O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi аlishеr nаvоiy nоmidаgi sаmаrqаnd



Download 442,5 Kb.
bet23/57
Sana21.06.2021
Hajmi442,5 Kb.
#72049
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
Bog'liq
Hayvonat ekologiyasi

4. Mavsumiy migratsiyalar

Turli hayvonlarda mavsumiy migratsiyalar turlicha xarakterda bo’ladi. Ushbu xususiyat ham oziqlanish yoki ko’payish singari instinkt (tug’ma odat) asosida sodir bo’luvchi murakkab biologik hodisadir. Mavsumiy migratsiyaning yuzaga kelishini organizmning tashqi muhit bilan reflektor bog’lanishi deb hisoblash lozim. Bu bog’lanishda retseptorlarga turli-tuman tashqi signallar ta’sir etib organizmni boshqarib turadi.

Mavsumiy migratsiyalar, ayniqsa, oziqlanish va oziqa manbai joyining almashinuvi bilan bog’liq bo’ladi. Shunga binoan, bir joydan boshqa joyga ko’chishga bir turdagi oziqaning yo’qolishi va boshqa turdagi oziqaning paydo bo’lishi sabab bo’ladi. Bu kabi “kichik migratsiyalar” ya’ni uzoq bo’lmagan ikkinchi joyga ko’chish oziqaning sifatini yomonlashuvi yoki oziqa zahirasining kamayishi tufayli sodir bo’ladi. Ko’pgina o’troq qushlar ko’payishini tugatgandan so’ng oziqasining kamayishi yoki tugashi sababli ko’chmanchi hayot tarziga o’tadilar. Dala sichqonlari, yumronqoziqlar va boshqa bir qator kemiruvchilar hududning tepalik joylarida oziqa bo’luvchi o’simliklar qurib qolgandan keyin, ular hududning past hamda yashil o’simliklar o’sib turgan joylarga ko’chib o’tadi. Qisqa masofalarga ko’chib o’tish, shuningdek, uzoq muddatli yog’in yoki quruqlik davri, yerni shudgorlash, o’simlikni o’rish, hosilni yig’ish kabi o’zgarishlar tufayli ham sodir bo’ladi. Qushlarninng mavsumiy uchib ketishi yoki kelishi tabiatning mavsumiy o’zgarishlari bilan bog’liq bo’ladi, lekin ushbu jarayonning sodir bo’lishida yorug’lik rejimi asosiy rol o’ynaydi. Migratsiyalarning amalga oshishi esa haroratning o’zgarishlarini hal qiladi.

Ko’pgina hayvonlarning migratsiyasi qor yog’ishi bilan bog’liqdir. O’rmonli hududda tuyoqli hayvonlar ignabargli daraxtlar zichroq joylarga (uchastkalarga) ko’chadi, chunki ushbu daraxtlarning shoxlari qorni o’zida ushlab qoladi va yerda uning qalinligi kam bo’ladi.

Ko’pgina migratsiyalar ichimlik suvi zahirasining kamayishi va suv ichishning qiyinlashuvi bilan bog’liq. Bunday migrasiyalarni cho’l va saxrolarda yashovchi hayvonlar, ayniqsa, qushlar amalga oshiradi. Ba’zi kunlari suv ichishi uchun 80-100 km masofani bosib o’tishi mumkin.

Shunday qilib mavsumiy o’zgarishlar va organizmning holati hamda faoliyati majmui turning yillik siklini hosil qiladi. Bitta turga mansub bo’lgan har xil populyatsiyalarning yillik sikllari bir-birinikidan farq qiladi. Gap shundaki, turning bir populyasiyasi shimolda uchrab, qishda uyquda bo’lsa, uning janubda yashovchi populyatsiyasi yil davomida faol hayot kechiradi.


Savollar:

  1. Biologik sikllar nima va ular qanday jarayonlarni o’z ichiga oladi?

  2. Qayta takrorlanmas va takrorlanuvchi o’zgarishlar qaysi ko’rinishlarda sodir bo’ladi?

  3. Sutkalik sikllar nima va uning ta’siriga binoan hayvonlar qanday guruhlarga ajraladi? Sutkalik faol qanday ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Sutkalik omillarga misol keltiring?

  4. Sutkalik, gorizontal va vertikal migratsiyalarning tarqalishi qanday sodir bo’ladi?

  5. Mavsumiy sikllar qanday zonalarda aniq ifodalanadi?

  6. Mavsumiy migratsiyalar nima bilan ifodalanadi?

Download 442,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish