O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAHSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKUL’TETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTNING
HISOBOT
Bajaruvchi – “ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” yo`nalishi,
2- kurs, 3-1 IQT 18 guruh talabasi
Erkinov Muhriddin Navro’z o’g’li
(F.I.SH.)
Tekshiruvchi – Amaliyot rahbari _____________________
(LAVOZIMI, F.I.SH,)
Mundarija:
KIRISH………………………………………………..…3
I.Bob. ATB “Agrobank”ning tashkil etilishi va funksiyalari………………………………………………4
1.1 Bank nomi va uning tashkil etilish tarixi……………………………………………………...4
1.2 ATB “Agrobank”ning xizmat turlari va tashkiliy tuzilmasi……………………………………………..…...9
1.3 Bankda hisobvaraq ochish va bankning hisobvaraqlar rejasi haqida……………………………………………………13
II.Bob. ATB “Agrobank”ning moliyaviy ko’rsatkichlari va ularning iqtisodiy tahlili
2.1 ATB “Agrobank”ning qimmatli qog’ozlar tahlili …………………………………………………………..16
2.2 ATB “Agrobank”ning daromad va xarajatlari tarkibi hamda ularning dinamikasi……………………………………..17
2.3 ATB “Agrobank”ning kapital samaradorlik tahlili………………………………………………….....25
Xulosa…………………………………………………...29
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………31
Kirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2019-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhi ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalarida ta’kidlaganliklaridek: “Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlish faoliyatini qo’llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Bo’sh mablag’larni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etiladigan tijorat banklarining iqtisodiy jarayonlardagi roli juda kata.
Shu borada ko’rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko’lami sezilarli darajada kengayib , kredit portfeli hajmi 3,2 barobarga oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturi doirasida 6400 (olti ming to’rt yuz)ta loyiha uchun 27.000.000.000.000 (yigirma yetti trillion) so’m kredit ajratildi.
Ayni kunda AT “Agrobank” ham xalqaro moliya institutlari va yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari , investitsiyalari va grantlarini jalb etib , Respublikamiz iqtisodiyotida muhim rol o’ynamoqda.
I.Bob. ATB “Agrobank”ning tashkil etilishi va funksiyalari
Bank nomi va uning tashkil etilish tarixi
1988 yil - Bank 1988 yil 1 yanvarda O'zSSR Davlat banki asosida SSSR Agroprombankining bo'linmasi sifatida O'zSSR Agroprombank nomi bilan va respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan.
1990 yil - 18.07.1990 yildagi SSSR Vazirlar Maxkamasining №703 sonli qaroriga asosan Agroprombank SSSR tizimidan ajralib chiqqan xolda mustaqil yopiq aksionerlik jamiyati sifatida yangi O'zbek aksionerlik tijorat bank "Uzagroprombank" tashkil etish to'g'risidagi qaror qabul qilindi.
1993 yil - mamlakatning tarixida birinchi marta "Uzagroprombank" tomonidan Turkiya "Ziroat Banki" bilan birgalikda "UT Bank - O'zbekiston - Turkiya" qo'shma banki ta'sis etildi.
1994 yil - "Uzagroprombank" birinchi bo'lib nominal qiymati 1000 so'mlik bo'lgan 100 mln so'mlik aksiyalarni chiqardi.
1995 yil - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 27 iyuldagi №294-sonli qarori asosan yopiq aksiyadorlik tijorat banki "Uzagroprombank" asosida yangi ochiq aksiyonerlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.
1997 yil - "Paxta-Bank" SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati a'zoligiga qabul qilindi.
1998 yil - OATB "Paxta Bank" Osiyo-Tinch okeani qishloq xo'jaligini kreditlash assotsiatsiyasining (APRAKA) a'zosi bo'ldi.
1999 yil - OATB "Paxta Bank" qishloq xo'jaligini kreditlash Xalqaro Kenfederatsiyasi (KIKA) ning teng huquqli a'zosiga aylandi .
2000 yil - Evropa tiklanish va taraqqiyot banki keridt linyasini jalb etish bo'yicha bitm imzoladi.
2001 yil - "Paxta Bank"ning birinchi plastik kartochkasi joriy qilindi.
2001 yil - Eksimbank va Xitoy Xalq respublikasining kredit liniyasi ochildi.
2003,2004,2007,2008,2009 - Britaniyaning "FT Business Financial Times" gazetas va "The Banker" jurnali fikriga binoan bank O'zbekiston respublikasida "Yil banki" sifatida tan olindi.
2007 yil - "Paxta Bank" O'zbekiston Respublikasidagi tijorat banklar ichida birinchi bo'lib Fitch Ratings xalqaro reyting kompaniyasining to'liq xalqaro reytingini olishga muvaffaq bo'ldi.
2008 yil - Axolining omonatlarini jalb qilish bo'yicha banklararo tanlovda "Eng yaxshi emitent bank" nominatsiyasi bo'yicha Paxtabank 1 - o'rin soxibi bo'ldi hamda "Qishloq joylarida joylashgan axoli omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi bank filiali" nominatsiyasi bo'yicha "OATB Paxtabank"ning Chust filiali 1 - o'rin soxibiga aylandi hamda diplom va bosh sovrin "Damas" avtomabili bilan taqdirlandi.
2009 yil - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2009 yildagi №101084-sonli qaroriga asosan OATB "Paxta-Bank" asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.
2010 yil - Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish uyushmasining 5 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi.
2013 yil - Turkiyaning "Ziroat" bankidan 5 million AQSh dollari miqdorida kredit linyalari jalb qilinishi bo'yicha shrtnoma imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |