konteynerdagi ezilgan kakaoning sathi
, chunki jarayonning normal
o'tishini ta'minlash uchun uni doimiy ravishda aralashtirish uchun yetkazib
berish kerak;
aralashmaning
tarkibiy
qismlarining
temperaturasi
,
xususan,
konteynerdagi ezilgan kakaoni suyultirish uchun zarur bo'lgan temperatura
- u aralashmaning tayyorlanish sifatiga ta'sir qiladi va keyingi bosqichga
uzatishni osonlashtiradi;
aralashtirgichdagi, aralashmaning sifatiga ta'sir qiluvchi,
aralashmaning
temperaturasi
;
komponentlarni to'g'ri dozalash
;
besh valli tegirmon vallarining temperaturasi
, chunki ishqalanish tufayli
temperatura ko'tariladi, bu istalmagan hodisadir, shuning uchun ularni
sovutish va massani isitishning oldini olish uchun vallar ichida sovuq suv
aylanadi;
besh valli tegirmonning gidrosilindrlaridagi bosim
- uning yordamida
vallar orasidagi tirqish rostlanadi, bu esa o`z navbatida chiqishda ma'lum
o`lchamdagi bo`laklarni olishda juda muhimdir.
Ezilgan kakao bilan to`ldiriladigan E1 bunkerning sathini 0,1 dan 0,4 m gacha
bo`lgan diapazonda nazorat qilish kerak, agar bu shart bajarilmasa, tarkibiy qismlarni
etkazib berish to'xtaydi, bu retseptning buzilishiga olib keladi yoki idish haddan
tashqari to`lib ketishiga va o`z navbatida aralashmaning yo'qotilishiga olib keladi.
Bunga yo'l qo'ymaslik uchun bunkerda sath datchigi o'rnatilishi kerak, u sath
signalizatoriga signal yuborishga xizmat qiladi. Yuqori yoki quyi sathga yetganda,
12
datchik H1 nasosi dvigatelini o'chirish yoki yoqish haqida signal beradi.
Bunker kakao massasining temperaturasini 60 dan 700
o
C gacha bo'lgan
oraliqda ushlab turish uchun qobiq bilan jihozlangan. Bu ko`rsatilgan talablarga rioya
qilmaslik retsepturaning buzilishiga olib keladi. Isitish qobig`i-kollektorlaridan
suvning chiqishini nazorat qilish orqali temperatura holatini avtomatik ravishda
tartibga solish mumkin: temperatura, qobiqdan suvning chiqishini boshqaruvchi
elektromagnit klapanga ta‘sir ko`rsatuvchi regulyatorga ulangan, datchik yordamida
o'lchanadi.
Aralashtirgichdagi temperaturani nazorat qilish aralashtirgich ichidagi
temperaturaga qarab isitish agentining sarfini o'zgartirish orqali amalga oshirish
mumkin. Elektromagnit klapanga ta‘sir qiluvchi regulyatorga ulangan datchik
yordamida massani plastifikatsiya qilish uchun zarur bo'lgan 62-67
o
C atrofidagi
temperatura saqlanib turiladi.
Datchiklar va ijro mexanizmlari o'rtasida nazorat, qayd va indikatsiya qilish
uchun yagona mikroprotsessorli kontroller o'rnatiladi. Keluvchi signal yuqori va quyi
chegaraviy qiymatlar bilan taqqoslanadi va nazorat qilish bo`yicha signali ishlab
chiqiladi.
Komponentlarni dozalash shesternyali nasos-dozatorlari va lentali dozatorlar
yordamida hajmli usulda amalga oshiriladi. Komponent sarfini rostlash chastotali
o`zgartgich yordamida amalga oshiriladi, boshqarish esa universal kontroller
yordamida amalga oshiriladi. Komponentlarning miqdori dozatorlar ishchi
organlarining aylanish chastotasi bilan belgilanadi. Retsepdagi komponentlarning
nisbati o`rnatish moslamalari tomonidan belgilanadi (kg/soat): shakar- 160 ... 170,
kakao moyi va ezilgan kakao 60 ... 300.
Valiklar ichidagi temperaturani nazorat qilish, valik ichidagi temperaturaga
mos ravishda, sovutish moddasining sarf tezligini o'zgartirish orqali amalga
oshiriladi. Elektromagnit klapanga ta‘sir qiluvchi regulyatorga ulangan datchik
yordamida, mashinaning uzluksiz ishlashi uchun zarur bo`lgan, 20-28
o
C atrofidagi
temperatura saqlanib turiladi.
Mahsulotni maydalanish darajasini rostlash uchun valiklar orasidagi
13
tirqishlarni o'zgartirish zarur. Tirqishlarni rostlash uchun valiklarni jipslash gidravlik
tizimidagi gidrosilindrlardagi bosimni o'zgartirishi amalga oshirish kerak bo`ladi.
O`zgartirishlarni o`lchash valiklarning har bir tomoni uchun uch juft gidrosilindrlarda
alohida-alohida amalga oshiriladi. Elektromagnit klapanga ta‘sir qiluvchi
regulyatorga ulangan datchik yordamida gidravlik nasos tomonidan yonaltiriladigan
moy sarfi rostlanadi.
Jadval ko`rinishida parametrlarning texnologik kartasini tuzamiz.
Aralashma tayyorlash jarayoni parametrlarining texnologik kartasi
Jadval 1
2.2 Texnik vositalarini tanlash va avtomatlashtirish sxemasini tavsiflash
Temperaturani nazorat qilish uchun biz birlamch o`zgartkich sifatida qarshilik
termometrini tanlaymiz, uning ishlash printsipi temperatura o'zgarganda o'tkazgichlar
va yarim o'tkazgichlarning elektr qarshiligini o'zgatirish xususiyatlariga asoslanadi.
Sezgir element sifatida mis qo`llaniladi; bu juda qulay, chunki u arzon, yuqori
temperaturali elektr qarshilik koeffitsientiga ega, uni toza holda osonlikcha olish
mumkin. Qarshilik termometrlari uncha yuqori bo`lmagan temperaturalar uchun afzal
Apparat
Parametr
Avtomatlashtirish tizimi
funktsiyalari
Nomi va
o`lchamligi
Nominal
qiymat
Chegaraviy
qiymat
Ezilgan
kakao
bunkeri
Uzatilayotgan
component
temperaturasi,
0
С
65
60…70
Ko`rsatkich, qobiqdan issiqlik
tashuvchining chiqishini nazorat
qilish yordamida rostlash
Uzatilayotgan
component sathi,
m
0,3
0,1…0,4
Ko`rsatkich, signalizatsiya, nasos
dvigatelini yoqish va o`chirish
Dozatorlar
Ezilgan kakao
sarfi, kg/s
165/200
60…300
Ko`rsatkich, qayd qilish, aylanish
chastotasini o`zgartirish orqali
rostlash
Aralashtirgi
ch
Aralashma
temperaturasi,
0
С
65
62…67
Ko`rsatkich, isituvchi agentsarfini
o`zgartirish orqali ristlash
14
hisoblanadi, yuqori aniqlik va ishonchlilikka ega.
Qarshilik termometri sifatida birxillashgan chiqish signaliga ega bo`lgan
TSMU-Metran-274 termometrini tanlaymiz; bu ko`proq qulaylik yaratadi, chunki
normalovchi o`zgartkichni o'rnatishga zarurat qolmaydi.
Sath birxillashgan chiqish signaliga ega bo`lgan Metran-100-DG-1531
markadagi gidrostatik sath o'lchagich bilan o'lchanadi. Uning ishlash printsipi
suyuqlik ustunining bosimini yoki suyuqlikka botirilgan tanaga ta‘sir qiluvchi
itaruvchi kuchni o'lchashga asoslangan. Ushbu turdagi sath o`lchagichdan
foydalanish ham normallovchi o`zgartkichni o'rnatishni talab etmaydi.
Bosimni nazorat qilish uchun birlamchi o`zgartkich sifatida birxillashgan
chiqish signaliga ega Metran-43-DI-3173 markadagi ortiqcha bosimni o'lchash
datchigini tanlaymiz. Ushbu manometrlar oziq-ovqat sanoatida juda keng tarqalgan.
Bundan tashqari, bunday datchik etarlicha o'lchash diapazoniga ega, bu juda muhim,
chunki retseptlar juda ko'p va ularning barchasi shokolad massasini har xil
maydalashni anglatadi va shuning uchun turli bosim qiymatlari yordamida valiklar
orasidagi tirqish rostlanadi.
Valiklarning temperaturasini o'lchash uchun biz birxillashgan chiqish signaliga
ega bo'lgan TXA-205 markali termoelektrik termometrni tanlaymiz. Bu termometr
ikkita turli o'tkazgichlarning zanjirida hosil bo'ladigan termo-EYuK qiymatiga qarab
temperaturani o'lchaydi. THAU graduirovkali termojuft (xromel-alumel termojuft)
yuqori chidamlilikka va yaxshi chiziqli funktsiyaga ega.
Jarayonni boshqarish Sh-9329 markadagi mikroprotsessorli ko'p funktsiyali
asbob yordamida amalga oshiriladi.
U ma'lumot to'plash, ishlov berish, boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish,
dasturlar asosida boshqarish, rostlash, avariyalarga qarshi himoya va bloklash
tizimlari, issiqlik va energiya resurslarini hisobga olish tizimlari uchun mo'ljallangan.
Asbob temperatura, bosim va boshqa fizik kattaliklarni o'lchash uchun
mo'ljallangan. U joriy arxiv ma'lumotlarini raqamli shaklda, grafiklar va jadvallar
ko'rinishida taqdim etadi.
Texnik tavsiflari: rangli yoki monoxrom grafik 5.7" li displeyga ega; P3 yoki
15
PID- rostlash; RS232/485 interfeysi; xotira: magnit disk (FDD), Compact Flash;
tayyorlanish: chaqnash xavfsizligi; kanallar soni: 16; 32.
Kirish signali: qarshilik termoo`zgartkichlar, termoelektrik o`zgartkichlar,
shuningdek tok, kuchlanish yoki qarshilik ko'rinishidagi boshqa signal manbalari.
Xatolik 0,1%.
CT-2004V markadagi chastotali o`zgartkichlar o'zgaruvchan chastota
drayverlarini yaratish uchun mo'ljallangan. Boshqarish ShIM-modulyatsiya
yordamida vektorli usulda amalga oshiriladi. Tezlikni rostlash diapazoni 1:100.
Rostlash aniqligi ±1 %. Avtomatik sozlash, tezlikni cheklash, tormozlash, PID
regulyator, analogli chiqish va RS-232 interfeysi mavjud. Displey chastota, tok
kuchlanishi, aylantirish momenti, o`rnatish ko`rsatkichlari, kodlar va xatolar haqida
ma'lumot beradi.
O`zgartkichlar quvvat, kuchlanish, ortiqcha tok, ortiqcha qizish va tezlikning
ortib ketishlaridan himoya qiladi.
E
1
rezervuaridagi kakao massasining temperaturasi birxillashgan chiqish
signalli TSMU-Metran-274 markali qarshilik termometridan foydalanib o'lchanadi.
Undagi birxillashgan (0 ... 5 mA) chiqish signali mikroprosessorli Sh-9329 ko'p
funktsiyali asbobning analogli kirishiga beriladi. Asbobdan boshqaruv signali drenaj
suvi trubkasiga o'rnatilgan ijrochi mexanizmga uzatiladi.
Ushbu sxema quyidagicha ishlaydi. Suvning temperaturasi belgilangan
ko`rsatkichdan ko'tarilganda klapan ochiladi, tushganda esa klapan yopiladi.
E
1
rezervuaridagi suyuq komponentlar sathi 0 ... 5 mA shaklida birxillashgan
signali chiqaruvchi Metran-100-DG markali gidrostatik sath o`lchagich yordamida
o'lchanadi. Ushbu signal Sh-9329 ko'p funktsiyali asbobga uzatiladi, asbob signalni
belgilangan yuqori va quyi chegaraviy qiymatlar bilan taqqoslaydi va boshqaruv
signalini ishlab chiqadi. Boshqruv signali E
1
rezervuarning komponent etkazib berish
trubkasida o'rnatilgan nasos elektr dviigateliga beriladi.
Aralashtirgichdagi massa temperaturasi birxilashgan chiqish signalli TSMU
Metran-274 markali qarshilik termometridan foydalanib o'lchanadi. Undagi
birxillashgan (0 ... 5 mA) chiqish signali mikroprosessorli Sh-9329 ko'p funktsiyali
16
asbobning analogli kirishiga beriladi. Asbobdan boshqaruv signali drenaj suvi
trubkasiga o'rnatilgan ijrochi mexanizmga uzatiladi.
Ushbu sxema quyidagicha ishlaydi. Suvning temperaturasi belgilangan
ko`rsatkichdan ko'tarilganda klapan ochiladi, tushganda esa klapan yopiladi.
Besh valli tegirmondagi massa temperaturasi THAU-205 markali termoelektrik
termometr yordamida o'lchanadi. Undagi birxillashgan (0 ... 5 mA) chiqish signali
mikroprosessorli Sh-9329 ko'p funktsiyali asbobning analogli kirishiga beriladi.
Asbobdan boshqaruv signali drenaj suvi trubkasiga o'rnatilgan ijrochi mexanizmga
uzatiladi.
Ushbu sxema quyidagicha ishlaydi. Suvning temperaturasi belgilangan
ko`rsatkichdan ko'tarilganda klapan ochiladi, tushganda esa klapan yopiladi.
Besh valli tegirmondagi bosim Metran-43-DI-3173 markali ortiqcha bosimni
o'lchash datchigi yordamida o'lchanadi. Datchik gidravlik nasos yordamida
uzatiladigan moy ta'minoti liniyasida o'rnatilgan ijrochi mexanizmga ta‘sir
ko`rsatuvchi regulyatorga ulangan.
Tanlangan o`lchash vositalari tavsiflari
TSMU Metran-274 markali qarshilik termometri
Birxillashgan
chiqish
signalli
analogli
temperatura
o`zgartkichi. Neytral va agressiv muhitlarning temperaturasini
o'lchash uchun mo'ljallangan, uning himoya armatura materiallari
korroziyaga chidamli. Birlamchi o`zgartkichning sezgir elementi va
datchik kalligiga o'rnatilgan o'lchash o'zgartirgichi o'lchanayotgan
temperature ko`rsatkichini birxillashgan o`zgarmas tok (DC) chiqish signaliga
aylantiradi, bu esa qo'shimcha normalovchi o`zgartkichlardan foydalanmasdan
jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimini yaratishga imkon beradi.
17
Ximoya armaturasining tayyorlanish
kodi:
Do'stlaringiz bilan baham: |