94
uning kasb tanlashida, kelajagini, hayot yo’nalishini to’g’ri belgilashda ota-ona va o’qituvchilarni
xizmati katta bo’ladi.
4) Talabalar psixologiyasi. Professor E.G’oziyevning ta’kidlashicha, “...o’quv yili boshida
talabadagi ko’tarinki kayfiyat, oliy o’quv yurtiga kirganidan zavq-shavq tuyg’usi kuzatilsa,
ta’limning shart-sharoiti, mazmuni, mohiyati, kun tartibi, muayyan qonun va qoidalari bilan
yaqindan tanishish natijasida uning ruhiyatida keskin tushkunlik ro’y beradi, ...uning ruhiy
dunyosida umidsizlik, ruhiy parokandalik kayfiyati, ya’ni istiqbolga ishonchsizlik, ikkilanish,
hadiksirash kabi salbiy his-tuyg’ular namoyon bo’ladi”
20
. Natijada talabalarda ichki, shaxslararo va
“talaba – o’qituvchi” konfliktlari kelib chiqadi. E.G’oziyev va o’z kuzatishlarimizda shu narsa
aniqlandiki, yuqorida bayon etilgan holat uzoq davom etmaydi, 3-6 oy davomida talabalarning
ko’pchilik qismi oliy maktab sharoitiga moslashadilar.
Yana bir konflikt manbai, bu ham bo’lsa yuqori kurslarda (3-4 kurslarda) talabalarning
(ayniqsa, ba’zi bir yigitlarning) “endi yuqori kursda o’qiyapman, o’qimasam ham bo’ladi” deb
bo’shashib qolishlari bilan bog’liq. Bundaylarning ba’zilari universitetdan haydalayotganda
vaziyatning nihoyatda jiddiyligini tushunib qoladilar.
“Qush uyasida ko’rganini qiladi”. Bu maqol hamma davrlarda ham o’z dolzarbligini
yo’qotgan emas. Farzandlar ota-onaga o’xshashga harakat qiladilar, ota-onalar esa o’zlari bilib yoki
bilmasdan o’z xarakter xususiyatlarini, orzu-havaslarini farzandlariga singdirib boradilar.
Bolalar-chi, ular ota-onalaridan nimalarni oladilar va uni qanday oladilar?
Amerikalik psixolog, psixoterapevt Erix Bernning fikricha, individ olamga kelib o’sib,
rivojlanar ekan, u atrofda, ayniqsa, oiladagi ijtimoiy munosabatlarni diqqat bilan kuzatadi (har kuni
ko’z oldida yurgan kishilarni kuzatmasdan iloji ham yo’q), bola atrofdagilardan, ayniqsa, qiz bola
onasidan, o’g’il bola otasidan hayot tarzini, o’zaro munosabat va muloqot tajribasini to’plab boradi.
Yaqin odamlari: otasi va onasining xatti-harakati, gap-so’zi, hulq-atvori, oiladagi va atrofdagi
kishilar bilan munosabatlari o’sib rivojlanayotgan bolaning, o’smirning, yigitning (qizning) ongida,
ong ostida mustahkamlanib boradi.
Oilada shakllangan odatlar, hayotiy tasavvurlar – “hayot stenariysi” shaxsning ong ostida
mustahkamlanib, uning keyingi hayotidagi xatti-harakatida, xulq-atvorida namoyon bo’ladi. Oilada
to’plangan ijtimoiy tajriba va bilimlarning shaxsning keyingi hayotidagi o’rni juda katta, ammo
ba’zi bir ilmiy-tadqiqotlar va shaxsiy kuzatuvlarimizga asoslanib shuni aytish mumkin, axloqiy va
psixologik muhit salbiy oilalardan ham odobli, mehnatsevar, do’stlariga sodiq va bolajon insonlar
yetishib chiqqani haqida ma’lumotlar ko’p.
Psixokorreksiya
Do'stlaringiz bilan baham: