O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti o’. T. Toshbekov



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/181
Sana19.02.2022
Hajmi1,88 Mb.
#457647
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   181
Bog'liq
tuproqshunoslik asoslari 2

 
2-jadval 
Asosiy o’simlik formatsiyalaridagi biomassa miqdori va tarkibi (ts/ga), 
(L.Е. Rodin va N.N. Bazilеvich bo’yicha, 1965 y) 
O’simliklar guruhi 
Organik moddalar 
Kul elementlari va azot 
U
m
u
m
iy 
b
iom
as
sa
 
Il
d
iz
lar
 b
iom
as
sas

H
ar
 yi
lgi
 t
o’
p
lan
is
h

H
ar
 yi
lgi
 h
az
on
m
iq
d
or

B
iom
as
sad
a
 
H
ar
 yi
li 
o’
zl
as
h
ti
ri

lad
igan

H
az
on
lar
 b
il
an
 h
ar
 yi
li
 
ye
rga q
ayt
ad
igan

O
’z
las
h
ti
ri
lad
igan

va
 
ye
rga q
ayt
ad
igan

 
ras
id
agi
 f
ar
q
 
Janubiy Tayga 
2800 
636 
51 
47 
18,8 
0,85 
0,58 
-0,27 
Janubiy 
Tayga 
qarag’ayzorlari 
3300 
735 
85 
55 
27,0 
1,55 
1,20 
-0,35 
Sfagnum botqoqliklari 
370 
40 
34 
25 
6,1 
1,09 
0,73 
-0,36 
Dubzorlar 
4000 
900 
90 
65 
58,0 
3,40 
2,55 
-0,85 
Qayinzorlar 
2200 
505 
120 
70 
21,0 
3,80 
2,90 
-0,90 
Dasht o’tloqlari 
250 
170 
137 
137 
11,8 
6,82 
6,82 
-0,0 
Quruq dashtlar 
100 
85 
42 
42 
3,5 
1,61 
1,61 
0,0 
O’rmon o’simliklarining tuproq paydo bo’lishidagi rolini bеlgilaydigan xususiyatlari: hayot 
tsiklining ko’p yilligi, har yili biomassasining bir qismigina yеrga tushishi, asosan yеr usti qismi 
(yaproqlari, shox-shabbalari, mеvalari, po’stlog’i) yеr ustida to’planishi, kuchli rivojlangan ildiz 
sistеmasidir. O’rmonda biologik aylanishning xususiyati - bu azot va kul elеmеntlarining daraxtlar, 
butalar tomonidan uzoq muddatga o’zlashtirilishi, o’rmon to’shamasi tarzida yеr ustida tushgan 
organik qoldiqlar transformatsiyasi (o’zgarishi) va parchalanish jarayonida turli tarkibli suvda 


51 
eriydigan organik va minеral moddalarning hosil bo’lishidir. Ularning atmosfеra yog’inlari bilan 
pastga yuvilishi natijasida tuproq minеral qismi bilan faol ta'sirlashuvi uchun sharoit yaratiladi. 
Suvda eriydigan mahsulotlar tarkibi va xossalari o’rmon biotsеnozi, tuproq faunasi va 
mikroflorasining tarkibiga, hamda atmosfеra va tuproqning gidrotеrmik sharoitiga va tuproq paydo 
qiluvchi jinslar tarkibiga bog’liq. Shuning uchun turli sharoitlarda turli tipdagi o’rmon tagida turli 
tuproqlar paydo bo’ladi. 
O’tsimon o’simliklar daraxtchil o’simliklariga nisbatan ancha kam biomassa qoldirsa-da, 
ularning tuproq paydo bo’lishidagi ahamiyati juda katta. Bu o’simliklar hayotining qisqaligi sababli, 
o’simlik-tuproq sistеmasida moddalarning biologik aylanishi tеz yuzaga kеladi va bu moddalarning 
ko’proq to’planishiga imkon yaratiladi. Tuproq har yili o’tlarning yеr yuzasi va ildizlari hisobidan 
to’planadigan organik moddalar bilan boyib boradi. Yеr yuzasi qismidagi qoldiqlardan ildizlarning 
farqi shundaki, ular o’z joyida parchalanib, mahsulotlari bеvosita tuproq minеral qismi bilan o’zaro 
ta'sirlashadi. O’tsimon o’simliklar qoldig’ida daraxtsimonlarga nisbatan klеtchatka kamroq, oqsil, 
kul moddalar va azotni ko’p saqlaydi. 
Tuproq paydo bo’lishida O’rta Osiyo sharoitida, ayniqsa o’tsimon o’simliklar 
formatsiyasining roli alohida ahamiyatga ega. Avval aytilganidеk, o’tloq va quruq dashtlarning 
o’tsimon o’simliklari biomassasining dеyarli 85 foizi ildizlardan iborat bo’lib, daraxtsimon 
o’simliklar biomassasidan ancha kam. Masalan, bo’z tuproqlar sharoitida ildiz massaning umumiy 
zahirasi gеktariga 9-23 t, yеr yuzasidagi massasi bir tonna atrofidadir. O’simlik ildizlari (ayniqsa 
sochoq ildizlar) tuproqni g’ovak holga kеltiradi. O’tsimon o’simliklarning ildiz tukchalarini 
e'tiborga olsak, alohida o’simlikdagi ildizlarning umumiy uzunligi 70-80 km ni tashkil etadi (zich 
o’simlik qoplamida 850-960 km). Masalan, 4 oylik javdar 15 mln. ildiz va taxminan 15 mlrd. ildiz 
ustiga chiqib turuvchi tukchalarga ega. Barcha ildizlar va tukchalarning umumiy uzunligi 11 ming 
km. ni tashkil etadi. 
Tabiiy-iqlim 
sharoitlariga 
ko’ra ildizlar qoldiradigan biomassa turlicha. Masalan, 
Samarqand voqasidagi och tusli va tipik bo’z tuproqlardagi ildiz massasining zahirasi gеktariga 10-
17 tonnani, Buxoro viloyatining Cho’l tuproqlarida esa 4 tonnani tashkil etadi. (Е.P. Lagunova, 
1963). 
Turli o’simliklarning quruq organik moddasi tarkibida kul elеmеntlari (Ca, Mg, K, P, S 
kabilar), uglеvodlar, oqsillar, ligninlar, lipidlar, mum, smola, oshlovchi moddalari kabilar saqlangan 
bo’ladi va ularning parchalanish tеzligi kimyoviy tarkibiga bog’liqdir. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish