O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/98
Sana26.02.2022
Hajmi3,33 Mb.
#471874
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   98
Bog'liq
fayl 1045 20210522

Eksperiment metodi.
Bu so‘z lotincha sinab, tekshirib ko‘rish, ilmiy 
maqsadga qaratilgan tajriba ma'nosini anglatadi. Ta'lim-tarbiya ishlarida 
qo‘llaniladigan 
biror shakl
, metod va vositaning foydaliligini aniqlash va tekshirish 
uchun o‘quv yurtlarida o‘tkaziladi. 
Eksperiment metodlari sharoitiga qarab turli xil qo‘llaniladi. 
1. Tabiiy eksperiment (yaratuvchi, ixtiro qiluvchi eksperimentlar). Ushbu 
eksperimentning asoschisi rus psixologi A..F.Lazurskiy hisoblanadi. Bu metodda 
maktab faoliyati, ma'lum ta'lim-tarbiya muammolari asl holda suhbat, kuzatish va 
anketa asosida o‘quvchining o‘qish jarayonida, o‘z-o‘zini nazorat qilishida 
aniqlanadi. Masalan, maktab internatining tarbiyachilari o‘quvchilarning o‘zlari 
haqidagi g‘amxo‘rligini tabiiy tekshirishda pechda yoqadigan ho‘l va quruq o‘tin 
vositasida aniqlangan. Bolalar yashaydigan binoda yaqin joyda ho‘l o‘tin borligi, 


uzoqroq joyda quruq o‘tindan foydalanishning samarasini tekshirishni ko‘rsatish 
mumkin. Shunday qilinsa, natija haqiqiy bo‘ladi. 
2. O‘quvchilarning ongliligini yaratuvchi eksperiment (tadqiqotchi biror 
ma'no bo‘yicha taxminiy reja asosida o‘quvchi faoliyatining o‘quv jarayonida 
o‘zini-o‘zi nazorat qilish usullari, yo‘llari tekshirilib, ma'lum bir ilmiy pedagogik 
xulosa chiqariladigan tajriba deyish mumkin). Bu metoddan chiqarilgan xulosalar 
boshqa hamma maktablar hayotiga tadbiq qilinishi uchun nazorat eksperimentidan 
o‘tkazdiriladi. Chiqarilgan pedagogik xulosa esa o‘z navbatida mazkur masalani 
hal qilishning nazariyasi va metodologiyasi bo‘lib pedagogika yutug‘i hisoblanadi. 
Eksperiment metodlari o‘z mazmuni, turi va xarakteriga ko‘ra quyidagi 
turlarga bo‘linish mumkin: didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik, chog‘ishtirma 
pedagogika va h. 
Statistika ma'lumotlarini analiz va sintez qilish metodi.
Pedagogik 
tadqiqotning kerakli statistika ma'lumotlari ma'lum bir maqsad bilan sismavzuli 
o‘rganish va umumlashtirishsiz amalga oshmaydi. Chunki bu ma'lumotlar 
jamiyatimizda madaniyat, fan, tarbiya va ta'limning barq urib taraqqiy etish 
qonunlarining rivojlanishida muhimdir. Xalq maorifi budjetining oshishi, o‘quv 
yurtlarida bolalar sonining ko‘payishi, maktabdan tashqari tarmoqlarning 
kengayishi, darsliklar, ko‘rgazmali qurollar, 
texnika vositalarinig ortishi

o‘qituvchi kadrlar tayyorlash kabilar statistika ma'lumotlari bilan isbotlanadi. 
Anketa metodi.
Anketa fransuzcha so‘z bo‘lib, tekshirish degan ma'noni 
anglatadi. Anketa metodi o‘quvchilardan so‘rash metodi bo‘lib, u o‘quvchilar 
tarkibining sifati to‘g‘risida kerakli ma'lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va 
qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek, kasbga yo‘llashni belgilash uchun ma'lum 
bir shaklda o‘tkaziladi. Bu metodni qo‘llashda quyidagi talablarga amal qilish 
kerak: 
1. Anketalar o‘quvchilarning pedagogik va ruhiy tavsifini tuzishning manbai 
va universal vositasiga aylantirmasligi kerak. 
2. Anketalar juda katta va noaniq bo‘lmasligi kerak. 
3. Anketani o‘tkazishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va 
unga ajratilgan vaqt normada bo‘lishi kerak va h. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish