MISOL. Тoshkent shahrida joylashgan umumiy maydoni 60 kv.m bo’lgan 2-xonalik uyga ijara haqi 150 ming so’m qilib belgilangan.
Bu yerda jismoniy shaxslarning uyini ijaraga berishdan oladigan daromadiga soliq solish quyidagicha bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-son qarori bilan ijara haqi stavkalarining eng kam me’yorlari belgilab qo’yilgan. Shunga ko’ra, Тoshkent shahrida jismoniy shaxslar uyni ijaraga berganda ijara haqi 1 kv.m uchun 3 000 so’mdan kam bo’lmasligi belgilangan. Demak, bunda soliq solinadigan baza 150 000 so’m emas, balki 180 000 (60 x 3 000) so’m bo’lishi va, o’z navbatida, byudjetga to’lanishi kerak bo’lgan soliq summasi 16 200 (180 000 x 9%) so’m bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |