Хo’jalik operatsiyasining mazmuni
|
Summa
(so’m)
|
21-son BHMS bo’yicha
hisobvaraqlar
korrespondensiyasi
|
debet
|
Kredit
|
2009 yil uchun qo’shimcha hisoblangan foyda solig’i aks ettirildi
|
900 000
|
8710
|
6410
|
Hisobot davrida byudjetga to’lanadigan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i summasi kamaytirildi
|
72 000
|
6410
|
8710
|
2011 yil uchun qo’shimcha hisoblangan soliq bo’yicha penya summasi aks ettirildi (67 kun)
|
27 738
|
8710
|
6410
|
2012 yil uchun qo’shimcha hisoblangan soliq bo’yicha penya summasi aks ettirildi (115 kun)
|
39420
|
9430
|
6410
|
Kompensatsiya miqdorlarini belgilash chog’ida xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanganlik uchun kompensatsiya to’lash tartibiga (Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 2 apreldagi 154-son qaroriga 3-ilova) amal qilish kerak. Mazkur tartibda to’lovning chegaralangan me’yorlari belgilangan.
Kompensatsiya summasi hisoblanganda avtomobilning rusumiga qarab, eng kam ish haqiga karrali miqdordan kelib chiqib, bir oy uchun to’lov me’yorlari hisobga olingan. Ular:
GAZ-24, 31 uchun - EKIHning 6 baravari;
VAZ, Neksiya, Moskvich uchun - EKIHning 5 baravari;
Тiko uchun - EKIHning 3 baravari;
boshqa xorijiy rusumlar uchun - EKIHning 4 baravarini tashkil qilgan.
Mazkur ro’yxatda ko’rsatilmagan rusumlardagi avtomobillar bo’yicha korxonalar kompensatsiya summasini mustaqil ravishda (xodim bilan kelishib), yonilg’i-moylash materiallarini xarid qilish, texnik xizmat ko’rsatish xarajatlaridan, bir oydagi avtomobil amortizatsiyasi summasidan kelib chiqib belgilaganlar.
2011 yilda Prezidentning 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-1449-son qarori (32-ilova) bilan kompensatsiya to’lashning chegaralangan summalari avtomobil dvigatelining quvvatiga bog’liq holda (uning rusumidan qat’i nazar) quyidagicha belgilandi:
100 ot kuchidan yuqori - bir oy uchun eng kam ish haqining 4,5 baravari;
70 dan 100 ot kuchigacha - EKIHning 3,5 baravari;
70 ot kuchigacha - EKIHning 2 baravari.
Dvigatelning quvvati ishlab chiqaruvchi zavodning hujjatlarida, texnik pasportda ko’rsatiladigan avtomobilning texnik ma’lumotlari bo’yicha belgilanadi. Shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya oluvchi xodim buxgalteriyaga texnik pasport nusxasini taqdim etishi shart. Masalan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobillar dvigatel quvvatining quyidagi parametrlariga (ot kuchida) egalar:
Matiz
|
Epica
|
Spark
|
Nexia
|
M, MX
|
BEST
|
LS
|
LT
|
L, LS
|
LT
|
SOHC
1.5
|
DOHC
1.6
|
49
|
62
|
143
|
156
|
68
|
81
|
75
|
108
|
Captiva LTZ (AT)
|
Lacetti
|
Damas
|
Tico
|
230
|
121
|
38
|
41
|
Rossiyada ishlab chiqarilgan ayrim avtomobillar bo’yicha dvigatelning ot kuchidagi quvvati quyidagilarni tashkil qiladi:
VAZ
|
GAZ
|
Moskvich
|
2107
|
2110
|
Niva
|
31
|
24
|
407 1.4
|
72
|
69
|
80
|
150
|
98
|
45
|
Тegishincha, EKIH 49 735 so’m bo’lganda Lacetti avtomobilidan foydalanganlik uchun kompensatsiyani to’lash me’yori oyiga 223 807,5 so’mni tashkil qiladi va hokazo.
Korxona o’zining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, kompensatsiyani belgilangan me’yorlardan oshadigan miqdorlarda to’lashi mumkin. Biroq ushbu holda korxonaning o’zi uchun ham (foyda solig’i bo’yicha), kompensatsiya oluvchi uchun ham (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha) soliq oqibatlari yuzaga keladi. Me’yorlardan ortiqcha to’lov summasi soliq solinadigan foydani belgilayotganda xodimning chegirilmaydigan xarajati (Soliq kodeksi 147-moddasining 11-bandi, bundan keyin - SK) va soliq solinadigan daromadi (SK 174-moddasining 11-bandi) hisoblanadi. Me’yorlar doirasidagi summalar korxonaning chegiriladigan daromadi hisoblanadi (SK 145-moddasining 15-bandi) va xodimning daromadi deb tan olinmaydi (SK 171-moddasi ikkinchi qismining 8-bandi).Me’yor doirasida va undan oshadigan kompensatsiya summasiga yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari solinmaydi. Shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun xodimga to’lanadigan kompensatsiyaning aniq miqdori rahbarning tegishli buyrug’i bilan belgilanadi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |