1.3 . Bankda hisob varaq ochish va bankning hisobvaraqlar rejasi haqida.
Banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishda va ularn buxgalteriya hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga va amaldagi qonunchilikka qat’iy amal qilishlari lozim bo’ladi. Mazkur hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini aks ettirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining hisobini yuritish, tahlil qilish,guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo’llaniladigan Bosh kitob hisobvaraqlari ro’yxatidan iboratdir.
Xatolarni to’g’rilash va hisob siyosatidagi o’zgarishlar bo’yicha tuzatishlar kiritishda, hisobvaraqlarning ta’riflarida ko’zda tutilmagan bo’lsa ham hisobvaraqlarning debet va kreditlari bo’yicha tuzatish o’tkazmalari berishga ruxsat beriladi.
Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining ko’p valyutali tizimiga asoslangan bo’lib, chet el valyutasidagi operatsiyalarning hisobi yuritilshi mumkin bo’lgan barcha hisobvaraqlarda xorijiy valyutadagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi bo’yicha sintetik hisobni yuritish uchun alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun esa Yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo’yicha Yordamchi kitoblardagi summalar yig’indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yig’indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi bo’yicha Bosh va Yordamchi kitoblarda ro’yxatga olinishi kerak. Hisobot sanasida Bosh kitoblarning xorijiy valyutalar bo’yicha jami summalari milliy valyutaga o’tkaziladi va hisobot davri davomida amnalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo’yicha bankning jamlanma balansi tuziladi.
Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan:
hisobvaraqlarning bosh va yordamchi kitoblarda joylashishini yengillashtirish;
hisobvaraqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish;
hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni yengillashtirish;
operatsiyalar yozuvini tezlashtirish.
Balans hisobvaraqlarinig Bosh kitobda kodlashtirish tizimiquyidagi sxema bo’yicha beshta belgidan iboratliligi qabul qilingan:
Hisobvaraq turkumi(kategoriyasi)
1 Aktivlar
2 Majburiyatlar
3 Kapital
4 Daromadlar
5 Xarajatlar
Bu yerda:
MM Hisobvaraq turkumiga tegishli asosiy hisobvarqalar to’plami (birinchi tartib)
SS Asosiy hisobvaraqlarga tegishli subhisobvaraqlar (ikkinchi tartib)
Raqamli kodlashtirishga quyidagi zarur shartlar joylashtirilgan:
- jamlanma hisobvaraqlar uchun MM yoki SS nol raqamlariga ega ( masalan, 10000 - “Aktivlar” , 10100 – “ Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari” va boshqalar);
- “Aktivlar bo’limidagi “…zararlarni qoplash zaxirasi” sarlavhali subhisobvaraqlar uchun SS o’rnida 99 raqami qabul qilingan.
Yordamchi kitobda shaxsiy hisobvaraqlar quyidagi sxema bo’yicha kodlashtiriladi:
Balans hisobvarag’i
Bundan tashqari operatsiyalarni boshqarish maqsadida Yordamchi kitoblarga Markaziy bank, tijorat banklari boshqarmalari hamda tijorat banklari menejmenti (boshqaruvi) uchun zarur bo’lgan batafsil axborotlar bilan ta’minlovchi qo’shimcha axborotlar kiritiladi. Hisobvaraq rejasida har bir hisobvaraqning aktiv yoki passiv bo’lishi aniq belgilab qo’yilgan,aktiv-passiv qoldiqlarga ega bo’ladigan ayrim hisobvaraqlar bundan mustasno. Aktiv hisobvaraqlariga “Aktivlar” , “Xarajatlar” va “Ko’zda tutilmagan holatlar” bo’limlaridagi balans hisobvaraqlari, passiv hisobvaraqlarga “Majburiyatlar”, “Kapital” va “Daropmadlar” bo’limlaridagi balans hisobvaraqlari taaluqlidir. Aktivlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida “ Aktivlar” bo’limiga kontr-aktiv hisobvaraqlari, majburiyatlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida esa “Majburiyatlar” bo’limiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritilgan.
Ba’zi hisobvaraqlardan tashqari “ Aktivlar” likvidlilik, “ Majburiyatlar esa muddatlilik tamoyiliga asosan tasniflangan.
“Daromadlar” va Xarajatlar bo’limi uchun analitik hisob ko’rsatilmagan bo’lib, ushbu bo’limlardagi hisobvaraqlar bank ichki hisobvaraqlari hisoblanadi. Tijorat banklari Markaziy Bank talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda ushbu hisobvaraqlarda analitik hisobvaraqni qanday yuritishni o’zlari belgilaydilar.
II bob. Agrobank ATBning moliyaviy ko’rsatkichlari va ularning iqtisodiy tahlili.
2.1 Agrobank ATBning qimmatli qog’ozlar tahlili Makroiqtisodiy rivojlanishga erishishda qimmatli qog‘ozlar bozorining ahamiyati katta. Hukumatning qo‘llab-quvvatlashi va o‘z vaqtida qonuniy bazaning yaratilishi fond bozorining O‘zbekiston iqtisodiyotida munosib o‘rin egallashiga imkon berdi. Hozirgi kunda qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasi barqaror faoliyat yuritmoqda. Respublikada yuqori texnologik jihozlar bilan ta’minlangan Fond birjasi va uning viloyatlardagi filiallari mav jud. Qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanishi va rivojlanishida 1995-yil O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi bo‘yicha komissiyaning tuzilishi, 1996-yil «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida» hamda «Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyati mexanizmi to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.Hozirgi vaqtda qimmatli qog‘ozlar bozorida turli qimmatli qog‘ozlar bilan savdo muomalasi amalga oshirilmoqda. Bozorda eng ko‘p muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlardan: aksiyalar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, tijorat banklarining depozit sertifikatlari va depozit obligatsiyalaridir.
Tijorat banklari O‘zbekistonda 1994-yilda paychilik jamiyatlaridan aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. turli tashkilotlar, korxonalar tijorat banklari aksiyadorlari bo‘lishdi. Hozirgacha tijorat banklari boshlang‘ich emissiya aksiyalarini joylashtirib, ikkinchi marta, ayrimlari esa bir necha marta aksiyalarini chiqarmoqda.Obligatsiya emitantning qarzdorligini tasdiqlovchi qimmatbaho qag‘ozdir.
Agrobank ATB qarz mablag‘larni jalb etish uchun obligatsiyalar va deposit sertifikatlarini chiqaradi.
Demak, Agrobank ATB qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin:
– qimmatbaho qog‘ozlarni (aksiya, obligatsiya, bank sertifikatlari) muomalaga chiqarish;
– qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish, saqlash kabi operatsiyalar;
– mijozlar topshirig‘iga asosan qimmatbaho qog‘ozlarni boshqarish;
– fond bozori, qatnashchilariga qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha
maslahatlar berish;
qimmatli qog‘ozlarni baholash va qimmatli qog‘ozlar bozorini tadqiq qilish;
– qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida axborot va boshqa xizmatlar ko‘rsatish
Agrobank ATB qimmatbaho qog‘ozlar holatini tahlil qilganda, ularni tahlil qilinayotgan davr boshiga va oxiriga qanchalik o‘zgarganligini aniqlash lozim. Tahlilda ularning mutloq va nisbiy o‘zgarishlarini aniqlab, qanchalik va nima sababdan o‘zgarish bo‘lganligini bilish lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |