O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi al-хоrazmiy nоmli urganch davlat univеrsitеti pedagogika fakulteti bt va sti yo`nalishi 4- bosqich 401-guruh talabasi


II bob “9-may-Xotira va qadrlash kuni” bo`limi materiallarini o`rganish



Download 217 Kb.
bet2/3
Sana28.06.2017
Hajmi217 Kb.
#18572
1   2   3

II bob

9-may-Xotira va qadrlash kuni” bo`limi materiallarini o`rganish.



2.1 Bo`limdagi”Eng muqaddas kun” ilmiy-ommabop maqolasini o`rganish.

Boshlang`ich ta’limda sinfda o`qish darslari izohli o`qish metodikasida olib boriladi. O`qish darslarida o`quvchilar tabiat, jamiyat, unda yashovchi kishilar hayoti haqida, ularning o`tmishi, hozirgi yashash hayoti haqida hamda mashhur kishilar to`g`risidagi turli janrdagi asarlarni o`qiydilar. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga tabiat, ob-havo, moddiy va ma’naviy boyliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar haqida har tomonlama bilim beriladi. Bilim olish jarayonida ularda jamiyat va tabiatga munosabat uyg`otiladi. O`qish darslarida bilim berish bilan birga o`quvchi shaxsi ham tarbiyalanib boradi. Binobarin, 3-sinf o`qish darslarida ham ta’lim-tarbiyaviy vazifalar kompleks ravishda hal qilinadi.

3-sinf “O`qish kitobi” darsligining “9-may-Xotira va qadrlash kuni” bo`limida o`quvchilar Yoqutxon Rahimovaning “Eng muqaddas kun” ilmiy-ommabop maqolasi bilan tanishadilar.

Ma’lumki, boshlang`ich sinflarda ilmiy –ommabop asarlarni o`qitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnat va ijtimoiy hayoti haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o`rgatishdan iborat.

Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o`tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug` siymolar amalgam oshirgan ishlar, tarixiy sanalar to`g`risida bilim beradi. 3-sinf o`qish darsligidan o`rin olgan “Eng muqaddas kun” mavzusidagi matn ham keng nishonlanadigan tarixiy sanaga bag`ishlangan. Bu matnlar matnlarni o`quvchilarni nafaqat xalqimiz tarixidagi tarixiy sana bilan tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va ma’suliyatni teran anglashga ham yordam beradi. O`quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg`usi shu tariqa shakllanadi.

Vatanimiz o`tmishi haqida hikoya qilingan ilmiy-ommabop asarlar bilan tanishtirish va ularni tahlil qilish jarayonida o`quvchilar o`tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo`ladilar. Jamiyat taraqqiyoti haqida qisqacha bo`lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada, ayniqsa, matn tahliliga alohida e’tibor berish zarur.

3-sinfda “Eng muqaddas kun” matnini o`qish bilan Xotira maydonlariga borish, muzeylarda bo`lish, mamlakatimizda yuz bergan o`zgarishlarning guvohi va ishtirokchilari bo`lgan insonlar uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq.

Matinni o`qish darsida ko`rgazma sifatida kinofilmlardan ham foydalanish mumkin.

Matnni unga mos rasmlar bilan bog`lab o`qitish kishilarning baxtli hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning dushmanlardan Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yetishga yordam beradi; o`quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi mehnat tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar. Tinch hayotning oily ne’mat ekanligini anglaydilar.

3-sinf o`quvchilari Yoqutxon Rahimovaning “Eng muqaddas kun” mavzusidagi maqolasini o`qish orqali o`tmish ajdodlarimiz Vatanimiz uchun jon olib, jon berganliklarini, yurtimiz uchun va uning bugungi ozod, farovon hayoti uchun qurbon bo`lganlar xotirasini abadiylashtirishning ahamiyatini bilib oladilar.

Shuningdek, bu kun yoshi ulug`larni, nuroniy otaxon-u onaxonlarni qadrlash kuni ekanliklari haqidagi ma’lumotlarga ega bo`ladilar.

Yoqutxon Rahimovaning “Eng muqaddas kun” mavzusidagi ilmiy-ommabop maqolasini izohli o`qish darsini uyushtirish quyidagicha reja asos qilib olinishi mumkin.



  1. O`qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat o`tkazish.

  2. Maqolani yoki uning ma’lum bir qismini o`qish, o`quvchiga notanish bo`lgan so`zlar ma’nosi ustida ishlash;

  3. Maqola rejasini tuzish;

  4. O`qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish;

  5. Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish;

  6. Reja asosida maqolani qayta o`qish;

  7. Maqolani yaxlid o`qish. Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tayyorlash va maqola mazmunini yaxshi o`zlashtirishlariga erishish maqsadi ko`zda tutiladi;

  8. Reja asosida qayta hikoyalash;

  9. Xulosalash va umumlashtirish.

Ushbu ko`rsatilgan reja asosida 3-sinfda “Eng muqaddas kun” maqolasini o`rganish darsi ishlanmasi quyidagicha bo`lishi mumkin:

Mavzu: 9-may – Xotira va qadrlash kuni.

Dars materiallari: “Eng muqaddas kun” matni va matnga oid rasm.

Darsning maqsadlari:

Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga “Eng muqaddas kun”matnini o`qitish.

Tarbiyaviy maqsad: Vatan degan muqaddas tuyg`uni, uning aziz insonlarini, alloma-y ulamolarini, mo`tabar ona-Vatan himoyasi uchun jonini ayamagan mard, jasur,jafokash o`g`lonlarini yana bir bor yod etish. Vatan uchun jon olib-jon bergan, hozirda hayot bo`lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining qadr-qimmati buyuk ekanligini o`quvchilar qalbiga singdirish.

Rivojlantiruvchi maqsad:

o`quvchilarning so`z boyligini, mantiqiy tafakkurini o`stirish. Ro`znoma,oynomalarni o`qishga qiziqish uyg`otish.



Dars metodi: tushuntirish, suhbat, mustaqil ish, ko`rgazmali metod va test usulidan foydalanish.

Darsning borishi:

  1. Darsni tashkil qilish. O`quvchilarning darsga hozirligi aniqlangach, o`tgan darsda o`tilgan ”Go`zal fazilat-inson husni” bo`limi yuzasidan o`quvchilar bilimini test topshiriqlari orqali aniqlab baholanadi. O`qituvchi o`quvchilarning qanday bayramga tayyorgarlik ko`rayotganlarini so`raydi va yangi mavzu: 9-may Xotira va qadrlatish kuni haqida tushuncha beradi.

  2. “Eng muqaddas kun”matnini o`qish.

  3. Matnni o`qishga tayyorlash.

  4. O`qituvchi “Eng muqaddas kun” matnini ifodali o`qib beradi.So`ng o`quvchilar navbati bilan o`qiydilar.

  5. Lug`at ustida ishlash:

Muqaddas -aziz, tabarruk

Qadamjo -ziyorat qilish uchun boriladigan, muqaddas deb sanalgan joy, ziyoratgoh.

6.O`quvchilar matnni qay darajada o`zlashtirganliklarini aniqlash uchun dastlabki suhbat o`tkaziladi.

Suhbat uchun savollar:



  • Yurtdoshlarimiz nima uchun kurashdilar?

  • O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-may haqidagi Farmoni qachon qabul qilindi?

  • Farmonga ko`ra 9-may qanday kun deb e’lon qilindi?

  • Xotira maydonida bo`lganmisiz?

  • Xotira maydoni haqida bilganlaringizni gapirib bering?

  • Matn ustida ishlash.

217-betdagi rasm sizga tanishmi? Rasmda tasvirlanganlarni qayerda ko`rgansiz? Qachon? Kim bilan? (so`zlang)

Sizning mahallangizda “Xotira va Qadrlash kuni” nima ishlar qilingan? savoliga javob olinadi.

8.Matnni yaxlit qayta o`qitish va yaxlit qayta hikoyalatish.

9.Maqol ustida ishlash.

“Qo`shning tinch-sen tinch” maqolining mazmunini ochib bering.Mavzuga bog`lang.

10.”Eng muqaddas kun” matni (218-bet) ga oid berilgan savol va topshiriqlarga javob olib mavzu mustahkamlanadi.

11. Eng muqaddas kun”matni o`qib qanday savoliga o`quvchilar javobni tarmoqlash ustida yozib beradilar.


























12. Uyga vazifa: “Eng muqaddas kun matnini o`qish, matnga doir savollar asosida so`zlashga o`rganib kelish.

13. Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.

Dars ishlanma rejadan ham ko`rinadiki, maqolani o`qish darsida tushuntirish, suhbat, mustaqil ish turlaridan unumli foydalaniladi. Matndagi o`quvchilar uchun tushunarli bo`lmagan so`zlar ma’nosi izohlanadi. Bu esa o`quvchilarning lug`at boyligini oshiradi va nutqini o`stiradi.

Ilmiy-ommabop maqolani uzviy birlikda o`rganish o`quvchilarning mavzuda bayon etilgan tarixiy-adabiy hodisalarni, ular o`rtasidagi umumiylikni, har bir davrga ega xususiyatlarni anglab olishlarini ta’minlaydi. Bu esa bolalarni kelgusida gazeta va jurnallarni o`qishga tayyorlaydi, ijtimoiy-siyosiy atamalarini o`zlashtirishga yordam beradi, ularning mantiqiy tafakkurini va nutqini o`stiradi.

Bu maqola xalqimizning hayoti, mehnati va kurashi haqida yangi bilim berishbilan birga, bolalarni Vatanga, xalqqa muhabbat ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi.



2.2. Bo`limdagi Muhammad yusufning “Yurtim, ado bo`lmas armonlaring bor” she’rini o`rganish.
Yosh avlod ongida ma’naviy barkamol inson ruhini shakllantirishda boshlang`ich ta’limda yetakchi o`rinni egallagan o`qish va nutq o`stirish darslarining ahamiyati kattadir. Chunki o`qish va nutq o`stirish mashg`ulotlari orqali bolalarga faqat bilimgina emas, tarbiya ham berib boriladi. O`sib kelayotgan yosh avlodda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish har bir o`qituvchining diqqat markazida bo`lmog`i lozim. Boshlang`ich sinf o`qish va nutq o`stirish materiallarining timatikasi va mazmuni o`quvchilarni har tomonlama rivojlantirishni ko`zda tutadi. Binobarin, 3-sinf “O`qish kitobi” darsligining “9-may - Xotira va qadrlash kuni” bo`limida berilgan atoqli o`zbek shoiri Muhammad Yusufning “Yurtim ado bo`lmas armonlaring bor” she’ri ham shu maqsadni ko`zda tutadi. She’r ravon o`qilishi, qofiyasi o`ynoqiligi bilan ajralib turadi. Zero, she’rning o`zi ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his tuyg`uifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutq sifatida ajralib turadi. Boshlang`ich sinflarda she’rni o`qiganda kichik yoshdagi o`quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetic tasviridan hayajonlanishlariga erishish muhim ahamiyatga ega.

M. Yusufning “Yurtim ado bo`lmas armonlaring bor” she’rini o`qish darsida asosiy ish turi ifodali o`qish hisoblanadi. 3-sinf o`quvchisi oldingi sinflarda ifodali o`qish malakasini egallagan bo`ladi. Bu she’rni o`qish va tahlil qilish o`qituvchidan katta mahorat ta’lab qiladi. Agar, she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashilsa, bunday holda she’r ma’nosining satrlar, so`zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o`quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag`zini chaqa olmaydilar. Shuningdek,sheriy ohangni his qilmaslik, matn so`zlarini to`la tushunib yetmaslik she’r yodlashni zerikarli mashg`ulotga aylantiradi. Ma’nosi anglanmagan matnni yodlash oson kechmaydi. Shuning uchun o`qituvchi she’rni o`qishdan oldin mazmuni yuzasidan suhbat uyushtiradi, uning matnidagi o`quvchilar uchun tushunarsiz bo`lgan so`zlarning ma’nosini doskaga yozib tushuntirib beradi. She’rni o`rganishda “shahid”, “qadoq”, “qayinbarg”, “fig`on” kabi so`zlar ma’nosiga izoh beriladi.

She’rni o`qishdan oldin ona yurtimiz, mustaqil O`zbekiston haqida, uning o`tmishdagi hayoti, istiqlol, hozirgi baxtli hayotimiz haqida suhbat o`tkaziladi. Ma’lumki O`zbekiston 1991-yilda o`zmustaqilligini e’lon qildi va 1-sentabr kuni “Mustaqillik kuni” deb e’lon qildi. Ammo istiqlol uchun necha asrlardan beri xalqimizning eng buyuk farzandlari o`z jonini fido qilmadilar. Mana shular yuzasidan o`qituvchi suhbat o`tkazadi. She’rni o`qish darsida Vatanimiz o`tmishi, buguni tasvirlangan rasmlardan, filmlardan ham foydalanish mumkin. Shundan so`ng she’r ifodali o`qiladi:

Yurtim ado bo`lmas armonlaring bor,

Toshlarni yig`latgan dostonlaring bor.

O`tmishingni o`ylab og`riydi jonim,

Ko`ngling to`la shahid o`glonlaring bor.

She’r to`rt banddan iborat. O`qituvchi har bir bandni tinish belgilar va ohangga rioya qilgan holda ifodali o`qiydi, uni o`quvchilar o`zlashtirib olishiga diqqt qiladi.

Ko`rinadiki, boshlang`ich sinflarda ko`rgazmali ta’limning asosiy shakli she’rni ifodali o`qish hisoblanadi. She’rni ham o`quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish muhim. Shuning uchun she’r birinchi marta o`qilganda, hech qanday tushuntirish berilmaydi. She’r o`quvchilarga qanday ta’sir qilganini hisobga olish, bilish zarur. O`qituvchi sherni shunday ifodali o`qishi kerakki, bolalar uning asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli so`z kuchliroq ta’sir etsin. So`ngra she’rni mustaqil o`qish topshiriladi. O`qish oddiy bo`lishi kerak. O`qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandchilik, qahr-g`azab hissini qichqiriq ovoz bilan sohta ifodalashga yo`l qo`ymaslik zarur. Bolalar she’rni o`qiganda, she’riy satrga rioya qilishlari kerak, bu jarayonda ularning she’r ritmini buzmasliklariga erishish kerak.

Shundan so`ng, she’r o`quvchilarga navbat bilan o`qittiriladi, uning mazmuni yuzasidan savollar asosida suhbat o`tkaziladi. Unda quyidagicha savollar berilishi mumkin: “She’r nima haqida ekan?”, “Ona yurtning qanday armonlari bor ekan?”, “Nima uchun shoir o`tmishni o`ylab joni qiynaladi?”. O`qituvchi berilgan javoblarni to`ldirib, o`quvchilarning Vatan armoniga doir tushunchalarini boyitadi.

She’rning to`la mazmuni uch to`rt o`quvchilarga gapirtiriladi, ularning fikr-mulohazalari to`ldiriladi.

She’r matni ham savollar asosida tahlil qilinadi. Ammo she’r mazmuni haqida o`quvchilarga ko`p savol berish tavsiya etilmaydi. O`quvchilar she’rning asosiy mazmunini tushunganliklariga ishonch hosil qilishning o`zi kifoya.

M.Yusufning “Yurtim, ado bo`lmas armonlaring bor” she’rni izohli o`qish darsining tuzilishi quyidagicha bo`lishi mumkin:


  1. She’r mazmunini yaxlit idrok etish uchun uni ifodali o`qib berish (birinchi sintez);

  2. She’rda tasvirlangan payt, hodisa haqida suhbat (analiz);

  3. She’rni ifodali o`qishni mashq qilish (ikkinchi sintez) ;

  4. She’rni yod aytib berishga tayyolanish.

Shu asosda « Yurtim, ado bo`lmas armonlaring bor » she’rini o`rganish darsi ishlanmalari quyidagicha bo`lishi mumkin:

Mavzu : Yurtim, ado bo`lmas armonlaring bor. (M.Yusuf)

O`quv materiali: Yurtim, ado bo`lmas armonlaring bor. (M.Yusuf)

Darsning maqsadlari:

Ta’limiy maqsad: M.Yusufning “Yurtim, ado bo`lmas armonlaring bor” she’rini ifodali o`qish.

Tarbiyaviy maqsad: Ona yurt ozodligi uchun jon fido qilgan insonlarni ulug`lash, bugungi osoyishta va baxtli hayotimiz qadriga yetish tuyg`ularini o`quvchilar qalbiga singdirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: She’r matni ustida ishlashga o`rgatish; o`quvchilarning lug`at boyligini, mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish.

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi, lirik she’r o`qish darsi.

Darsning metodi: Ifodali o`qish, suhbat, mustaqil ish metodi, tarmoqlash metodi.

Darsning jihozi: Vatan sarhadlari, uning fidoiy farzandlari tasvirlangan rasmlar. M.Yusuf portreti, shoir haqidagi ma’lumotlar.

Darsning borishi:

  1. O`quvchilarda yangi mavzuni o`rganishga qiziqish uyg`otish, maqol aytish yo`li bilan bugungi darsning mavzusini aniqlashtirish:

Bulbul chamanni sevar, odam Vatanni.

Ona yurting omon bo`lsa rangi ro`ying somon bo`lmas.

Savol: Bugungi o`qish darsimiz qaysi mavzu haqida ekan?


  1. Ona yurt haqida kirish suhbati. Doskaga O`zbekistonning davlat ramzlari, tabiati hayoti tasvirlangan rasmlar ilinadi. Savollar:

  • Vatan nima?

  • O`zbekiston tarixi haqida nimalarni bilasiz?

  • Yurtimizda qanday buyuk zotlar o`tgan?

  • Vatan haqida qanday maqollarni bilasiz?

  1. O`quvchilarning ona yurt haqidagi tushunchalarini aniqlash. Topshiriq.

Ona yurtimizni tavsiflang. O`qituvchi Klaster ( tarmoqlash) usulida yozib boradi:



  1. Doskaga “Yurtim, ado bo`lmas armonlaring bor” Muhammad Yusuf deb yoziladi. O`qituvchi -She’r muallifi kim ekan? U haqida nimalarni bilasiz?

O`qituvchi hikoyasi.

Muhammad Yusuf – istedodli o`zbek xalqi shoiri. U qisqa umr ko`rgan. Shoir o`z ijodini yosh avlodni ilmga ishtiyoq, ona – Vatanga, jonajon yurtimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga bag`ishladi.

Muhammad Yusufning ”Chamanistonim”, “Vatanni seving”, “Turkiston madhiyasi”, “Vatanim”, “Inshaalloh”, “Tavallo” kabi she’rlarida ona- Vatanimiz O`zbekiston, uning istiqloli va hur hayotimiz madh etiladi. Undan bir qancha she’riy to`plamlari nashr qilingan. Jumladan, 2008-yilda “Biz baxtli bo`lamiz” kabi kitoblari bosildi.

Kitoblari ko`rsatiladi, ularni o`qishga da’vat etiladi. O`qituvchi uning biror she’rlaridan parcha berishi ham mumkin.

Ona yurtim o`zbekistonim,

Poylaringga sadha bu jonim.

Dunyolari ichra bir dunyo,

O`xshashi yo`q chamanistonim.

Yuragimda bir orzu-havas,

Senga sodiq o`gil bo`lsam bas.



  1. She’r bilan tanishtirish.

O`qituvchi she’rni ifodali o`qib (yoki yod aytib) beradi.

  1. She’r yuzasidan kirish suhbati.

  • She’r nima haqida ekan? She’rdagi qaysi jumlalar sizga juda yoqdi?nima uchun?

  1. She’rdagi ma’nosi qiyin so`zlarga izoh beriladi. Shahid – bevaqt, o`z tabiiy o`limi bilan vafot etmagan shaxs; fig`on – nola.

  2. She’r ichda o`qitiladi.

  3. She’rni topshiriqlar asosida o`qitish.

  • Birinchi to`rtlikni o`qing. Unda qaysi so`z va iboralar o`z ma’nosida qo`llanmagan? Ularning qaysi ma’noda qo`llanganini izohlashga harakat qiling.

  • Yurtim, ado bo`lmas armonlaring bor.

Toshlarni yig`latgan dostonlaring bor

O`tmishingni o`ylab og`riydi jonim,

Ko`ksing to`la shahid o`g`lonlaring bor.


  • Qo`ling qadog`iga bosay yuzimni. Bu misrada jonlantirish qo`llanganmi? Jonlantirish deganda nimani tushunasiz?

Mustaqil ish. 2-topshiriq

  • To`rtinchi to`rtlikni o`qing

Qurboning bo`layin, ey onajonim,

Sening faryodlaring-mening fig`onim.

O`tmishingni o`ylab o`rtanar jonim,

Aytsam ado bo`lmas armonlaring bor.



  • Shu to`rtlikning keyingi ikki misrasidagi so`zlarning ma’nosini tushuntirishga harakat qiling.

  1. She’r navbat bilan o`quvchilarga ifodali o`qitiladi. She’r ifodali o`qilganda o`quvchilardan o`rtog`I o`qiganda kuzatib boorish, kamchiliklarini aniqlash va to`g`irlash ta’lab qilinadi. Shunda o`quvchilarning o`qishga bo`lgan sezgirligi oshadi.

  2. Shundan so`ng o`qituvchi bolalar bilimini baholab, mavzuga yakun yasaydi.

  3. Uyga vazifa. She’rni yod olish.

“9-may – Xotira va qadrlash kuni” bo`limida berilgan M.Yusufning “Yurtim, ado bo`lmas armonlaring bor” she’rini o`qib-o`rganish orqali ona yurtiga sadoqatli har bir inson aziz ekanligi o`quvchilar ongiga singdiriladi. Yosh avlodni ma’naviy yetuk inson qilib tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.
2.3. Bo`limdagi hikoyalarni o`rganish metodikasi.
Yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash masalasi hozirgi ta’lim jarayonining asosiy ustuvor vazifalaridan biridir. Bu vazifa boshlang`ich ta’limda hikoya o`qish darslarida ham amalgam oshiriladi. Hikoya o`qish darslari boshlang`ich ta’lim o`qish va nutq o`stirish dasturi asosida tashkil qilinadi. Dastur asosida tuzilgan “O`qish kitobi” darsliklaridagi materiallar o`quvchilarda o`qish ko`nikmasi, o`qilgan matn mazmunini to`g`ri tushunish va unda ishtirok etgan personajlarning xatti-harakatlarini, voqea-hodisalarni to`g`ri baholay olish ko`nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

3-sinf “O`qish kitobi” darsligining “9-may – Xotira va qadrlash kuni” bo`limida Ullibibining “E’zoz” hamda Sobit G`ofurovning “Mag`zi shirin” hikoyalari berilgan. Mazkur hikoyalar ham o`quvchilarning xalqimiz hayotida keng nishonlanadigan tarixiy sana 9-may kuni haqida, uning nomlanishi haqidagi tushunchalarini kengaytirishga xizmat qiladi. Zero, bolalar yoshligidan bu kunning shonli kun ekanligini, barcha odamlar tomonidan nishonlanib bayram qilinishini biladilar. Ularning o`zlari ham bevosita shu narsalarning ishtirokchilari bo`lganlar. Endi ular bo`limda berilgan hikoyalarni o`qish, uni mazmunini o`zlashtirish jarayonida bu kun haqidagi tasavvurlarini yanada kengaytiradilar. Chunki, hikoya mazmunan boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Binobarin, o`quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi ko`rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalari haqidagi hikoyalar ko`proq qiziqtiradi. Shundan kelib chiqqan holda o`quvchilarni badiiy asar turi hisoblanmish hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog`lab olib boriladi.

3-sinflarda hikoyani o`qishga bag`ishlangan izohli o`qish darslarida o`qilgan hikoya mazmunini ochish, lug`at ustida ishlash, o`qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi.

“E’zoz” va ”Mag`zi shirin” hikoyalarining mazmuni savollar asosida tahlil qilinadi. O`quvchilarga beriladigan so`roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o`rtasidagi bog`lanishni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Shu bilan birga bu hikoyalarni o`qish darslarida o`quvchilar tushunmaydigan so`z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, bo`lmasa o`quvchilar hikoya mazmunini tushuna olmaydilar.

Bu hikoyalarni o`qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o`quvchilar nutqini o`stirish markaziy o`rin egallaydilar. Hikoya o`qib bo`lingach, o`quvchilar o`ylashi, o`z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O`qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad, hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya syujeti, voqeaning yo`nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat , asarning asosiy g`oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.

Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to`liq tushuntirishga berilib ketib, qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim.

Ma’lumki, ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o`ziga tortadi. Lekin hikoya janri ham hayotiyligi bilan o`ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog`liq hayotiy lavhalar bayon etiladi. O`quvchilar qahramonlarning xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. O`quvchilar “E’zoz” hikoyasida Bob ova uning nevarasi Nodir suhbatidan 9-may kunining qanday kun ekanligini, nima uchun bu kunning Xotira va qadrlash kuni deb atalishini bilib oladilar. Hikoyaning mazmunini anglatish uchun quyidagi savollar beriladi:


  1. 9-may qanday kun?

  2. Bobo bilan nodir qayerda yonma-yon o`tirishdi?

  3. Bobo “Motamsaro ona” yodgorligi haqida nimalarni aytdi?

  4. Keksalar qanday tilak bildirishdi?

O`quvchilar bilan shu tarzda savol-javob o`tkazilgach, ularning hikoya mazmuni va g`oyasini qanday anglaganliklarini aniqlash, o`z xulosalarini bayon etish uchun ham “Aqliy hujum” uyushtirish mumkin. Bunda quyidagi savollarni berish maqsadga muvofiq bo`ladi:

  1. “Motamsaro ona” yodgorligi qanday yodgorlik, u haqida nimalarni bilib oldingiz?

  2. “Xotira va qadrlash kuni” ning ma’nosi nimadan iborat ekan?

  3. Siz 9-mayda Mustaqillik maydonida bo`lganmisiz?

O`quvchilar bu savollarga javob berishga ijodiy yondashadilar, bunda ularning tafakkurlari bilan birga nutqlari ham rivojlanib borishiga sharoit yaratiladi.

S.G`ofurovning “Mag`zi shirin” hikoyasi yuzasidan quyidagi savollarni berish mumkin:



  1. Nima uchun otaning ko`zlarida yosh qalqidi?

  2. Ota hayol surib nima dedi?

  3. Bolalar otani yupatib nima dedilar?

Bu kabi savollar o`quvchilarni o`ylanishga, mulohaza yuritishga undaydi, ularning bilim doirasini kengaytiradi. Voqea-hodisalarga o`z shaxsiy munosabatlarini paydo qilishga yordam beradi. Shu bilan birga o`qituvchi o`quvchilarning o`ziga hikoya bo`yicha savollar tuzdirishi va shu asosda savol-javob orqali o`quvchilarning hikoya mazmunini o`zlashtirib olishlariga erishish mumkin.

3-sinf hikoyalarni o`qish darslarida amalga oshiriladigan ish turlaridan yana biri lug`at ustida ishlash hisoblanadi. Zero, hikoyalarni o`qish darslarida matndagi o`quvchilar tushunmaydigan so`z va iboralar ma’nosini tushuntirish juda muhim, bo`lmasa o`quvchilar hikoya mazmunini tushuna olmaydilar.

“E’zoz” hikoyasi matnidagi xotira, yodgorlik, motamsaro, majmua, qadr kabi so`zlar ma’nosini izohlash muhim hisoblanadi.

“Mag`zi shirin” hikoyasidagi hasrat, navqiron o`g`il kabi so`z va so`z birikmalarining ma’nosini tushuntirish yaxshi samara beradi.

Boshlang`ich sinflarda hikoya tahlili adabiy tur sifatida o`ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish ko`rishni taqozo etadi. Undagi har bir so`z, ibora gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi. Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o`rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o`qish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo`lishi lozim.

3-sinfda “E’zoz” va “Mag`zi shirin” hikoyalari syujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarni o`rganish bo`yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o`quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi.

“E’zoz” hikoyasi qahramonlarini, ularning xatti-harakatlarini o`rganish va tahlil qilishni matnga tayangan holda quyidagi reja asosida amalgam oshirish mumkin;


  1. Bobo bilan nabira.

  2. “Motamsaro ona” yodgorligi.

  3. Keksalar ko`rindi.

  4. Keksalar tilagi.

Shundan so`ng o`quvchilar xotira va qadrlash kuni haqida ongli fikr yuritadilar. Tinchlikning oily qadriyat ekanligi xususida fikr yuritadilar.

Mazkur hikoyalar mazmunini o`zlashtirish bo`yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga oshiriladi.



  1. Matn mazmuni yuzasidan o`qituvchi savollarga javob berish;

  2. Hikoya matniga berilgan savol-topshiriqlarni bajarish;

  3. Hikoya mazmuni yuzasidan o`quvchilarning savollar tuzishi;

  4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish;

  5. Hikoya matnini qismlarga bo`lish;

  6. Har bir qismga sarlavha topish;

  7. Hikoyaga reja tuzish;

  8. Reja asosida qayta hikoyalash (to`liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash)

  9. Reja asosida bayon yozish.

Hikoyalarni o`rganishda qo`llaniladigan metodlardan yana bir hikoya matnini qismlarga ajratish va ularning har biriga sarlavha topishdan iboratdir. Masalan, “Mag`zi shirin” hikoyasi uch qismga bo`linishi, har bir qismga quyidagicha sarlavha qo`yilishi mumkin:

  1. Otaning hasrati.

  2. Bolalar otani yupatdi.

  1. Ota va bolalar quvonchi.

Tahlilida o`qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o`ziga xosligi, obrazli tasvirning o`quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muofiqligi nazarda tutiladi.

Hikoyani o`rganishda savollarni, odatda, o`qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatmashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o`quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o`z fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog`lanishli to`liq esda saqlab qolishda o`quvchilarga yordam beradi.

“E’zoz” va “Mag`zi shirin” hikoyalarini izohli o`qish darsini quyidagicha reja asosida olib borish mumkin:


  1. Hikoyani o`qishga tayyorlash ( hikoyadagi kabi odamlar hayoti va davrga xarakteristika berish va boshqa);

  2. Hikoyani o`qish ( bunda to`liq va ma’no jihatdan tugal qismini o`qituvchi yoki oldindan tayyorlangan o`quvchi ifodali o`qishi mumkin);

  3. Lug`at ustida ishlash;

  4. Idrok etishni tekshirish ( qatnashuvchilarning xatti-harakatlari, shaxslar va voqealar o`rtasidagi munosabatlar yuzasidan qisqacha suhbat);

  5. Hikoyani qayta o`qish ( qismlarga bo`lib, rollarga bo`lib o`quvchilarga o`qitish);

  6. Hikoyaning har bir bo`limi ( qismi) yuzasidan uyushtirish, hikoya rejasini tuzish;

  7. Reja asosida qayta hikoyalash;

  8. Hikoya asosida ijodiy va mustaqil ishlar;

  9. Hikoyani ifodali o`qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish ( sinfda yoki uyda);

  10. Hikoyani ifodali o`qish va ifodali qayta hikoyalash.

Yuqoridagilardan ko`rinadiki, bo`limdagi hikoyalarni o`qish darslarini tashkil qilishda o`qituvchi to`g`ri ish metodlaridan foydalanadi va bulardan barchasi dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga bu hikoyalar o`qish bilan o`quvchilarda Vatan uchun jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini muqaddas bilish, el-yurt uchun xizmat qilganlarni qadrlash tuyg`ularini hosil qilishga erishiladi.


Download 217 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish