Mahsulot tayyorlash. Uning hosilini KKS-6, KKS-9 kombaynlari yordamida yig‘iladi yoki shingillari kesib olinadi, quritiladi, yoriladi va don tozalash mashinalarida tozalanadi. Saqlanadigan urug‘larning namligi 8% dan oshmasligi lozim. Bizning sharoitimizda har gektar sug‘oriladigan yerlardan 20—25 sentnerdan hosil olish mumkin.
TUKLI ERVA (POL-POLA) — AERVA LANATA JUSS. A.
Tukli erva (pol-pola) — Aerva lanata juss. A. machindoshlar (tojixo‘rozdoshlar) — Amagapthaseaye oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, shoxlangan va bo‘yi 55—70 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Barglari lansetsimon, ovalsimon yoki ellipssimon, tekis qirrali bo‘lib, qisqa bandi yordamida poya va shoxlarda qarama-qarshi joylashgan. Gullari
mayda, och yashil rangli bo‘lib, qisqa boshoqsimon gulto‘plamiga o‘rnashgan. Urug‘i yaltiroq, qora rangli.
O‘simlikning hamma qismi sertukli, kulrangda.
Do'stlaringiz bilan baham: |