O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi buхоrо muhаndislik-tехnоlоgiya instituti


-rasm.Pamidor qaylisi tayorlash texnologik tizimi



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/42
Sana14.05.2022
Hajmi2,02 Mb.
#603506
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Bog'liq
qishloq xojalik ashyolaridan yuqori texnologiyalar asosida sifatli maxsulot ishlab chiqarish yonalishida ilmiy tadqiqot izlanishlari

5-rasm.Pamidor qaylisi tayorlash texnologik tizimi
Uy sharoitida konservalash uchun shaklan dumaloq va po’sti silliq 
pomidorlarni, pomidor sharbati, qaylasi va bo’tqasi tayyorlash uchun esa po’sti 
yupqa, urug’i kamroq bo’lgan yirik va o’rtacha yiriklikdagi, yaxshi pishgan 
pomidorlarni tanlash kerak. 
Tayyor mahsulotning sifati pomidorning pishganlik darajasiga bog’liq. 
Pomidorlar etilganlik darajasiga qarab to’rt xilga ajratiladi: oq, qo’ng’ir pushti va 
qizil pomidorlar. 


31 
Pomidorlar etila borgan sari ularning tarkibida quruq moddalar, qand moddasi 
va vitaminlar miqdori ko’payaveradi. Qip-qizil bo’lib pishgan pomidorda bu 
moddalar eng ko’p to’plangan bo’ladi. 
Konservaga yashil (g’o’r) pomidor ozgina qo’shilgan taqdirda ham uning 
rangi va mazasi o’zgarib ketadi. 
Pishgan pomidorlarning kimyoviy tartibi quyidagicha: quruq moddalar – 4-
7% gacha miqdorda (bu, pomidorning naviga va agrotexnika sharoitlariga 
bog’liq), qand moddasi 2-5% gacha, tsellyuloza – 0,3-0,7% (pishgan, g’o’r 
pomidorda ko’proq); pektin moddasi jami quruq moddalarning 1,3-2,5% ini 
tashkil etadi; kislotalar o’rta hisobda 0,4%, azotli moddalar – 1%, kul moddasi – 
0,5-0,8%. 
Pishgan pomidorda 5,5% gacha kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, temir kabi 
mineral moddalar ham bor. 
Pomidorda bulardan tashqari har xil vitaminlar, yog’ va oqsil moddalar ham 
mavjud. Masalan, A vitamin – 1,6 mg% gacha, V
1
vitamin – 0,15 mg% gacha, V
2
vitamin – 0,07 mg%, gacha, S vitamin – 40-60 mg%, RR vitamin - -0,7 mg% 
atrofida, yog’ – 29% gacha, oqsil moddalar ham mavjud. Masalan. A vitamin – 1,6 
mg% - 35 gacha miqdorda.
Pomidor bo’tqasi (pyure) tayyorlash. Pomidor bo’tqasi quyuq va suyuq 
ovqatlarga qo’shilsa, ularning mazasi yaxshilanadi va foydali oziq moddalar bilan 
boyiydi. 
Bo’tqa (pyure) tayyorlash uchun bir tekisda etilgan qizarib pishgan, zaxa 
bo’lmagan, chirimagan, seret pomidorlar tanlanadi. Ular avvalo yaxshilab bir 
necha marta yuviladi, to’g’raladi va go’sht qiymalagichdan o’tkakziladi, so’ngra 
sirlangan idishda olovga qo’yiladi, qaynab chiqqanidan keyin elakdan o’tkaziladi 
(elak ko’zlarining kattaligi 1,5 mm dan ziyod bo’lmasin), so’ngra ikkinchi marta 
olovga qo’yiladi va dastlabki hajmi 2,5 baravar kamayguncha, doimo kovlab 
turgan holda qaynatiladi. Tayyor bo’tqa toza va isitilgan 1,0 l bankalarga 
to’ldiriladi, toza (qaynatilgan) tunuka qopqoqlar bilan mahkam burab bekitilib, 
to’ntarib qo’yiladi hamda asta-sekin sovub o’zidan o’zi sterillanishi uchun ustiga 
qalin mato yopib qo’yiladi; bu holda bankalarni qizdirish (sterilizatsiya qilish)ga 
hojat qolmaydi. Lekin 0,35 l va 0,5 l bankalarga to’ldirilgan pomidor bo’tqasi 
100
0
C da tegishlicha: 15 va 25 minut qizdirilishi lozim. 
Tayyor pomidor bo’tqasini bankalarga sovuq holida (qizdirmasdan) to’ldirsa 
ham bo’ladi. Bu holda qaynatib quyultirilgan bo’tqaga qaynoqligida vaznining 10 


32 
foizi miqdorida mayda tuz qo’shiladi va tuz batamom eriguncha bo’tqa qorishtirib 
turiladi. Tuzlangan bo’tqa bankalarga to’ldirilgach, ustiga o’simlik moyi quyiladi 
va bankaning og’zi nam va moy shimilmaydigan (pergament) qog’oz bilan 
bekitilib, kanop bilan bog’lab qo’yiladi. Bunday pomidor bo’tqasi mazasi jihatdan 
tunuka qopqoq bilan bekitilgan va qizdirilgan bankalardagi bo’tqalardan qolishadi. 
SHuning uchun uy sharoitida tayyorlanganda pomidor bo’tqasi solingan bankani 
muayyan haroratda qizdirish va tunuka qopqoqlar bilan mahkam burab bekitish 
tavsiya etiladi. 1 kg quyuq pomidor bo’tqasi tayyorlash uchun 3000 g pomidor 
kerak bo’ladi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish