2. Tog` jinslarining deformatsiyasi va mustahkamlik xossalari
Deformatsiya - bu jismning massasi o’zgarmagan holda tashqi kuchlar ta'sirida hajm va shaklning o’zgarishidir. Tog` jinslari shartli ravishda mustahkam, plastik va sochiluvchan turlarga bo’linadi.
Guk qonuniga muvofiq jismning nisbiy deformatsiyasi kuchlanishga ( ) to’g`ri mutanosib, va taranglik koeffitsienti yoki Yung moduli (E) ga teskari mutanosib, ya'ni
(2.2)
Aksariyat tog` jinslari katta diapazonli kuchlanishlarda Guk qonuniga bo’ysunadi. Siqilish kuchlanishi oshgan sari deformatsiya kuchayadi. Kuchlanish va deformatsiya orasidagi bog`lanish tog` jinsiga bo’lgan kuchlanish muddatiga qarab o’zgaradi.
Uzoq kuchlanish ta'sirida tog` jinslarining mexanik xossalari o’zgarishi ularning reolagik xususiyatlari deb ataladi.
Tog` jinslarining geologik xossalari deb, ularning mexanik harakteristikalarining doimiy ta'sir qiluvchi kuchlar ostida o’zgarishiga aytiladi. Bu o’zgarish Krip hodisasi bilan harakterlanadi. Krip hodisasi deb, deformatsiyaning asta - sekin oshishi natijasida tog` jinsining oqish xususiyatiga ega bo’lishiga aytiladi. Tog` jinslarining mexanik yemirilishiga qarshilik ko’rsatish ularning mustahkamligi bilan bog`liq.
Mustahkamlik tog` jinslarida, ayniqsa, ohaktoshlarda loy zarrachalarining soni oshgan sari ularning siqilishga qarshi mustahkamligi sezilarli darajada kamayadi. Mustahkamlik jinslarning donadorlik tarkibiga ham bog`liq. Mayda zarrachali tog` jinslari yirik zarrachali tog` jinslariga nisbatan yuqori mustahkamlikka ega.
Mustahkamlik tog` jinslarining tarkibidagi suv miqdoriga boqliq. Masalan, qumtosh va ohaktosh suv bilan to’yinganda ularning mustahkamligi 25 - 45 % gacha kamayadi.
3. Tog` jinslarining taranglik xususiyatlari
Qatlam bosimi pasayishi jarayonida qatlamda neft, suv va gaz kengayadi, tog` bosimi (qatlamdan yer yo’zigacha bo’lgan tog` jinslarining og`irligi) ta'sirida kovak kanallari qisqaradi.
Suyuqlik va qatlamning tarangligi kichik miqdorga ega bo’lsa ham, V.N.Shelkachev tadqiqotlariga muvofiq katta, hajmli qatlamlarda yuqori bosim ta'sirida quduqlardan ancha miqdorda suyuqlik olinadi. Shuning uchun neft konlarini loyihalashda tog` jinsi va suyuqlik tarangligi hisobga olinishi lozim.
Taranglik xususiyati - siqiluvchanlik koeffitsienti ( ) orqali belgilanadi.
(2.3)
(2.4)
Bu yеrdа: dP bоsimgа muvоfiq hаjm dV;
- mоs rаvishdа tоg’ jinsi vа suyuqlikning siqiluvchаnlik kоeffitisiеnti.
D.А.Аntоnоvning tеkshirishlаri bo’yichа suyuqlik vа tоg’ jinslаrining siqiluvchаnlik kоeffitisiеnti
vа оrаsidа o’zgаrishi mumkin.
Hisоblаshlаrni оsоnlаshtirish uchun ko’pinchа tоg’ jinsi vа suyuqlik tаrаnglik kоeffitisiеntining umumiy kаttаligidаn fоydаlаnilаdi:
(2.5)
Bu yеrdа: m - g’оvаklilik kоeffitisiеnti.
Do'stlaringiz bilan baham: |