O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta- maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,71 Mb.
bet266/286
Sana06.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#431740
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   286
Bog'liq
dorivor yangi

Katta zubturum


O‘zbekiston respublikasining barcha tuproq va iqlim sharoitida katta zubturum o‘simligini ekib o‘stirish mumkin. Uning yaxshi o‘sishi va rivojlanishida tuproqning mexanik tarkibi o‘rtacha, ariq suvlari yaqin va begona o‘tlardan tozalangan yerlar ajratilishi lozim. Katta zubturum o‘simligi ekiladigan maydonlar asosan kuzda, yer haydash oldidan gektar hisobiga 20—25 tonna go‘ng, 50 kg dan sof superfosfat o‘g‘iti berib, 22—25 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi.
O‘simlik ko‘p yillik bo‘lganligi uchun uni kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin.
Agar katta zubturum o‘simligini kuzda ekilsa, yerni ekishdan 25—30 kun oldin haydab qo‘yiladi. Begona o‘tlar paydo bo‘lishi bilan kultivatsiya va boronalash o‘tkaziladi.
Kuzda urug‘lar startifikatsiyalanmasdan quruq holda keng qatorlab ekiladi. Bunda urug‘ qadash chuqurligi 0,5—1,5 sm dan oshmasligi kerak.
Kuzda va bahorda ekiladigan urug‘larning qadash chuqurligi 0,5—1,5 sm, ekish normasi gektariga 5—6 kg va unuvchanlik darajasi 70—80% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Urug‘larni sabzavot ekadigan seyalkalarda ekiladi. Ko‘chat qalinligi 1 metrda 8—10 ta tup bo‘lishi kerak.
Urug‘lar erta bahorda ekiladigan bo‘lsa, ekish oldidan ularning unib chiqish qobiliyatini tezlashtirish maqsadida (nam qumda 18—20°S haroratda 1—2 kun saqlanadi) stratifikatsiya qilinadi, kuzda ekiladigan bo‘lsa, urug‘ stratifikatsiya qilinmaydi. O‘zbekistonning iqlim sharoitida katta zubturum o‘simligini kuzda ekilsa kam mehnat sarflanadi, ishonchli va to‘liq ko‘chatlar hosil qilish imkoniyati tug‘iladi.
Kuzda ekiladigan urug‘lar erta bahorda va bahorda ekilganlari esa, 10—12 kunda ko‘karib chiqadi. O‘simlik ekilgan dalalardan foydalanish
davomiyligi 3—4 yil. Katta zubturum o‘simligini parvarish qilish o‘simlikda chinbarglar hosil bo‘lgandan keyin ularni tuproqqa qo‘shilib ketmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan kultivatsiya qilib yer yumshatiladi. Begona o‘tlardan tozalanadi va yagana qilinadi.
Vegetatsiya davomida o‘simlikning rivojlanishini e’tiborga olib ikki marta gektar hisobiga o‘rtacha 90 kg azot, 40 kg fosfor va 40 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Ikkinchi va keyingi yillarda ham shonalash davrida va bargini yig‘ib olingandan so‘ng kultivatorlar yordamida ikki marta mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi. Oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. Mavsum davomida harorat va namgarchilikni hisobga olgan holda 10—12 marta sug‘oriladi va tuproqni yumshatish va begona o‘tlarni yo‘qotish uchun 4—5 marta kultivatsiya qilinadi.
Katta zubturum ekilgan maydonlarda yuqori darajada sifatli agrotexnik tadbirlarni amalga oshirilsa, gektaridan 1,5—2 tonna quruq barg yig‘ib olish mumkin.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish