179
7
mavzu. Xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan amaliy maktab
psixologlarining ish mazmuni va ularning tadqiqotchilik xususiyatlari
Reja:
3.
Maktab psixologining faoliyat dasturi.
4.
Ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirishda amaliy psixologning roli.
Psixologik xizmatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy o‘rta ta’lim
maktabida quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi:
1. Bolalarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan to‘laqonli
rivojlanishini ta’minlash, ularda o‘z-o‘zini tarbiyalash va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish:
2. Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik- pedagogik o‘rganilishini
taminlash:
3. Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz berishi mumkin
bo‘lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish.
Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog ma’muriyatga ularning faoliyat doirasiga nimalar
kirmasligini,mo‘jizalar ko‘rsatish uning qo‘lidan kelmasligini tushuntirishi lozim.
Maslahat berish – psixologik xizmatning asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Lekin psixologik
maslahat o‘zi nimaligi haqida yagona tushuncha yo‘q. Psixolog aniq o‘quv muassasasidagi
o‘qituvchilar va o‘quvchilar orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlarini rivojlanadigan
ijtimoiy muhitning ichida bo‘ladi. U har bir o‘kuvchi yoki o‘qituvchining o‘zinigina emas,
shaxslararo munosabatning murakkab sistemasini ham ko‘radi, boshqa ish
turlari bilan birgalikda
vaziyatni hal qiladi.
Yuqoridagi usulda ish olib borganda psixolog va o‘kituvchi o‘z sohasini yaxshi biluvchi
mutahassislar sifatida namoyon bo‘ladi.
1. O‘quvchi muammolari bo‘yicha ularning hamkorligi bilimlarining birikuviga imkon
beradi va muammolarni hal qilish uchun keng ijodiy imkoniyatlar yaratadi.
Maslahat berishning
asosiy ahamiyati ana shunda.
2. Psixolog o‘quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqishi, mayli,
ilk iqtidori kabilarni o‘rganadi, mutaxassis va etuk shaxs sifatida shakllanishiga yordam ko‘rsatadi.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar, hunar bilim yurti tinglovchilari yangi tipdagi
maktab, oliy o‘quv yurti talabalarida uchraydigan o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini egallashdagi
nuqsonlar xulq-atvordagi kamchiliklar, intellektual tarqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlarni
diagnostika qiladi.
4. Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishlagi
nuqsonlar xilma-
xilligini hisobga olgan holda differensial diagnostikani amalga oshiradi. Assotsial xulq-atvor
sabablarini va shakllarini belgilaydi. Giyohvandlik va taksionmanlik,
alkogolizm, o‘g‘rilik,
daydilikning ijtimoiy psixologik ildizlarini tekshiradi, omillarni tahlil qiladi.