Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot cho‘ziq tuxumsimon yoki lansetsimon, qisqa bandli, o‘tkir uchli, arrasimon notekis qirrali
bargdan iborat. Bargning uzunligi 8 sm gacha, eni 3 sm gacha bo‘lib, ustki tomoni to‘q yashil, pastki tomoni esa och yashil rangda. Ikkinchi tartibdagi tomirlar yo‘g‘on tomirdan burchak hosil qilib chiqadi va uchlari bilan birlashib, barg chetida parallel chiziq hosil qiladi. Mahsulotning o‘tkir yoqimli hidi bor, mazasi tilni achitib, uzoq vaqtgacha muzdek qilib turadi.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 14%, umumiy kuli 14%, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 6%, qoraygan barglar 5%, poya va gul aralashmalari 10%, teshigining diametri 3 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismi 5% (butun dorivor mahsulotlar uchun), organik aralashmalar 3% va mineral aralashmalar 1% gacha bo‘lishi kerak. Qirqilgan mahsulot uchun 10 mm dan yirik bo‘lakchalar 10% dan, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismi 8% dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |