NUTQIY KOMPETENSIYA (til bilish) – til bilishning lingvistik darajasi; N.Xomskiy atamasi.
OBRAZLI LeKSIKA Semantik strukturasida ko‘chma ma'noga asoslangan uslubiy bo‘yog‘i yaqqol anglashilib turadigan leksik birliklar.
ORFOEPIYA - orfos – “to‘g‘ri”, epos – “nutq” degan ma'nolarni bildirib, to‘g‘ri talaffuz qilish bo‘yicha qoidalar yig‘indisidir.
ORFOGRAFIYA (ORFOS – “TO‘G‘RI”, GRAFO – “yozmoq” degan ma'nolarni anglatiadi) - so‘z va qo‘shimchalarni to‘g‘ri yozish haqidagi qoidalar yig‘indisi.
QADIMGI TURKIY ADABIY TIL - o‘zbek adabiy tili rivojlanishining birinchi bosqichi (X-XII asrlar) dagi nomlanishi. Namunalari: O‘rxun-Enasoy yodgorliklari, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” (“Turk tillari devoni”), Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga yo‘llovchi bilim”) asarlari.
SHEVAGA OID SO‘ZLAR – bir millatga mansub bo‘lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan so‘zlardir: paqir (chelak), cho‘rak (non).
Do'stlaringiz bilan baham: |