36
Ongsizlikda anglanishdan farqli o‘laroq, kishi o‘zi bajarayotgan harakatlarni maqsadga muvofiq
tarzda nazorat qila olmaydi, ularning natijasini baholay olishi ham amri mahol. Ongsizlikka
quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush
ko‘rish); sezilmaydigan, lekin haqiqatan ham ta’sir ko‘rsatadigan qo‘zg‘atuvchilarga «subsensor»
va «subretseptiv» javob reaksiyalari; oldinlari ongli harakat bo‘lib, lekin takrorlanaverib avtomat
lashib ketgan va shunga ko‘ra endilikda anglanilmaydigan bo‘lib qolgan harakatlar; faoliyatga
undovchi, ammo maqsad hissidan anglanilmaydigan ayrim mayllar va hokazo. Ongsizlik
hodisalariga bemor kishining psixikasida ro‘y beradigan ba’zi bir patologik hodisalarni – alahlash,
yo‘q narsalarning ko‘zga ko‘rinishi va shu kabilarni ham kiritish mumkin. SHularga asoslanib,
ongsizlikni ancha qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixiksiga tenglashtirish noto‘g‘ri
bo‘lar edi. Ongsizlik – kishining xuddi ong kabi o‘ziga xos psixik ko‘rinishi. U kishi miyasida
borliqning etarli darajada bir xil bo‘lmagan, qisman aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-
sharoitlari bilan bog‘liq holda paydo bo‘lgan.
1
Xulosa qilib aytganda, psixik aks ettirish qanday paydo bo‘lgani, rivojlangani,
evolyusiya
pillapoyasining turli bosqich larida qanday o‘zgarib borgani, kishi ongi qanday paydo bo‘lgani va
shakllanganini tushunib olgandan keyingina psixikaning eng muhim qonuniyatlarini ochib berish va
jiddiy psixik faktlarni aniqlash mumkin bo‘ladi. SHunday qilib, kasbiy psixologiya fani
psixikaning paydo bo‘lishi, psixik jarayonlarning taraqqiyot qonuniyatlari va inson bilan tashqi
muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganadi. Odamning psixik hayoti murakkab va
ko‘pqirralidir. U faqat tashqi muhitning ta’sirlarigagina bog‘liq bo‘lib qolmay, balki yuksak nerv
faoliyatidagi miya ishining murakkab nerv-fiziologik qonuniyatlariga ham bo‘ysunadi. Psixik
jarayonlar va shaxsning xususiyatlari o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lib, hamisha bir-biri bilan
turlicha bog‘langan va bir-biriga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Muayyan bir vaqtda hech qachon
faqat bittagina psixik jarayon ro‘y bermaydi yoki shaxsning faqat bittagina xususiyati namoyon
bo‘lib qolmaydi. Masalan: idrok etish jarayoni sezgi jarayoni bilan ham, xayol jarayoni bilan ham,
tafakkur va xotira jarayoni bilan ham chambarchas bog‘langan bo‘ladi (O‘qishi qiyin bo‘lgan xat).
Kasbiy psixologiyaning asosiy vazifasi mutaxassisning psixik
faoliyati qonuniyatlarini
o‘rganishdir.
Kasbiy psixologiya psixik hodisalarning odam hayoti va faoliyatining ob’ektiv shart-
sharoitlariga bog‘liq ekanligini: masalan, hayot va tarbiya sharoitlarining ta’siri bilan o‘smir
xarakterining qanday vujudga kelishini, unda mehnatsevarlik, o‘qishga vijdonan yondoshish va shu
kabilarning qanday tarkib topishini o‘rganib boradi.
Hozirgi zamon psixologiyasi etishib kelayotgan yosh avlodda keng dunyoqarashni va milliy
qadriyatlarimizni tashkil topishini va ularni psixologik bilimlar bilan mustahkamlashni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: