"Hozirgi o`zbek adabiy tili (Sintaksis)" fani bo`yicha mustaqil ish bajarish
yuzasidan uslubiy ko`rsatmalar
Mazkur fan bo`yicha talabalarning mustaqil ishlarining tartibi O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi "Oliy ta`limning davlat
ta`lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida"gi 343-sonli qaroriga muvofiq olib boriladi.
"Hozirgi o`zbek adabiy tili (Sintaksis)" fani o`quv rejasida belgilanganidek,
o`zbek filologiyasi ta`lim yo`nalishining 3-bosqichida o`qitiladi. Fan uchun jami 156
soat, Shu jumladan 32 soat ma`ruza, 22
soat amaliy, 22 soat seminar va mustaqil
ta`lim uchun 40 soat ajratilgan.
Talabaning mustaqil ishi o`quv rejasida fanni o`zlashtirish uchun belgilangan
o`quv soatlarining ajralmas qismi bo`lib, o`quv-uslubiy
va axborot resurslari bilan
ta`minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.
Mustaqil ta`limning asosiy maqsadi o`qituvchining rahbarligi va nazorati ostida
talabada muayyan o`quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo`lgan
bilim - ko`nikmalarni rivojlantirish hamda malakaviy takomilga erishishdir.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda har bir talabaning o`zlashtirish darajasi va
qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- berilgan nazariy mavzu hamda masalalarni o`quv adabiyotlari yordamida
mustaqil va puxta o`zlashtirish;
- tanlangan mavzu bo`yicha referat tayyorlash;
- nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, matn tahlilida qo`llash.
- seminar va amaliy mashg`ulotarga tayyorgarlik ko`rish;
- tavsiya
etilgan mavzuga doir chizma, grafik, ma`ruza, maqola yoxud ijodiy
matn (va hokazo) yaratish.
Mustaqil ta`lim o`quv mashg`ulotarini olib boruvchi o`qituvchi tomonidan
nazorat qilinadi. O`quv fani bo`yicha mustaqil ta`lim
topshiriqlari kafedra
mutaxassisi tomonidan o`quv mashg`ulotini olib boruvchi o`qituvchi bilan birgalikda
tuziladi va kafedra yiqilishida tasdiqlanadi.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbai sifatida darslik, o`quv -
uslubiy qo`llanmalar, ma`lumotnomalar, lug`atlar, ilmiy - ommabop davriy nashrlar,
Internet tarmog`idagi tegishli ma`lumotlar va berilgan mavzular bo`yicha oldin
bajarilgan ishlar xizmat qiladi.
"Hozirgi o`zbek adabiy tili (Sintaksis)" fani bo`yicha
talabalarning mustaqil
ishlari o`quv semestri davomida ikki marta tekshirilib, har bir nazorat (maksimal) 10
ball bilan baholanadi. Semestr oxirida mustaqil ta`lim natijalari talabaning umumiy
reyting baliga qo`shiladi.
"Hozirgi o`zbek adabiy tili (Sintaksis)" fani bo`yicha mustaqil ish turlari va
mavzulari.
1. Nutq sintaksisi va lisoniy sintaksis
.
– 2 soat.
2.
So`z birikmasi (SB) sintaksisi.Birikish omillari va usullari.SB LSQlari–4 soat.
3. Gap sintaksisi. Sodda gap lisoniy– sintaktik qurilishi. SGLSQi va
variantlari
– 10 soat.
4. Qo`shma gap sintaksisi. Qo`shma gaplarning turlari, QGLSQi va variantlari.
Мurakkab qo`shma gaplar va ularning nutqiy ko`rinishlari– 18 soat.
5. Uyushgan gaplar. UGLSQi – 2 soat.
6.
O`zga gaplar. Ko`chirma va o`zlashtirma gaplar – 2soat.
7. Мurakkab sintaktik butunlik (МSB)lar. МSB – matnning tarkibiy qismi
sifatida – 2 soat.
Do'stlaringiz bilan baham: