O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 5,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet170/216
Sana17.12.2022
Hajmi5,27 Kb.
#889729
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   216
Bog'liq
UMUMIY-PSIXOLOGIYA

harakat dasturi 
va
 maqsad.
 Harakat dasturi maqsadga erishishing vositalariga aniqlik 
kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqlashi 
kerak, aks holda dastur xech narsa bermaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi 
tarbiyalash va undan ideallaridagi shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og’ir 
tarbiyaviy shartlarni qo’yadilar, bola erkinligi bo’g’iladi, u qat’iy nazorat muhitida ushlanadi. 
Oqibatda bola keyinchalik boshqarib bo’lmaydigan, qaysar, uncha-muncha tashqi ta’sirga 
berilmaydigan bo’lib qolib, har qanday boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo’lib qoladi. 
Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, extiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va 
unga yetish vositalari aniq bo’lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo’ladi. 
Xozirgi zamon psixologiyasida faoliyat, jarayon va xulq-atvorninng faol boshqarilishi 
teskari aloqa apparatining ishlashini taqozo etadi (P.K.Anoxin, L.N.Bernshteyn va boshqalar). 
Teskari aloqa tushunchasi kibernetika, fiziologiya, psixologiya fanlarida keng ko‘lamda qo‘llanilib 
kelinmoqda. Teskari aloqa psixologiya bilan fiziologiya fanlarida xar bir javob xdrakati xal 
kilinayotgan vazifa (muammo) miyada baxolanilishi tushuniladi. P.K.Anoxin nuqtai nazaricha, 
organizmda muayyan sikl bilan ish bajaruvchi yaxlit sistema mavjud. Mazkur sistemada markazdan 
javob xarakatiga buyruq berilishining birorta xam lahzasi teskari yo‘nalishda (periferiyadan 
markazga karab) xarakatning natijasi xakida zudlik bilan axborot (teskari aloqa) yuborilmaguncha 
tugallanmaydi. Teskari aloqa apparati (sistemasi) yordami bilan organizm o‘z xarakatining 
natijasini obraz (timsol) bilan taqqoslab ko‘radi. A.N.Bernshteyn talqinicha, natijaga nisbatan 
obraz oldinrok paydo bo‘ladi, voqelikning o‘ziga xos modeli tarzida uning yuz berishi to‘g‘risida 
oldindan (ilgarilab ketib) axborot, xabar, ma’lumot beradi («bashorat extimolligi» nazariyasi).
42
 
P.K.Anoxin va A.N.Bernshteyn nazariyalariga asoslangap xolda psixikaning mavjudligi 
xarakatning izchil dasturini (programmasini) tuzish, oldiniga ichki rejada ish bajarish, xulq-
atvordagi ehtimol ko‘rinishlarini tanlash, bosqichlarini amalga oshirish tufayli xarakat qilish imkoni 
tug‘iladi. 
Tabiatshuios olimlarning mulohazalaricha, biologik evolyusiya jarayonida shaxs psixikasi 
xulq-atvorni boshqarishning alohida apparati tarzida paydo buladi, sifat jihatidan o‘zgarib boradi. 
Ijtimoiy muhit, shaxslararo munosabat, jamoaviy, oilaviy turmush (xayot) qonunlari, qonuniyatlari 
ta’siri ostida odamlar shaxsga aylana boshlaydi (ijti-moiylashuv natijasida), ularning xar birida 
mikromuxitning, kamol topgan tarixiy sharoitning izlari o‘z aksini koldiradi. Umumiylik (et-nik) 
bilan xususiylik (shaxslilik) urtasida o‘zaro uygunlik xukm sursa-da, lekin aloxida olingan 
insonning xulk-atvori, xatti-xarakatlari shaxeiy xususiyat kasb etadi. 
Yuqorida keltirilgan misollar turlicha ob’ektlarga taalluqli bo‘lishiga qaramay, ularda 
harakatning maqsadi yagonadir. Ob’ektlarning turlicha ekanligi sa’i-harakatlarning oldiga va 
mushak faoliyati tuzilishiga har xil talablarni, tizimni qo‘yadi. Ushbu voqelik rus olimlari 
P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn, E.A.Asratyanlarning tadqiqotlarida dalillab berilgan. Ularning 
umumiy mulohazalariga qaraganda, mushaklarning faoliyati sa’i-harakat vazifasi bilan emas, balki 
42
G’oziyev E.G’. Umumiy psixologiya. -T. O’qituvchi. 2010 y- 63 b 


162 
mazkur sa’i-harakat ro‘y beradigan shart- sharoitlar bilan boshqarilishi mumkin. Mushaklar bu 
o‘rinda sa’i-harakatlarning yo‘nalishini va tezligini ta’minlash uchun xizmat qiladi, har xil 
qarshiliklarni (hajm, kuch, vazn ta’siri) muayyan darajada susaytiradi. 
Sa’iharakatlarning amalga oshirilishi beo‘xtov ravishda nazorat qilinadi, uning mahsulasi 
harakatning pirovard maqsadi bilan qiyoslanadi va unga ayrim tuzatishlar kiritiladi, xuddi shu 
tarzda boshqaruv betinim takrorlanaveradi, harakatni nazorat qilish jarayoni esa sezgi a’zolari 
yordami bilan vujudga keladi. Sa’i-harakatning sensor (sezgi a’zolari yordamida) nazorat qilishning 
isboti uning oynadagi o‘z aksiga qarab chizishda o‘z ifodasini topadi. Ma’lumki, oynada qalamning 
odam qo‘li harakat yo‘nalishi bo‘yicha emas, balki qarama-qarshi tomonga harakatlanayotganday 
tuyuladi. Inson ko‘rish orqali mashqlanishi tufayli ma’lumotlardan foydalanish bilan harakatni 
muvofiqlashtirishni uddalaydi. 
Sa’iharakatlarning nazorat qilish jarayoni va ularni boshqarish teskari aloqa prinsipiga 
binoan ro‘yobga chiqadi. Ushbu hodisani amalga oshish imkoniyati quyidagi omillarga bevosita 
bog‘liq holda kechadi: a) sezgi a’zolari aloqa kanali vazifasini bajargan taqdirda; b) ular axborot 
manbai sifatida harakat rolini o‘ynaganda; v) sa’i-harakatlarni aks ettiruvchi alomatlar bu jarayonda 
xabar etkazuvchi sifatida qatnashganida va boshqalar. Ta’kidlab o‘tilgan omillar orqali amalga 
oshadigan teskari aloqaning bunday shaklini (ko‘rinishini) rus tadqiqotchi P.K.Anoxin teskari 
afferentatsiya deb atagan. Afferentatsiya (lotincha afforens keltiruvchi degan ma’no anglatadi) 
hamda tashqi qo‘zg‘atuvchilardan, hamda ichki organlardan, axborotni qabul qiluvchi hissiy 
a’zolardan markaziy nerv sistemasiga kelib tushuvchi nerv impulslarining doimiy oqimini bildiradi. 
To‘g‘ri aloqa- axborotlarining tashqaridan kirib borishini anglatib kelsa, teskari afferentatsiya uning 
aks holatini aks ettiradi. Sa’i-harakatlarning hammasi ham organlarning faoliyatini tushuntirish 
uchun xizmat qiladi va nazorat (boshqaruv) jarayoni qanday kechishini tahlil etish imkoniyatiga 
ega. 
Narsaga yo‘naltirilgan harakatning ishga tushishi muayyan bir tizimga taalluqli sa’i 
haraktlarning natijaga (maxsulaga) erishishni ta’minlash bilan cheklanib qolmaydi. Balki u 
(harakat), birinchidan, sa’i-harakatlarning maxsulasiga mos ravishda, ikkinchidan, harakatlar 
ob’ektning xususiyatlariga mutanosiblikda, uchinchidan, sa’i-harakatlarni hissiy nazorat qilishni 
amalga oshirgan yo‘sinda ularga ba’zi bir tuzatishlar kiritadi. Ushbu jarayonni osonroq tushunish 
uchun uning negizi: a)tashqi muhitning holati, b)muhitda harakatlarning vujudga kelishi, v)natijalar 
(maxsulalar) to‘g‘risida miyaga axborot beruvchi hissiy mo‘ljallarni egallash mujassamlashtiradi. 
Masalan, xaydovchi avtobusni to‘xtatish tepkisini bosish kuchini, uning harakati tezligi, shoh 
ko‘chaning holati, avtobusning vazni, harakat qatnovi, piyodalar gavjumligi bilan so‘zsiz 
moslashtiradi. 
Holbuki shunday ekan, faoliyat tarkibiga kiruvchi sa’i-harakatlar tizimi oxir oqibatda 
mazkur harakatning maqsadi bilan nazorat qilinadi, baholanadi va to‘g‘rilab turiladi. Maqsad 
miyada faoliyatning bo‘lg‘usi maxsulasining timsoli, o‘zgaruvchan andazasi tarzida vujudga kelishi 
mumkin. Ezgu niyatga aylangan bo‘lg‘usi andoza bilan haraktning amaliy natijasi qiyoslanadi, o‘z 
navbatida andoza sa’i-harakatni yo‘naltirib turadi. Ana shu holatning turlicha psixofiziologik 
talqinlari mavjud bo‘lib, ular «bo‘lg‘usi harakat modellari», «sa’i-harakat dasturi», «maqsadning 
dasturi», «miyada harakatning o‘zi oldindan hosil qiladigan andozalari» singari tushunchalarda o‘z 
ifodasini topadi. Jumladan, ularning eng muhimlari: «harakat akseptori» va «ilgarilab aks ettirish» 
(P.K.Anoxin), «harakatlantiruvchi vazifa» va «bo‘lg‘usi ehtiyoj andozasi» (N.A.Bernshteyn), 
«zaruriy mohiyat» va «kelajak andozasi» (Mittelshtedt, U.Eshbi) va boshqalar. Sanab o‘tilgan 
tadqiqotchilarning talqinlari ilmiy faraz (taxmin) tarzida berilganligi tufayli ular miyada qanday aks 
etilishi mumkinligini mukammal bilishga qodir emasmiz. Lekin ularning miyada ilgarilab aks 
ettirish to‘g‘risidagi mulohazalari, bu borada tasavvurlarning yaratilishi psixologiya fani uchun 
ijobiy ilmiy voqelik bo‘lib hisoblanadi. 

Download 5,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish