92
(sindromlarini) farqlaydi.
1.
Yakkalikdan qo’rquvchilar
. Bundaylar yakka qolib, o’zini yo’qotib qo’yadi, nima
qilishni bilmaydi, zerikadi.
2.
O’ziga o’ta past baho berish natijasida kelib chiqadigan ichki ruhiy konflikt
. Bundan
yosh yoki katta kishining nazarida “uni hyech kim hurmat qilmaydi”, “u o’ta qobiliyatsiz (omadsiz,
zerikarli va hokozolar) shaxs”. Shuning uchun ham u odamlar bilan muloqotdan qochadi. Bunday
holat ba’zan qobiliyatli kishilarda ham bo’lishi mumkin, bunday shaxslar atrofdagi kishilar uning
fikrini, holatini tushunmasliklarini his etgan holda kulgi bo’lishdan yoki “zerikarli odam” deb nom
chiqarishdan qo’rqib, odamlarga ham aralashadilar.
3.
Hadiksirash, o’ziga ishonchsizlik, uyatchanlik, atrofdagilardan yomonlik kutish yoki
ularning o’zini mazax qiladilar
, deb o’ylaydi. Uning fikricha, atrofdagilarga kulgi bo’lgandan,
yaxshisi yakka yurgani yaxshiroq.
4.
Muloqot malaka va ko’nikmasining sustligi (yoki yo’qligi)
. Murakkab shaxslararo
munosabatlarda o’zini to’g’ri tutish tajribasining kamligi (konfliktli vaziyatlarda, tanishuv va
boshqa hollarda).
5.
Atrofdagi odamlar uning tasavvurida hammasi ablah, egoist, yaxshilik qilishga
arzimaydigan odamlar
. Atrofdagilar haqida bunday fikrdagi shaxs odamlardan faqat qochibgina
qolmasdan, balki ulardan nafratlanadi (ba’zan qo’rqadi).
6.
Ichki yopiqlik, ruhiy karlik
, bunday shaxslarning his-tuyg’usi, fikri shunchalik
ichkariga “yashiringanki”, ularning o’zi ham ba’zan o’zining asl qiyofasini tanimasdan qoladi. Ular
doimo boshqa birovlarning roli bajarib, boshqalarga o’xshashga harakat qilib yurishadi.
7.
O’ziga sherik topishga qiynaluvchilar
, bundaylar “haqiqiy do’st, haqiqiy sevgili,
haqiqiy sherik” topa olmaydilar. Ular “u yaxshi kishi-yu, ammo menga yoqmaydi”, u ajoyib inson,
ammo qiliqlari yoqimsiz va hakozolar bilan o’zlarini oqlaydilar.
Bunday holatning yuzaga kelishiga asosiy sabab, shaxsning atrofdagilar bilan yaqin, intim
munosabat o’rnatishni istamasligi yoki shunday tajribaning yo’qligi. Ammo, shundaylar ham borki,
tinmasdan sherik axtarardilar, ammo u topilmaydi. Natijada shaxs o’zini baxtsiz va qobiliyatsiz, deb
hisoblaydi.
8.
O’quv faoliyatida, shaxsiy hayotdagi muvaffaqiyatsizlik
natijasida paydo bo’lgan salbiy
tajribaning o’smir va yoshlarning keyingi faoliyatiga ta’siri.
Ko’p yillik kuzatishlarimiz natijasida fikrimizcha, bunday o’z kuchiga ishonchsizlikni
keltirib chiqaradigan bir nechta omillar bor:
a) Talabada o’zining bilim va tajribasiga ichki tuyg’u (intilish, qiziqish va irodaning sustligi)
natijasida kelib chiqadigan o’ziga past baho berish va ishonchsizlik.
b) Ko’pchilik talabalarga xos (ayniqsa, o’g’il bolalarga) erinchoqlik, ishyoqmaslik natijasida
shakllangan iroda sustligidan kelib chiqadigan o’ziga past baho berish va ishonchsizlik.
v) Oilada ota-ona va boshqa kattalarning “sening qo’lingdan hyech narsa kelmaydi”, “sen
hech narsaga yaramaysan” va shunga o’xshash shaxsda o’ziga ishonchsizlik tug’diradigan
gaplarning doimo takrorlanib turishi natijasida shakllanadigan o’ziga past baho berish va
ishonchsizlik.
g) Maktabda o’qituvchilar va tengdoshlari tomonidan doimo salbiy fikr bildirilib turishi
natijasida (masalan, “ikkidan” boshing chiqmaydi, “sen o’qib kim bo’larding?” va hokazolar)
bolada paydo bo’ladigan o’zining kuchi, imkoniyatlari haqidagi turg’un salbiy fikr.
Yuqorida keltirilgan omillarning o’smir va yoshlar uchun yana bir xavfli tomoni mavjudki, u
ham bo’lsa bolalikda va yoshlikda o’zi haqida doimo salbiy fikr eshitish bilan uning ong ostida bu
olingan axborot doimiy ravishda shasxning faoliyatiga, hulqiga, xatti-harakatlariga doimo ta’sir
etuvchi mustahkam markaz paydo bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu esa o’smir va yoshlar
faoliyatining hamma sohasiga, hatto kelajakdagi hayotiga ham o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatishi
mumkin.
9.
Do'stlaringiz bilan baham: