2.3. Urushning natijalari. Avstriya- Vengriya imperiyasining parchalanishi.
G'alla hosildorligining pastligi, Avstriyaga Vengriyadan oziq-ovqat etkazib berishning pasayishi va Antanta davlatlarining blokadasi oddiy Avstriya fuqarolarini qiyinchilik va azoblarga duchor qildi. 1918-yil yanvarda harbiy fabrikalarda ishchilar ish tashlashdi va hukumat ularning yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilashga va'da berganidan keyingina ishlariga qaytishdi. Fevral oyida Kotordagi harbiy-dengiz bazasida g'alayon ko'tarildi, uning a'zolari qizil bayroq ko'tarishdi. Hukumat tartibsizliklarni shafqatsiz bostirgan va rahbarlarni qatl qilgan.
Imperiya xalqlari orasida separatizm kayfiyati ko'tarildi. Chet elda urush boshida chexoslovakiyaliklarning vatanparvarlik qo'mitalari (Tomas Masarik boshchiligidagi), polyaklar va janubiy slavyanlar tashkil etildi. Ushbu qo'mitalar Entente va Amerikada rasmiy va xususiy doiralardan yordam so'rab o'z xalqlarining milliy mustaqilligi uchun kampaniyalar olib borishdi. 1919-yilda Antenta shtatlari va Amerika Qo'shma Shtatlari ushbu muhojir guruhlarni de-fakto hukumat sifatida tan oldi. 1918-yil oktyabr oyida Avstriya tarkibidagi milliy kengashlar birin-ketin erlar va hududlarning mustaqilligini e'lon qildilar. Imperator Karlning Avstriya konstitutsiyasini federalizm tamoyillari asosida isloh qilish haqidagi va'dasi parchalanish jarayonini tezlashtirdi. Venada Avstriya-Germaniya siyosatchilari Germaniya Avstriyasining muvaqqat hukumatini tuzdilar va sotsial-demokratlar respublikaga qarshi kurash olib borishdi. Charlz I 1918-yil 11 noyabrda hokimiyatdan voz kechdi. Ertasi kuni Avstriya Respublikasi deb e'lon qilindi.
Urush yakunlanganidan so'ng aybdor deb topilgan davlatlar bilan ayri-ayri ashartnomalar imzolandi.1919-yil 10-sentyabrda Parij yaqinidagi Sen-Jermen saroyida Avstriya bilan shartnomaga qo'l qo'yildi.Unda sobiq Avstriya-Vengriya yo'q bo'lganligi ,Avstriya hududi sezilarli o'zgarganligi qayd etildi.Janubiy Tirolning bir qismi Italiya ixtiyoriga o'tdi.Chexiya va Moraviya yangi tuzilgan Chexoslovakiya davlatiga qo'shildi.Bukovina Ruminiyaga qo'shildi.Avstriyaga faqat 30ming kishidan iborat armiyaga ega bo'lish ruxsat etildi,uning floti ittifoqchilar ixtiyoriga berildi,Avstriyaning Germaniya bilan qo'shilishi batamom taqiqlandi.
1920-yil 4-iyunda Versal saroyining Trianon zalida Vengriya bilan shartnoma imzolandi.Unga ko'ra ,Vengriya 35 mingdan ortiq askarga ega bo'lmasligi lozim edi.Ayni paytda tovon to"lashi ko'zda tutilgandi.Xorvatiya ,Bachka va Banatning sharqiy qismi Ruminiyaga ,Slovakiya va Karpatorti Ukrainasi -Chexoslovakiyaga berildi.
Shu tariqa Avstriya-Vengriya imperiyasi ko'plab mayda davlatlarga bo'linib ketdi Davlatlar chegarasida vujudga kelgan boj to'siqlari Yevropa tijoratini izdan chiqardi, xomashyo manbalarini ishlab chiqarish mintaqalaridan ,ishlab chiqaruvchilarni bozorlardan ajratib qo'ydi.Bu esa yangi ziddiyatlarni keltirib chiqardi.Ziddiyatlar dushmanlikka aylanib,tinchlik shartnomalari tufayli yuzaga kelgan nizolarning yanada kuchayishiga sabab bo'ldi.
XULOSA
Shunday qilib, XVIII asr oxiriga kelib Gabsburglar imperiyasida olib borilgan islohotlar natijasida krepostnoy huquq bekor qilingan, kishilarning ahvolini yaxshilashga qaratilgan boshqa bir qator ishlar amalga oshirilgan bo’lsada, to’xtovsiz urushlar va milliy ozodlik harakatlari imperiyaning qudratiga putur yetkazdi.Ayniqsa Buyuk Fransuz burjua inqilobidan so’ng uning ta’siridan qo’rqqan hukumat bir qator ijobiy islohotlarni bekor qilishga majbur bo’ldi.Avstriyaning keying hayoti-chi? XIXasrdagi urushlar va inqiloblarga, milliy-ozodlik harakatlariga qaramasdan, ko’plab xalqlarni birlashtirgan Avstriya-Vengriya imperiyasi Yevropa davlatlari tizimida o’z o’rnini saqlab qola oldi.Iqtisodiy islohotlar, sanoat to’ntarishi mamlakatni iqtisodiy qudratini mustahkamlab, urush arafasida ancha kuchli armiyani yaratish imkonini berdi.Jahon urushidan so’ng esa yaxlit imperiya sifatida Avstriya-Vengriya tugadi.Qay bir davlatning tarixiga nazar tashlamaylik, o’ziga xos rivojlanish davrini bosib o’tgan.Bu davr mobaynida ichki nizolar, boshboshdoqliklar davlatni tanazzulga yuz tutishiga olib kelgan bo’lsa ,ba’zi o’rinlarda milliy taraqqiyotga aynan mana shunday “uyg’onishlar’’ sabab bo’lgan.Insoniyat har bir davrda taraqqiyotning yuqori bosqichiga intilib yashaydi.Bu intilish natijasida jamiyat hayotida tub burilishlar paydo bo’ladi. Dunyo tamadduni rivojiga shu tariqa har bir shaxs yoki davlat o’z hissasini qo’shadi. Boshqa davlatlar hayotini o’rganish bizga nima beradi? Dunyoning rivojlangan davlatlari yo’lini o’rganib uning yo’lini o’z davlatimiz taraqqiyoti yo’lida to’g’ri qo’llash orqali qator muvaffaqiyatlarga erishishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |