72
4-ASOSIY SAVOL
TUPROQQA KATIONLARNING VA ANIONLARNING SINGDIRILISHI
4-asоsiy savolning bayoni:
Tuproqning turli kationlarni singdirish energiyasi bir xil emas. Valentlilik ko’paygan sari
tuproqning singdirish energiyasi xam orta boradi, kation grhlari miqyosida esa valentliligi bir xil
bo`lgani xolda ularning atom og’irliklari oshgan sari tuproqning singdirish energiyasi orta boradi.
Kationlar tuproqning singdirish energiyasiga qarab, quyidagi tarzda oshib boradigan tartibda
bo’linadi:
Bir valentlilar Li
Ikki valentlik Mg
Uch valentlik Al
Bir valentli kationlar qatorida vodorod mustasnodir. Tuproqning vodorodni singdirish
darajasi kaltsiyning singdirish darajasiga qaraganda to’rt marta, natriyning singdirish energiyasiga
qaraganda esa o’n yetti marta ortiqdir.
Kationlarning bir qismi zarra bilan mustaxkam aloqaga kirishib, almashinmaydigan shaklga
o’tib oladi va uni boshqa kationlar siqib chiqara boshlaydi. Kaliyning ancha qismi
almashinmaydigan shaklga o’tib oladi va tuproqda mustahkam o’rnashib qoladi. Magniy ham huddi
shundaydir.
Singdirilgan asоslarning tarkibi tuproqlarning ko’pgina eng muhim kimyoviy va fizik
xossalarini belgilaydi. Akademik K.K. Gedroyts tuproqlarni asоslarga to`yingan va to’yinmagan
tuproqlarga ajratdi. Asоslarga to`yingan tuproqning singdiruvchi kompleksida Ca, Mg, K va Na
bo’ladi, asоslarga tuyinmagan tuproqning singdiruvchi kompleksida esa vodorod bo’ladi. Qora
tuproq, qashtan tuproq va qo’ng’ir tuproq, bo’z tuproq, sho’rtob, sho’rxoq, sur tusli qo’ng’ir tuproq,
taqirlar hamda dasht va Cho’llardagi gidromorf o’tloq va botqoq tuproqlar asоslar bilan to`yingan
tuproqlarga, podzol tuproq chimli-podzol tuproqlar, sur tusli o’rmon tuproqlari, podzollashgan qora
tuproqlar, qizil tuproqlar va botqoqli tundra tuproqlari esa asоslarga to’yinmagan tuproqlarga kiradi.
Ikki valentli kaltsiy bilan to`yingan tuproqlar reaqtsiyasi kuchsiz ishqoriy yoki neytraldir.
Tuproqning Ca bilan to`yingan kolloid-loyqa qismi elektrolitik potentsialining pastligi bilan
xaraterlanadi. Kolloidlar elektrolitlar ta’sirida qaytarilma koagulyasiya holatiga o`tadi, shuning
uchun ular tuproqqa mustxkam o’rnashib qoladi. Buning natijasida tuproqning maksimal
gigroskopikligi past bo’ladi, suvning shimilishi hamda filtratsiyasi tezlashadi va suv kapillyarlardan
sust ko`tariladi. Ca ga to`yingan tuproqning bo’kishi, plastikligi, yopishqoqligi va qovushqoqligi
kichik bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu esa tuproqni anchagina ko’proq namligida xam ishlash
imkonini beradi. Quriganda tuproqlarning qisilishi va bosilishiga ko’rsatgan qarshiligi kamayadi,
natijada tuproq yaxshi uvalanadi.
Natriy tuproqlarga singdirilgan asоslar o’rtasida aloxida o’rin tutadi. Singdirilgan natriy
sho’rtob hamda sho’rxok tuproqlarga xosdir. Dasht va Cho’llardagi qora tuproq, kashtan tuproq,
qo’ng’ir tuproq va sur tusli qo’ng’ir tuproqlar, shuningdek taqir tuproq va ayrim o’tloq tuproqlarda
ham singdirilgan natriy uchraydi. Singdiruvchi kompleksdagi natriy miqdori tuproq singdirish
sig’imining 5 foyizidan oshmaydi va u tuproqlarning xossasiga ta’sir etmaydi, ayrim xollarda esa
tuproq unumdorligi uchun foydali hamdir. Bordiyu singdirilgan natriy miqdori 5 % dan ortiq bo’lsa,
tuproq unumdorligi pasayadi, bundan xam ortiq bo`lganda tuproq dehqonchilik uchun yaroqsiz
bo’lib qoladi.
Natriy
suv
bilan
reaksiyaga kirishganda uning bir qismi tuproqning singdiruvchi
kompleksidan chiqadi va eritmaga o’tib, pH ning 9-10 gacha oshishiga sabab bo’ladi.
Ph bu qadar yuqori bo`lganda ba’zi bir sho’ralardan boshqa ko’pchilik o’simliklar nobud
bo’ladi. Bundan tashqari, singdiruvchi kopleksdan siqib chiqarilgan natriy suvda erigan CO
3
2-
yoki
HCO
3
-
bilan reaksiyaga qirishib o’simlik xujayralarini yemiradigan natriy korbonat va natriy
bikorbonatni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: