) bu rejani ro‘yobga chiqara boshlaish. Mazkur holda reaksiyaning Yaishirin davri mana 
Shu to‘rt elementdan tashkil topadi. Harakatdagi obyekt
to‘satdan paydo bo‘lganda, bu obyektga 
reaksiya ko‘rsatish 0,25 sek. - 1 sek. vaqtni oladi. Bu vaqtning asosiy qismi birinchi elementga, 
ya’ni to‘pni tez ko‘rib olishga sarf bo‘lishi tajribalarda kuzatilgan. Sensor fazaning o‘ziga juda kam 
- 0,05 sek. vaqt ketadi. Shunday qilib, harakat qilayotgan to‘pni ko‘ra bilish asosiy ahamiyatga ega. 
Aynan mana Shu qobiliyatni o‘stirishga alohida e’tibor berish kerak. 
Buning uchun harakatdagi 
buyumga reaksiya ko‘rsatishga doir mashqlardan foydalaniladi; trenirovka talablari harakatdagi 
buyumning tezligini oshirish, obyektning to‘satdan paydo bo‘lishi, sportchi bilan buyum o‘rtasidagi 
masofani qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi
. Kichik to‘p (tennis to‘pi) bilan bajariladigan 
harakatli o‘yinlar juda foydalidir. Obyekt (jumladan, o‘yindagi to‘p) siljiy boshlaguncha ko‘rib 
qolingan bo‘lsa, reaksiya vaqti ancha kamayadi. Bunda to‘pga zarb berayotgan o‘yinchining 
harakatlariga binoan to‘pning yo‘nalishini va uchish tezligini aniqlay bilish katta ahamiyatga ega. 
Harakatdagi obyektga reaksiya ko‘rsatishning aniqligi Shu reaksiya tezligini o‘stirish bilan 
parallel ravishda takomillashtirib boriladi. Faqat dastlabki bir necha mashg‘ulotnigina reaksiya 
aniqligini rivojlantirishga maxsus ajratish
kerak. Bunda Shug‘ullanuvchilarga harakatdagi 
obyektdan ildamroq harakat qilish zarurligini tushuntirish lozim. 
Tanlaish reaksiyasi raqib hatti-harakatlarining yoki tevarak-atrofdagi Sharoitning 
o‘zgarishiga muvofiq ravishda mumkin bo‘lgan harakatlantiruvchi javoblardan keragini tanlab olish 
bilan bog‘liq. Tanlaish reaksiyasining murakkabligi Sharoitning o‘zgarish imkoniyatlari rang-
barangligiga, chunonchi, raqibning xilma-xil harakat qilishiga bog‘liq. Voleybolchilarning 
murakkab reaksiyasiga bo‘lgan talab nihoyatda katta. 



223 
«Murakkab reaksiyani tarbiyalashda» oddiydan murakkabga degan pedagogik tamoyilga 
rioYa qilinib, Sharoitning mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari soni asta-sekin oshira boriladi. Masalan, 
dastlab oldindan kelishib olingan zarbga 
javoban qanday himoyalanish kerakligi o‘rgatiladi; keyinchalik Shug‘ullanuvchiga ehtimol tutilgan 
ikki xil usuldan biriga, so‘ng uch xildan biriga, to‘rt xildan biriga va hokazo javob berish tavsiya 
qilinadi. Asta-sekin bu maishq haqiqiy Sharoitga Yaqinlaishtirib boriladi. 

Download 15,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish