O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzir


I. BOB. XVII ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVIII ASRDA AVSTRIYA IMPERIYASI



Download 217,33 Kb.
bet5/11
Sana31.12.2021
Hajmi217,33 Kb.
#246792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5283280820323224758

I. BOB. XVII ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVIII ASRDA AVSTRIYA IMPERIYASI

1.1. 30 yillik urushdan keyin Gabsburglar monarxiyasi

O'ttiz yillik urush(1618-1648) va Vestfal tinchlik sulhi Avstriyaning tashqi siyosati va xalqaro obro'siga katta o'zgarishlar kiritdi.G'arbiy Yevropada yangi yerlarni bosib olishnning mumkin emasligi yaqqol ko'rinib qoldi.O'zining asriy raqibi Fransiya bilan raqobat kun tartibidan olib tashlanmasada,endiAvstriya Sharqqa ,hukmronligi borgan sari kuchsizlanib borayotgan Usmoniylar imperiyasi egallab turgan yerlarga o'z nigohini qaratdi. 1664-yili Montekkukoli qo'mondonligidagi avstriyaliklar armiyasi turk qo'shinlari ustidan dastlabki yirik g'alabani qo'lga kiritdi.Ammo Sen-Gotard yonidagi bu g'alaba rivojlantirilmadi va mustahkamlanmadi.Imperator Leopold I (1640-1705) tinchlik sulhini tuzishga shoshildi. Natijada vujudga kelgan imkoniyatdan turklar yangi urushga tayyorgarlik ko'rish uchun foydalandi.Fransuzlar tomonidan gijgijlatilgan Turkiya 1683-yili urush harakatlarini yangidan boshlab,yomon qurollangan va tayyorgarlik ko'rmagan Avstriya qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratdi va 10-iyul kuni Venani qamal qildilar.Avstriya halokat yoqasiga kelib qoldi.Polsha qiroli Yan Sobeskiy qo'shinlarining yordami Avsriyani muqarrar halokatdan qutqaribgina qolmasdan ,turklar bosqini xavfidan butunlay xalos qildi."Muqaddas Liga"(Vatikan,Venetsiya,Polsha) tomonidan qo'llab-quvvatlangan Avstriya endi birin-ketin g'alabalarga erishib ,1685-yili Buda hududini va Vengriyaning katta qismini egalladi, ikki yildan so'ng esa Transilvaniya va Serbiya hududiga kirib bordi.Turkiya bilan urush qariyb 10 yil davom etdi.1697-yili yosh shahzoda va o'z davrining qobiliyatli sarkardasi Yevgeniy Savoyskiy (1663-1736) Zenta yonidagi jangda hal qiluvchi g'alabaga erishdi. 1669-yilning boshida Karlovitsa tinchlik sulhi imzolanib ,unga ko'ra butun Vengriya ,Transilvaniya va Xorvatiya Gabsburglar hukmronligi ostiga o'tdi. 1526 y. Chexiya va Vengriyani (u yerlarda qirol deb atalganlar) va b. hududlarni qoʻshib olib koʻp millatli ulkan davlatni (1867—1918 y.larda Avstriya-Vengriya) monarxlari boʻlganlar. G. "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatorlari (1438—1806 y.larda doimiy ravishda, 1742—45 y.lardan tashqari), shuningdek Ispaniya qirollari (1516—1700) ham edilar. Asosiy vakillari: Karl V, Filipp II (Ispaniyada), Mariya Tereziya, Iosif II, Frans Iosif I. G. ijtimoiy taraqqiyot dushmanlari, Yevropa xalqlarining milliy ozodlik harakatlarini boʻgʻuvchilar sifatida tarixda nom qoldirishgan. Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibiga kirgan oʻlkalarda mustamlakachilik siyosatini yuritganlar.

Ferdinand I (1503—64) — imperator (1556 yildan), Avstriya ersgersogi; Chexiya va Vengriyaning gabsburglar sulolasidan chiqqan 1qiroli (1526 yildan). Karl V ning ukasi. Ferdinand II (1578—1637) — imperator (1619 yildan). Gabsburglar sulolasidan boʻlgan Avstriya ersgersogi. Kontrreformatsiya siyosatini yurgizgan. 1618 — 48 yillardagi Oʻttiz yillik urushnchng boshlangʻich davrida gabsburglarkatoliklar guruhiga rahbarlik qilgan.

Ferdinand III (1608—57) — imperator (1637 yildan), gabsburglar sulolasidan boʻlgan Avstriya ersgersogi. Uning davrida Oʻttiz yillik urush (161848) tugagan.

Gabsburglar (nem.) – “Germaniya millatining Muqaddas Rim

imperiyasi” deb atalgan davlatda (1273–1438-yillar tanaffus bilan, keyin

1438–1806-yillar), Avstriya imperiyasi (rasman 1804-yildan boshlab),

Avstriya-Vengriya (1867–1918-yillar)da hukmronlik qilgan sulola.

Bu sulolaning asosiy vakillari sifatida tarixda Karl V, Mariya Tereziya, Iosif II, Frans Iosiflar tilga olinadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Gabsburglar sulolasining tashqi siyosatda o’bro’si mamlakat ichida yuritayotgan siyosati tufayli unchalik ham yaxshi emas edi. Xususan bunga bir nechta sabablar bo’lib, eng avvalo, sulola ijtimoiy taraqqiyotning dushmani, Yevropada esa xalqlarning milliy ozodlik harakatlarini yo’qqa chiqaruvchi sifatida ko’rilgan. Bu sulola qay tarzda mamlakat hokimyat tepasiga kelishiga nazar solsak, Babenberglar 1246-yilda butunlay qirilib ketgandan so‘ng, qirolliklararo qonunga muvofiq, 1273-yilda hokimiyat tepasiga gabsburglar keldi. Manbalarda ularning qarorgohi Shvetsariyada ekanligi ta’kidlanadi. Monarxlaming cheklanmagan hokimiyati bilan ma'rifatparvar- faylasuflar tomonidan tavsiya qilingan ba’zi islohotlami amalga oshirishga intilishlarining qo'shilib ketishi «ma'rifatli absolutizm» siyosati nomini olgan edi. Bu siyosat ayniqsa Avstriyada mustahkamlandi. Knyaz Ventsel Anton Kaunits 1753 yildan boshlab kanslerlik lavozimida ishlab, Avstriyaning atoqli diplomati, degan nom bilan shuhrat qozondi va «ma'rifatli absolutizm» ruhida o'tkaziladigan islohotlar tarafdori bo'ldi. Biroq shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlaktni bunday siyosat yo’lidan borishi asosan, qoloq davlatlar uchun mos edi. Bu monarxiyalarning podsholari o'z islohotchilik faoliyatida fransuz burjua «ma’rifatchilari» tomonidan ilgari surilgan ba’zi g'oyalardan foydalangan edilar. Lekin buning fransuz monarxiyasidan ajratib turuvchi jihatlari ko’p edi. Tarixchilar bu siyosatning aynan Avstriya siyosatida ko’rish mumkin bo’lgan yan bir muhim jihati sifatida bu siyosat qaysidir ma’noda mamlakat tuzumiga qarshi dehqonlarning qarshiliklarini tartibga solishda qo’l kelganligini tan olishadi. Natijada esa kontrefarmatsiya davridagi diniy ta’qiblar mamlakatdan juda ko’p sonly dehqonlarning chiqib ketishiga sababchi bo’ladi. O’rnatilgan tartib monarxiya mamlakatning Yevropadagi bir qator Angliya, Fransiya,Gollandiya va ayrim nemis knyazliklari e’tiborini tortib ko’plab qarshiliklarga duch kelgan holda iqtisodiy jihatdan ham bu davlatlardan orqada qolyotganligini yaqqol ko’rsatib qo’ydi. Keying davrlarda Gabsburglar sulolasi mamlakat bo’ylab kontreformatsiyava germanlashtirish siyosati bilan birga markazlashtirish siyosatini ham qo’lladi. Xususan, bunday siyosat Vengriya, Transilvaniya, Chexiya Slovakiya, Xorvatiya kabi boshqa yana bir nechta viloyatlarda uchraydi. Biroq ushbu siyosat omma uchun ma’qul bo’lmadi va bu mamlakatda hukm surgan tez-tez norozilik kayfiyatiga sabab bo’la oldi.

XIX asrda Germaniyada hukmronlik qilish bo‘yicha Prussiya va Avstriya o‘rtasida raqiblik oshdi. Muqaddas Rim davlati parchalanib ketgandi. Rasmiyatchilik uchun 1806-yilda imperator Frans tojni topshirdi. 1804-yildayoq Avstriya imperatori unvoni qabul qilingandi. 1866-yilda Avstriya va Prussiya orasida urush boshlandi. Gabsburglar bu urushda mag’lub bo’ldi va ulaming nemis hududidagi boshqaruvlariga chek qo’yildi. Avstriya faqato’zining muammolariga, asosan, millatlar muammosiga e ‘tibor qaratdi. Dunay monarxiyasida mustaqil b oiishni istagan o’ndan ortiq tilli xalqlar kun kechirardi. Ko’p xalqli davlatni qutqarish uchun ikki tomonga ham foydali yo'l topish zamredi. 1867-yil Vengriya davom etuvchi avtonomiyani qo’lga kiritdi.




Download 217,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish