Mahsulot tayyorlash. Ildizpoyalari bilan birga qazib olingan ildizpoyalarning qurigan qismlari qirqib tashlanadi, tuproqlardan tozalanadi, suv bilan yaxshilab yuviladi. Yirik ildizpoyalar uzunasiga bo‘linadi. Xomashyo 40—45 daraja haroratda quritiladi. Uni 3 yil saqlash mumkin. Urug‘i may oyi oxiri iyun oyining boshlarida qiygoch yig‘iladi. Buning uchun to‘pgullari qirqib olinib, urug‘i ajratib olinib, keyin quritiladi. Mavsum davomida yaxshi parvarish qilingan o‘simlikning har gektaridan (3 yil turgan) 3—4 tonna xomashyo va 250—300 kg urug‘ olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |