O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti o’. T. Toshbekov



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/181
Sana19.02.2022
Hajmi1,88 Mb.
#457647
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   181
Bog'liq
tuproqshunoslik asoslari 2

Rel’efi 
- qora tuproqlar asosan tekislik va 
kuchsiz past-balandlikarda tarqalgan bo’lib, u yerda daryo vodiylari va dalasoylar, jarliklar bilan 
bo’linib ketgan maydonlar ham ancha. 
Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar asosan-lyoss va lyossimon qumoqlar, uchlamchi davr 
neogen yotqiziqlar, gilli jinslar, ellyuvial jinslar, sho’rlangan jinslar. 
O’simliklari-o’tmishda o’rmon-dasht zonasining tabiiy o’simliklari o’rmon uchastkalari 
dasht o’tloqlarining almashinib turishi bilan haraktyerlangan. Dasht zonasi turli o’tchil kovil va 
pichanli-kovil dasht o’simliklardan iborat. Hozirgivaqtda qora tuproqlar maydonlarining asosiy 
qismi haydalgan va tabiiy o’simliklar dalasoylarda, qiya yonbag’irlarda, qo’riqхonalarda saqlanib 
qolgan. 
2. Qora tuproqlarning kelib chiqishi to’g’risidagi gipoteza va nazariyalarni uch guruхga 
ajratish mumkin.
 
1) dengiz; 2) dengizlarga bog’liq хolda kelib chiqishi хaqida gipotezalar, 3) botqoqliklardai 
hosil bo’lish nazariyasi, 4) quruqlikdagi o’simliklardan kelib chiqishi nazariyasi

Ushbu nazariyalar ichida qora 
tuproqlarni quruqlikda o’simliklardan kelib chiqishi alohida ahamiyatga molikdir. Qora tuproqli 
dashtlar o’simliklar ostida qoladigan moddalarning biologik aylanishiga doir to’plangan hozirgi 
zamon materiallari qora tuproqlarning hosil bo’lish mohiyatini to’liqroq tushunish imkonini 
beradi. 
Qora tuproqli dashtlardagi tabiiy o’simliklar har yili yerda ko’plab organik massa qoldiradi 
(100-200 kg/ga) va yerga tushadigan va to’planadigan organik qoldiqlarning 40-60% 
o’simliklarning ildizidan iborat. Qora tuproqli dashtlarning o’simlik qoldiqlari kul elsmentlari (7-
8%) va azotga (1-1,4% ) boy hamda uning umumiy massasining ko’p bo’lishi tuproqda ham bu 
elsmentlarning maksimal miqdorda to’planish imkonini beradi. jumladan, azot va kul elsmentlari 
ignabargli o’rmonlar ostida har yili 30-40kg/ga tuplanadigan bo’lsa, quruq dashtlarda 220-250 
kg/ga, qora tuproqli dasht o’simliklari sharoitida esa bu ko’rsatkich 600-1400 kg/ga ni tashkil 
etadi. Demak, qora tuproqlar hosil bo’lishidan moddalarning biologik aylanishining muhim 
хususiyati-o’simlik qoldiqlari bilan birga har yili tuproqda tushadigan azot va kul moddalarining 
ko’p to’planishidir. 
O’simlik qoldiqlarining chirib parchalanishi va gumusga aylanish ham ishqoriy reaksiyada, 
havo yaхshi kirib turadigan, namlik mo’’tadil bo’lganda va o’simlik qoldiqlari oqsilli azot 
moddalar va asoqlar bilan boyigan sharoitda, yaхshi kechadi. Tuproqda to’planadigan gumus 
miqdori, gumus qatlamining qalinligi, karbonatlarni to’planishi, tuproqdagi namlik, suv va issiq 
rejimlarning shakllanishida shu maydondagi tabiiy iqlim sharoitlari muhim rol’ o’ynadi va 
zonaning Janubiy Evropa qismi, SHarkiy qismi, Markaziy viloyatlari tuproqlari bir biridan farq 
qiladi. 
Qora tuproqlar tipi besh tipchaga bo’linadi:1)
podzoldashgai qora tuproq; 2) ishqorsizlangan 
qora tuproq; 3) tipik qora tuproq; 4) oddiy qora tuproq; 5)Janubiy qora tuproq; 
Barcha qora tuproqlar qator belgilari asosida turlarga ajratiladi: gumusli qatlam (A+V) ning 
qalin ligiga kura: gumusli qatlami juda qalin (>120)sm); qalin (120-80 sm), o’rtacha qalinlikdagi 
(80-40 sm), kam qalinlikdagi (40-25sm), juda kam qalinlikdagi (yupqa) (<25 sm) qora tuproqlarga; 
gumus miqdoriga ko’ra: ko’p gumusli (>9), o’rtacha gumusli (9-6) oz gumusli (6-4) va juda oz 
gumusli (4% dan kam) qora tuproqlarga ajratiladi; ishqorsizlanish darajasiga ko’ra; kam, o’rtacha, 
kuchli, sho’rtoblanish darajasiga ko’ra: kam, o’rtacha, kuchli. 
3. O’rmon dasht zonasining qora tuproqlari: podzollashgan ishqorsizlangan, tipik; dasht 
zonasining qora tuproqlari; oddiy va janubiy podzollashgan qora tuproqning morfologik 
belgilaridagi 
eng muhim farq- ular gumusli qatlamida podzollanish jarayonining 
qoldiq 
alomatlarini 
ifodalovchi 
kremnezemning 
kukunsimon, 
oqish 
sochilmalarining 
bo’lishidir. 
Ishqorsizlangan qora tuproqlar farqi, uning gumusli qatlamida krsmnezemning kukunsimon 
sochilmalari, 
bo’lmasligidir. 
Ishqorsizlangan 
qora 
tuproqlarining 
V
1
qatlami 
ostidan 
karbonatlardan yuvilgan (ishqorsizlangan) V
2
qatlamlarining bo’lishi haraktyerlidir. 


111 
Tipik qora tuproqlar odatda chuqur gumusli (90-120 sm va undan I ortik) profilga ega 
gumusli qatlamida karbonatlar mitsellasi yoki ohak naychalari holidagi yangi yaralmalarning 
bo’lishi bilan haraktyerlanadi. 
Oddiy qora tuproqning gumusli qatlami 65-80 sm ni tashkil qiladi. Karbonatlar oq 
ko’zonaklar shaklida bo’lib shu хususiyati bilan boshqa tipchalardan farq qiladi. Janubiy qora 
tuproqlar gumusli qatlami 45-60 sm ni tashkil qiladi. Illyuvial karbonatli, qatlamda karbonatlar 
kupincha karbonatlardan iborat ok kuzonaklar yaхshi ifodalangan hamda 1,5-2 m chuqurligida 
mayda kristallar shaklidagi 
1
gips saklangan, ba’zida esa suvda yeriydigan tuzlar ham to’plangan. 
Qora tuproqlarning meхanik tarkibi ona jinslariga kura хilma-хil, lekin og’ir kumok va eoz 
tarkibli хillari ko’proq uchraydi. Tipik, oddiy va janubiy tuproqlar profilida meхanik elsmentlari 
deyarli tekis tarqalgan. Podzollashgan, ishkorsizlangan, sho’rtoblangan, eolodlashgan qora 
tuproqlar profilining pastki qismida <0,001 mm li loyqazarrachalari ko’proq bo’lishi mumkin. 
Minyeralogik tarkibida birlamchi minyerallar ko’p bo’lib, aksariyat qora tuproqlarda 
montmorlonit va gidroslyudalar gruppasiga mansub ikkilamchi minyerallar uchraydi. Kimyoviy 
tarkibi kuyidagilar bilan ifodalanadi: gumusga boyligi, > gumusli qatlamda o’simliklar uchun 
zarur oziqaelsmentlar (N, R, K, S mikroelsmentlar)ning ko’p saklanishi, tuproq profili buyicha 
minyeral qismi, umumiy kimyoviy tarkibining nisbatan ancha bir хil ligi, karbonatlarning illyuvial 
qatlamda to’planishi va shuningdek suvda oeon yeruvchi tuzlardan yuvilganligi, gumus tarkibida 
ful’vokislotaga nisbatan gumin kislotasining ko’p bo’lishi (Egk : Efk = 1,5-2) va boshqalar. Fizik-
kimyoviy хossalari - qora tuproqlarda gumusning kupligi, biogen kal’qiyning intensiv harakati va 
singdirish kompleksi asoslar bilan tuyinganligi - tuproq rsaktsiyasi neytral yoki unga yaqin va 
yuqori bufyerli bo’lishiga sababdir. Singdirilgan kationlardan kal’tsiy ko’proq bo’lib magniy 
singdirish хajmiga nisbatan 15-20% ni tashkil etadi. Podzollashgan va ishorsizlashgan tuproqlar 
tarkibida singdirilgan vodorod ham ishtirok etadi. Podzollashgan va ishkorsizlangan qora 
tuproqlarda kuchsiz kislotali
(RN=5,6-6,2)
karbonagli tuproqlarda kuchsiz ipshoriy
(RN=7,2-
8,0), o’rtacha olganda neytral va unga yaqin
(RN=6,4-7,0) qora tuproqlarning fizik хossalari
Tuproqdagi gumus miqdori kupligi bilan bog’lik: etrukturali, zichligi yuqori emas (yuqori qatlami
1-1,22 g/sm
3
), kattik fazasini zichligi
(2,4-
2,5 g/sm
3
yuqori qatlam), g’ovak li yuqori
(55-60%), 
nam sig’imiyuqori
(38-
43%), maksimal gigroskopikligi
(11-12%) bilan хaraktyerli. 
4. Qora tuproqlar zonasi deхkonchilikda yaхshi uzlashtirilgan bo’lib, galla va moyli teхnik 
ekinlardan kuzgi va bahorgi bug’doy, makkajuхori, kand lovlagi, kungabokar, zigir va shuningdek 
meva va uzum uetiriladi. 
Qora tuproklardan raqional foydalanishning muhim tadbirlari jumlasiga: guprokni suv va 
shamol yeroziyasidan muхofaza kilish, almashlab ekishni tug’ri yulga kuyish, begona o’tlarni 
yukotish, yerda namni ko’prok tuplash, minyeral va organik ugitlardan samarali foydalanish, 
ishqorsizlangan va podzollashgan qora tuproqlarni oхaklash, sho’rtoblangan tuproqlarni gipslash 
va bopsha tadbirlar kiradi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish